4-Mustaqil ish
1. Maktab o’quvchilarining oqilona ovqatlanishi va uni tashkil qilish
2. Aqliy mehnat kishilarining oqilona ovqatlanishi va uni tashkil qilish
3. Sportchilarining oqilona ovqatlanishi va uni tashkil qilish
4. Keksa kishilarining oqilona ovqatlanishi va uni tashkil qilish
5. Homilador ayollarning oqilona ovqatlanishi va uni tashkil qilish
1. MAKTAB 0 ‘QUVCHILARINING OQILONA OVQATLANISHI 0 ‘quvchi yoshlar vujudi, bir tomondan, jadal o‘sish va rivojlanish bilan ifodalansa, ikkinchi tomondan, o‘qish va jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug‘ullanishi tufayli beriladigan ruhiyhissiy va jismoniy yuklamalar ular organizmidagi ko‘pgina fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bulaming barchasi o‘quvchining qanday va qancha ovqatlanishi bilan chambarchas bogiiq. Agar ovqatlanish oqilona bo6Isa, bu yoshdagi bolalaming o^sib-ulg^ayishi, aqliy va jismoniy kamolotga yetishi, fanlami o’zlashtirishi, har xil yuqumli kasalliklarga, noqulay muhit omillariga chidamliligi yuqori boiadi. Shuning uchun ularning ovqatlanishiga ota-onalar, maktab jamoatchiligi va qolaversa, davlat tashkilotlari yetarli e’tibor berishi muhim ahamiyat kasb etadi.Ma’lumki, bolalar va o'smirlar vujudi kattalamikidan farq qilib, birinchidan, ular da ko‘pgina tizim va a'zolar rivojlanishda boMadi. Ikkinchidan, ular asab tizimida qo’zg’alish jarayoni tormozlanishdan ustun turadi, o‘zlari ancha serharakat bo‘ladi. Uchinchidan, noqulay muhit omillari (zaharli moddalar, issiq yoki sovuq harorat, past yoki yuqori bosim, ochlik, uyqusizlik, ruhiy hissiy qo’zg'alishlar v.b.) kuchli darajada ta’sir qiladi. To’rtinchidan, ular shirinliklami juda xo’sh ko‘rganidan boshqa asosiy oziq moddalarm yemaslikka harakat qiladi, sanab otilgan jarayonlaming bola vujudi shakllanishiga salbiy ta’sir etishining oldini olishda oqilona ovqatlanish qoidalariga rioya qilish muhim omil hisoblanadi. Bunday ovqatlanishga bolani o‘rgatish va uni tashkil qilish o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega, binobarin, bu yoshdagilaming aksariyat qismi ovqatlanish, ovqat hazm qilish fiziologiyasi va biokimvosi borasida oddiy tushunchaga ham ega emas. Shuningdek, oziq moddalarga boMgan ehtiyoj, ularni qabul qilish, hazm qilish, ovqatdagi asosiy oziq moddalaming bir-biriga nisbati, quwat sarflash bo'yicha turli yoshdagi bolalar bir-biridan keskin farq qiladi. KICHIK YOSH(l-3)DAGI BOLALARNI OQILONA О V Q ATL ANT IRISH Bu yoshdagi bolalarni ovqatlantirishda ular vujudining fiziologik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish kerak. Dastavval ovqat tez hazm bo‘ladigan, hajmi uncha ko‘p bo'lmagan xilma-xil mahsulotlardan tayyorlanadi. Bolada 8-10 ta tish chiqishi bilanoq unga chaynovchi mushaklaming rivojlanishi uchun qattiqroq non, suxari, olma, sabzavotlar bo'lagi, suyakli go'sht berilib borishi foydalidir. 3 yoshli bolalarda me’da hajmi biroz kengayadi, shuning uchun ularga beriladigan ovqat miqdori ham tegishli ravishda ko‘paytiriladi (300-400 ml). Ba’zan bolada ishtaha yaxshi bo'lib, anchagina miqdorda ovqat yeyishga moyillik bocladi, bunday paytlarda qancha xohlasang, shuncha yeyaver deb qo‘yish noto’g‘ri, chunki u yoshlikdan ehtiyojdan ko4p ovqat iste’mol qilishga o'rganib qoladi.
2. AQLIY MEHNAT KISHILARINING OQILONA OVQATLANISHI Ma’lumki aqliy mehnat bilan sh ug' ul 1 anuvchilar deganda olimlar, yozuvchilar, jumalistlar, tarbiyachilar, ayrim tibbiyot xodimlari, kotibalar, o'qituvchilar, hisob-kitob bilan shug4ulianuvchilar,idora xodimlari, kompyuter hamda boshqaruv pultlari bilan ishlovchilar, rahbarlar va boshqaiar tushunilib, ulaming mehnat faoliyati yuqori darajadagi ruhiy-hissiy zo'riqish hamda nisbatan kamharakatlilik bilan ifodalanadi. Bunday holat vujudning barcha fimksiyalariga ta’sir qilib, markaziy asab va yurak-qon tomir tizimlarini zo'riqtiradi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko4rsatadiki, aqliy mehnat kishilari orasida ortiqcha tana vazniga ega bo'lganlar boshqa aholi guruhlariga qaraganda ko4p bo4lib, ular sobiq ittifoq davrida o'rtacha 32,8%ni tashkil qilgan. Bu toifa odamlar iste’mol qiladigan taomlaming umumiy quvvat zaxirasi, aksariyat hollarda, ehtiyojdan ortiq, asosiy oziq moddalarining bir-biriga nisbatan me’yor darajasidan chetga chiqqan va ovqatlanish tartibi (rejimi) ham oqilona ovqatlanish tamoyillariga to4g4ri kelmaydigan bo4ladi. Aqliy mehnat kishilarining barchasi mehnat faoliyati uchun quvvat sarflash bo'yicha aniqlangan guruhlaming birinchisiga, ya’ni eng kam energiya sarflovchi gumhga mansub bo4lib, bir kechakunduzda bu ko'rsatkich, o4rtacha, 2100-2450 kaloriyani tashkil qiladi. 27-jadvalda ushbu gumh vakillari uchun kunlik ovqatdagi quvvat va oqsil, yog4 hamda uglevodlar miqdori ko'rsatilgan.
3. SPORTCHILARNING OQILONA OVQATLANISHI Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar sportchi vujudi ovqatlanish jarayonlarining bir qator ouziga xos xususiyatlari mavjudligini ko'rsatadi. Ayniqsa, katta sportda yuqori natijalarga erishish uchun muntazam shugiillanish va musobaqalar davomida sportchi vujudlga tushadigan kuchli yuklamalar moddalar va energiya almashinuvining dastlabki va muhim bosqichlariga katta e’tibor berish kerakligini taqozo qiladi. Bu borada yigilgan maiumotlar tahlili sportchi ovqatlanishida quyidagi asosiy beshta qoidaga amal qilish zarurligini ko‘rsatadi: 1. Sportchi vujudining tegishli quwat bilan ta’minlanishi u sarflagan umumiy quvvatga mos keiishi. 2 . Ovqatlanishda oziq moddalar, suv, vitaminlar, mineral moddalar umumiy miqdori va nisbatini sport turi, bajariladigan jismoniy zo‘riqish tezligi, davomiyligi va koiamiga qarab belgilash. 3. Musobaqaga tayyorlanish, musobaqa davri va musobaqadan keyingi davrlar o'ziga xos holda ovqatlanishni (oziq moddalami bir-biriga me’yoriy nisbatini) talab qiladi. 4. Mushak massasi va kuchini oshirib borishda unga mos keladigan kuniik ovqatni belgiiab olish. 5. Muvofiq ovqatlanishni belgilashda sportchi vujudining fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, miiiiy an'analar hamda iqlim sharoitlarini hisobga olish. Bajariladigan har qanday jismoniy ish uning hajmi, tezligi va koiamiga ko'ra tegishli miqdorda oziq moddalar talab qiladi. Vujudning bunday ovqatga boigan umumiy ehtiyoji sportchining jinsi, ob-havo sharoitlari, ruhiy kechinmalariga qarab ham turlicha boiadi. Ovqat bilan ehtiyojni qoplash uchun qabul qilinadigan quwat esa asosiy oziq moddalaridan qancha va qanday holda iste’mol qilinishiga bog'liq. Iste’mol qilinadigan taomlar tarkibida bu moddalar turli xil nisbatda, masalan, go‘shtli ovqatlarda oqsil, yog‘li ovqatlarda lipidlar, xamir, o'simlik mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatlarda esa uglevodlar ko‘p boiadi. Kunlik ovqatning umumiy energetik qiymati esa uning tarkibidagi oqsil, yog4, uglevodlar miqdori bilan aniqlanadi. Bu moddalar ichida uglevodlar asosiy quvvat manbayi hisoblanib, sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanilganida dastavval aynan ular ishga tushadi. Yog4 va oqsillar bu borada ikkinchi va uchinchi darajalidir, ulaming quvvat hosil bo'lishi uchun sarflanishi, ko'pincha, favqulodda holatlardagina sodir bo'ladi. Bulardan tashqari, jismoniy faoliyat uchun quvvat bermasa-da, me’yoriy fiziologik va biokimyoviy jarayonlaming borishi uchun vitaminlar hamda mineral moddalar ham kerak, Bu moddalarga bo'lgan talab doim bir xil bo'lmasdan bajariladigan ishning xususiyatlariga qarab o4zgarib turadi. Shunday ekan, turli sport turlari bilan shug'ullanishda iste’mol qilinadigan ovqatning hajmi, tarkibida ular bilan qabul qilingan quvvat miqdorini bilish muhim amaliy va nazariy ahamiyatga ega masaladir. 36-38-jadvallarda har xil sport turlari bilan shug'ullanganda iste’mol qilinadigan me’yoriy ovqatning energetik qiymati va ba’zi vitaminlarga talab miqdori keltirilgan:
4. KEKSALARMNG OQILONA OVQATLANISHI Ma’lumki. odam voshi oshib borishi bilan uning vuiudidagi barcha tizim va a’zolarning funksivalari tegishli hujayra va to'qimalardagi fiziologik jarayon laming kuchsizlanishi bois zaiflasha boshlaydi. Bu holat ertami-kechmi, hammada ham uchraydigan narsa, lekin ovqatlanish tartibiga ogMshmay amal qilish yo‘li bilan qanshning muddatidan oldin yuz berishini bartaraf qilish mumkin. Keksa kishilarning oqilona ovqatlanishi borasidagi ilmiy tavsiyalarni kundalik hayotda qoUlashi ularning nafaqat sogiig‘ini kafolatlaydi, ayni paytda ular umrini ham uzaytiradi, mazmunli hayot kechirishlari hamda serunum mehnat qilishlariga sabab bo'ladi. Keksaygan sayin tanadagi moddalar va energiya almashinuvi susaya boshlaydi. Bu holat asosiy almashinuvning pasayishida, о4 zlashtiriladigan kislorodning kamayishida, oqsil, yog4 va uglevodlar almashinuvining susayishida hamda jigar, buyrak, yurak kabi a’zolar to'qimalarida oksidlanish jarayonini amalga oshiradigan fermentlar faolligining zaiflashuvida o4z aksini topadi. Qarilik alomatlarining biologik muddatidan oldin ro4y berishiga olib keladigan asosiy sabablardan biri keksaya boradigan odamlarda tez-tez uchrab turadigan q uw at muvozanatining buzilish holatidir. Ya’ni kishi ovqatni ehtiyojdan ko4p iste’mol qiladi, boshqacha aytganda, yeyiladigan taomlarida mavjud botladigan umumiy quwat vujudning turli xil faoliyatlari uchun sarflanadiganidan ko‘p bo'ladi. Tabiiyki, odam 30-40 yoshdan keyin bolaligidagidek yugurib-yelib yurmaydi, transport vositalaridan ko'proq foydalanadigan boiib qoladi, ko'proq o4tirib bajaradigan ishlar bilan mashg'ul bo'ladi. Lekin yeydigan ovqati, aksariyat holda, yoshlik vaqtidagidan qolishmaydigan, ayrim hollarda ko4p ham boiadi. Natijada semirish alomatlari paydo bo'ladi, tanani yog4 bosib toiishadi, kam harakat qiladi. Semirish kishi sog4ligi uchun zararli,.Bunda yurak, buyraklar, jigar, tana mushaklari orasida, me’da-ichaklar atrofida yog4 to'planadi, oqibatda turli xil xastaliklar (gipertoniya, ateroskleroz, yurakning ishemik kasalligi, qandli diabet va boshqalar) kelib chiqadi.
5. HOMILADOR VA EMIZIKLI AYOLLARNING OQILONA OVQATLANISHI Ko'pgina ilmiv tadqiqotlar, kuzatuv va tajribalar shu narsani tasdiqlaydiki, homilador va emizikli ayollar oqilona ovqatlanishida miqdor, sifat va tartib qoidalarining buzilishi homiladorlik va tug'ruq jarayonlarida bir qator ko‘ngilsiz voqealar va asoratlarga olib keladi. Bunday noxush holatlarga misol qilib homiladorlik toksikozi, chala yoki o'lik bola tug'ish, kamqonlik, bolalar o'iimining ko'p boMishi va boshqalarni olish mumkin. Hisobkitoblarga ko'ra, 1900-yil dunyo bo‘yicha ona vujudida kuzatilgan quvvat taqchilligi tufayli tug'ilgan 12,9 million nafar bola 5 yoshga yetmay o'lgan. Ulaming uchdan bir qismi tug'ilgandan keyin bir oy ham yashamay, yana shunchasi 1 yoshga to‘lmasdan hayotdan ko4z yumgan. Ayni paytda, shuni qayd qilish kerakki, rivoj lanayotgan mamlakatlarda bu toifadagi onalar oqilona ovqatlanishida asosiy oziq moddalarining yetishmasligi tufayli quvvat taqchilligi yoki umumiy energetik ehtiyojni ayrim oziq moddalari, masalan, uglevod hisobidangina qondirish holatlari teztez uchrasa, rivojlangan mamlakatlarda buning teskarisi, ya’ni asosiy oziq moddalarini ehtiyojdan ko4p iste’mol qilish natijasida sodir bo'ladigan quvvat nomutanosibligi ko'p uchraydi. Respublikamizda aytib o4ilgan holatlarning har ikkalasi ham mavjud bo‘lib5 buning oqibatida soglom avlod yetishtirish ma’lum darajada oqsayapti, desak mubolag'a bolmaydi. Agar qishloqlarda homilador va emizikli onalar ovqatida asosiy oziq moddalariga taqchillik tez-tez kuzatilsa, shaharlarda o'ziga to'q oilalarda u yoki bu quwatga boy mahsulotlardan ehtiyojdan ko'p iste’mol qilish natijasida homilaning me’yoridan oshiq kattalashib ketishi tufayli tug'ish jarayonida ona va bolaning jiddiy jarohat olish hollari uchrab turibdi. В unday jarohat tufayli bola asab tizimi davomli ravishda shikastlanganicha qoladi, u aqlan to‘laqonli bo‘lmasligi mumkin. Tugvilgan bola vaznining yuqori bo‘lishi (4 kg va undan ham yuqori), ko^pincha, onalar tomonidan uglevodlar va yog‘ mahsulotlarini me’yoridan ko'p iste’mol qilish natijasida ro‘y beradi. Hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki, me’yor darajasidan ortiq tug‘ilgan 5 ta bolaning bittasi 3 yoshga kirguncha har xil nevrologik kasalliklar bilan og4rib turadi, jismoniy jihatdan zaif bo‘ladi. Oziq moddalariga quwat taqchilligi sharoitida tug‘ilgan bolalarda ko‘pgina fiziologik vazifalarining me’yoriga yetmaganlik, yuqumli kasallikiarga beriluvchanlik holatlari kuzatilsa, ikkinchi tomondan, ona vujudi tez-tez kamqonlik holatiga uchrab, qator xastaliklarga giriftor bo‘lmoqda. Ona va bola hayotidagi bunday kamchiliklaming oldini olish va bartaraf qilishda homilador va emizikli onalaming to‘g‘ri ovqatlanishi, ya’ni tegishli ovqatlanish madaniyatiga ega boiishi muhim omil hisoblanadi. Shu bois, quyida bu toifa ayollaming oqilona ovqatlanishiga doyr ayrim fikrlami bayon qilamiz. Homilador ayollaming ovqatlanishi tarkibiy va miqdor j ihatdan ham ona vujudining, ham rivojlanayotgan homilaning me’yoriy talab darajasiga mos kelishi hamda homiladorlik jarayonining tekis borishini ta’minlashi kerak. Ular uchun moMjallangan taomlar tarkibida almashtirib boMmaydigan aminokislotalar, to‘yinmagan yog4 kislotalari, vitaminlar hamda mikro- va makroelementlar yetarli darajada bo‘lishi lozim. Ayni paytda bu taomlar har bir homilador ayol uchun uning yoshi, tana vazni, mehnat faoliyati, milliy an'analari, homilaning yoshi, ob-havo sharoiti, yilning fasllari va boshqalarga mos boiishi talab qilinadi. 39-jadvalda shunday ayollar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha miqdori, ulaming quwat qiymati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Agar o'rtacha bo‘y va tana vazniga ega homilador ayollar uchun bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi 2900 kkal bo‘lsa, emizikli ayollar uchun 3200 kkal bo'lishi kerak. Agar bunday ayollar o‘rtacha jadallikdagi jismoniy ishlami bajarsa, ko'rsatilgan sonlarga 1 soat ish uchun 50 - 100 kkal, og‘irroq ish bajarilganda 200 kkal gacha qo‘shiladi„ melmat laoliyati kamharakatlilik bilan ifodalanadigan onalar esa qayd qilingan quwat miqdorining 75- 85% iga to‘g‘ri keladigan ovqat iste’mol qilishi lozim. Homiladorlikning birinchi yarmida ayollar ko‘ngillariga xush keladigan mahsulotlami iste’mol qilaverishlari mumkin, ayniqsa, meva va sabzavotlardan ko'proq yeyishlari kerak. Lekin ular sarimsoq, qalampir kabi buyraklar faoliyatini kuchli qo‘zg‘atadigan mahsulotlardan tiyilgani ma’qul. Homilador ayollar uchun oqsillaming ahamiyati juda katta, chunki ular hisobiga bachadon, yoidosh, sut bezlari o‘sadi, qon miqdori ko‘payadi. Shuning uchun agar bunday ayol tegishli miqdorda oqsil qabul qilmasa, uning vujudida turli xil fiziologik jarayonlar buzilib, har xil yuqumli kasalliklarga beriluvchanlik oshib ketadi. Oqsillar, asosan, sut va sut mahsulotlaridan qabul qilingani ma’qul, lekin go‘sht (mol, qo‘y, tovuq go‘shti) va go‘sht mahsulotlari ham tegishli miqdorda iste’mol qilib turilishi kerak. Homiladorlikning 4-oyidan boshlab ayol har bir kg tana vazni hisobiga 1,2 - 1,3 g oqsil iste’mol qilib turishi tavsiya qilinadi. Homilador onalaming yog‘ va yog‘li moddalar iste’mol qilishlarida shu narsaga e’tibor berish kerakki, ular vujudi sut va sut mahsulotlari, qaymoq kabi oziq moddalaridan tegishli yog‘ni osongina o‘zlashtirib oladi. Ular qiyin hazm bo‘ladigan, charvi kabi yog‘lardan tiyilishi lozim. Semiz ayollar ham chegaralangan miqdorda yog‘ iste’mol qilib turishi kerak. Homilador ayollar vujudi uchun uglevodlar quwat beruvchi moddalardan biri hisoblanadi, lekin ulami shirinliklar ko‘rinishida kamroq yeyish kerak. Chunki ular me’yoridan ko‘p qabul qilinsa, semirish yuzaga kelib, ayolning ko‘kraklarida, teri tagida, ichki a’zolar atrofida yog‘ ko‘payib, homila og‘irligi ham me’yoridan oshib ketadi, natijada tug'ish jarayoni qiyinlashadi. Uglevodlami kletchatkaga boy karam, sabzi, lavlagi, sholg‘om, ko‘katlar, kartoshka, meva-chevalar, har xil yormalar holida qabul qilish ular uchun foydalidir. Homilador ayol laming suv va mineral moddalarga ehtiyoji ham yuqori bo‘ladi. Rivojlanayotgan homilada, asosan, suv va mineral moddalar shakllanavotgan a’zo va tizimlar uchun kerak. Lekin har xil tuzli mahsulotlami xush ko‘rganlik uchun yeyaverish ichiladigan suvning miqdorini me’yoridan oshirib yuboradi. Shuning uchun bunday mahsulotlami iste’mol qilishda ehtiyot boiish kerak. Ovqat bilan osh tuzi qancha ko‘p qabul qilinsa, ona tanasida shuncha ko‘p suv to'planadi. Homilador onalar uchun osh tuziga bo‘lgan kunlik talab 6— 8 g atrofida bo‘lishi tavsiya qilinadi. Lekin bu ko‘rsatkich bizning issiq iqlim sharoitida biroz yuqori boiishi mumkin (ko‘p terlash tufayli). Homilador va emizik!i onalaming bir qator mineral moddalarga, jumladan, kalsiy va temirga boigan ehtiyoji ancha oshadi (kuniga, tegishli holda, 1100-1200 va 20-25 mg gacha). Shuning uchun ular kunlik ovqatida sut, qatiq, jigar, buyrak, til, olma, mayiz, o‘rik, karam, shaftoli kabi mahsulotlarga keng o‘rin berish kerak. Shuni ham ta’kidlash lozirnki, ayollarda, ayniqsa. homiladorlikning ikkinchi yarmida homila rivojlanishi bois oshqozon holati o‘zgarib, o'z o‘qi atrofida 45° gacha buriladi. Me’da mushaklarining qisqarib, oziq moddani ichaklarga so'rish vazifasi biroz kuchsizlanadi, hazm shiralarining miqdori va faolligi o‘zgaradi. Bulaming barchasi ovqat hazm bo‘lish jarayoniga salbiy ta’sir qiladi. Bu holatlar o'tkinchi, faqat iste'mol taomlarini me’yorida yeb, harakat qilish va dam olish tartiblariga amal qilib turish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |