1. Mahsuldor qatlamning ochilish



Download 186,46 Kb.
bet1/8
Sana01.01.2022
Hajmi186,46 Kb.
#296733
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
A


MUNDARIJA:
KIRISH.
1.Mahsuldor qatlamning ochilish holatiga texnologik jarayonlarning ta’sir qilishini asoslash……………………………………………………………………..2

2.Mahsuldor qatlamlarini ochish usullari…………………………………………6

3.Anomal – past bosimli qatlamlarda (APBQ) mahsuldor qatlamlarni ochish.10

4. Mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar bilan ochish…………………...11

5.Mahsuldor qatlamlarni yon stvol bilan ochishning gorizontal holda………..16 tugallanishi

6.Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochish usullari……………………………..20

7.Xulosa……………………………………………………………………………...24

8.Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………25




MAHSULDOR QATLAMLARNI OCHISH JARAYONI
1.Mahsuldor qatlamning ochilish holatiga texnologik jarayonlarning ta’sir qilishini asoslash
Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochishdan maqsad – tog’ jinslarining neftgaz yotqiziqlarida qazib oluvchi ishlatish quduqlarining tubi zonasini joylashish oraliqlarini shakllantirish maqsadida burg’ilanadi hamda kollektorlarning filtratsiya sig’imdorligi va neftgaz uyumlarida potensial neft va gaz zaxirasining potensial imkoniyatilarini aniqlash uchun izlov-qidiruv quduqlarini burg’ilab baho beriladi.

Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochishning asosiy masalasi mahsuldor qatlamning kollektorlik xossalarini saqlash va quduqlarga qatlam flyuidlarining quduqqa boshqarib bo’lmaydigan holatlarda kirib kelishini oldini olish hisoblanadi.

Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochish jarayonlarida neftgazli uyumlarda tog’ jinslarini burg’ilashda mahsuldor qatlamning tubi zonasining holatiga texnologik samaralar amaliy ta‘sir ko’rsatadi. Bunday fizik-mexanik va fizik-kimyoviy ta‘sir etish hisobiga paydo bo’ladi.

Fizik-mexanik ta’sir qilish quyidagi samaralar bilan tavsiflanadi:

  • mahsuldor qatlamni burg’ilash evaziga tog’ jinslarning massasini yuksizlantirish;

  • mahsuldor qatlam ochilganda bosimning o’zgarishi;

  • quduqdagi harorat rejimining o’zgarishi;

  • burg’ilash asboblarining harakati natijasida burg’ilanadigan tog’ jinsida kollektorlarga gidrodinamik va mexanik ta‘sir qilish;

  • gidrodinamik samaraning o’zgarishi (burg’ilash jarayonidagi va tushirish – ko’tarish operatsiyasidagi gidrozarba);

  • burg’ilash eritsimaning komponentlarini qatlamga kirib borishi;

  • qatlamni burg’ilash jarayonida kollektorga vibratsiyali ta‘sir qilish.

Qatlamda quduq tubi atrofidagi zonaga fizik-kimyoviy ta‘sir qilishning evaziga flyuidlar bilan to’yingan qatlamga burg’ilash eritmasining komponentlarini hamda adsorbsiya, kapillyar va diffuziya kuchlarining ta‘sir qilishi bilan tavsiflanadi.



Mahsuldor qatlamni ochish sifatiga quyidagi samaralar ta‘sir ko’rsatadi:

  • burg’ilash eritmasining turi va uning parametrlari (zichligi, suvberuvchanligi, kimyoviy tarkibi). Burg’ilash eritmasining qattiq zarralarini ta‘sir etishi natijasida g’ovaklik kanallari va yoriqlar berkilib qoladi. Burg’ilash eritmasining filtratlari quyidagi holatlarni keltirib chiqaradi: mahsuldor qatlam tog’ jinsi minerallarining loyli zarralarini bo’kishi; burg’ilash eritmasi filtratlarini qamlamning flyuidlari bilan reaksiyaga kirishi natijasida erimaydigan cho’kindilarning va emulsiyalarning paydo bo’lishi.

  • quduq tubidagi bosim kattaligining qatlam bosimidan oshib ketishi (gidrostatik va gidrodinamik);

  • burg’ilash eritmasining qatlam bilan uzoq muddat kontaklashuvi;

  • qatlamda quduq tubi zonasining atrofida kuchlanish holatining paydo bo’lishi;

  • mahsuldor qatlamning geologik - fizik tuzilishi va mahsuldor qatlamning joylashuv xususiyatlari.

Kollektor kovakliklardagi loyli zarralarning bo’kishi natijasida mahsuldor qatlamning o’tkazuvchanligi pasayadi. O’tkazuvchanlikning pasayishi loyli materialning turiga, uning dimperslik darajasiga, kationlarning almashish tabiatiga va filtratlarning xossasiga bog’liq bo’ladi. O’tkazuvchanlikning pasayishini asosiy sabablariga kristallarning oraliqlaridagi va ichki kristallarning bo’kishi sabab bo’ladi hamda ikki qatlam oralig’idagi suv malekulalarini tekislik oralig’idagi va zarraning o’zini tekisliklarida taqsimlanishiga bog’liq bo’ladi. Shuni belgilab o’tishimiz kerakki, qatlam suvlari mahsuldor qatlamning o’tkazuvchanligini pasaytirmaydi chunki, ionli muvozanatning barqarorligi tufayli zarralarning bo’kishi sodir bo’lmaydi.

Qatlam flyuidining fazoli pasayishi molekulyar - sirt holatlari va kapillyar samarasi hisobiga sodir bo’ladi.

Qatlam o’tkazuvchanligining pasayishi asosan burg’ilash eritmasi filtratlarini va qatlam suvlarini o’zaro reaksiyalanishi natijasida g’ovakliklarda (masalan, ishqorli

filtratlarni yuqori minerallashgan qatlam suvlari bilan reaksiyalanishi) erimaydigan cho’kmalarining paydo bo’lishi natijasida sodir bo’ladi.

Shunday qilib, burg’ilash eritmasinigg kimyoviy tarkibi qatlam flyuidlari bilan mosligi mahsuldor qatlamning o’tkazuvchanligini pasayish darajasiga ta‘sir qilishni aniqlaydi. Shularga mos holatda mahsuldor qatlamni ochishda mahsuldor qatlamning joylashish, geologik tuzilmasining tuzilishi, qatlam flyuidlarining tarkibi va uni to’yintirgan komponentlarning xususiyatlari hisobga olinadi. Burg’ilash eritmasining suvberuvchanligi filtratlarni qatlamga kirib borish chuqurligiga ta‘sir qiladi.

Burg’ilash eritmasining filtratlarini qatlamga kirib borish chuqurligi mahsuldor qatlamning ochilish sifatiga ta‘sir ko’rsatadi. Filtratlarni kirib borish chuqurligining o’lchamlari quduqlarni geofizik tadqiqot qilish natijasida aniqlanadi. Bunda filtratlarni kirib borish zonasining diametrini burg’i diametri yordamida burg’ilangan quduq diametriga nisbati orqali aniqlanadi.

Burg’ilash eritmasining mahsuldor qatlam bilan kontaktlashi vaqtida yuqorida izoh berilgan samaralar qatlamda quduq tubi atrofidagi zonaning o’tkazuvchanligini pasaytiradi va kollektorlik xossalarini pasaytiradi. Filtratlar bilan birgalikda qatlamga burg’ilash eritmasining qattiq ko’rinishdagi zarralarining dispers fazasi kirib keladi.

Qattiq zarralarning fraksiya tarkibi qatlamga kirib borish chuqurligini aniqlaydi. Har xil tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan eksperimental va kon ishlari ma‘lumotlari qattiq zarralar g’ovakliklarga kirib borganda mahsuldor qatlamning o’tkkazuvchanligini pasaytirib yuborishi to’g’risidagi fikrga kelishgan.

Burg’ilash eritmasi komponentlarining qatlamga chuqur kirib borishini oldini olish uchun quduq stvolining quduq atrofi zonasida kolmatatsiya zonasini shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kollektorlarga qattiq zarralarni kirib borishi g’ovakliklarning va qattiq zarralarning o’lchamlarini nisbatlari bilan tavsiflanadi.

Qattiq zarralarni g’ovaklik fazosiga kirib borishi va kolmatatsiya qatlamlarni hosil sharti quyidagi formula nisbatlari orqali aniqlanadi:

3d < dn < 10d,



bu yerda: d – qattiq zarraning diametri; dn – g’ovaklik diametri.

Yuqoridagi formuladan ko’rinib turibdiki, g’ovaklikning diametri zarraning diametridan 3 marta katta, zarraning diametridan 10 barobar kichik bo’lishi kerak.

Qatlamning quduq tubi zonasida shakllantirilgan kolmatatsiya zonasi ―quduq - qatlam tizimida katta rol o’ynaydi, quduqlarni burg’ilashni davom ettirish va uni tugallashda texnologik jarayonlarga katta ta‘sir ko’rsatadi.

Mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida qatlamga beriladigan repressiya kattaligi oshib ketganda (quduq tubi bosimining qatlam bosimidan yuqoriligi) amalda qatlam quduq tubi zonasiga (QQTZ) ta‘sir qiladi, filtrat va qattiq zarralarni chuqurroq kirib borishini oshiradi.

Quduqning o’tkazuvchanligini va debitini amalda keskin pasayib ketishiga burg’ilash jarayonida qatlamga beriladigan repressiya ta‘sir ko’rsatadi. Konlarda olib borilgan ishlatishga kiritiladigan qazib oluvchi quduqlardan olingan ilmiy tadqiqotlar qatlamni ochishda qatlamga beriladigan repressiya 1,5 marta belgilangan qiymatdan oshib ketganda quduqlar ishlatishga topshirilgandan keyin uning solishtirma debiti 2 marta kamayganligi aniqlangan.

Bunda shuni ko’rsatib o’tishimiz kerakki, qatlamga berilgan yuqori repressiya qatlam o’z holatida gidravlik yorilishga olib kelishi hamda mahsuldor qatlamni ochishda murakkabliklarni keltirib chiqarishi va kollektorlik xossalariga salbiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin.

Burg’ilash eritmalarini mahsuldor qatlamning kollektorlik xossasiga salbiy ta‘sir qilish jarayonlari quduqlarni o’zlashtirish vaqtida oqimni to’liq kirib kelmasligiga sabab bo’ladi. Qatlamning quduq tubi zonasini tozalash va rejalashtirilgan quduq debitini ta‘minlash uchun QQTZsiga tuz kislotali, qatlamni gidravlik yorish va boshqa zaruriy ishlov beriladi.

Bu holatlarning hammasi quduqlarni o’zlashtirish vaqtini uzaytiradi, tijoriy tezlikni pasaytiradi, quduqni qurish bahosini oshirib yuboradi. Qatlamga beriladigan depressiya qiymati oshirilganda (qatlam bosimini quduq tubi bosimidan yuqori ekanligi) quduqlarni o’zlashtirish davrida gaz yoki suv oqimlarini kirib kelishiga olib keladi.



Qidiruv quduqlarida filtratsiya kanallarini blokirovka qilish natijasida mahsuldor qatlamga kirish bekilib qolishi mumkin.

Mahsulor qatlamni ochishda burg’ilash eritmalarining sifatiga qo’yilgan talablar:

burg’ilash eritmasining zichligi minimal bo’lishi;

burg’ilash eritmasining tarkibi qatlam suvlarining tarkibi va mineralizatsiyasiga mos kelishi, erimaydigan cho’kindilarni paydo bo’lishini oldi olinishi kerak;

qatlamda joylashgan kollektor g’ovakliklaridagi loyli materiallarni bo’kishiga yo’l qo’ymasligi kerak;

burg’ilash eritmasi mahsuldor qatlamda geofizik tadqiqqotlarni sifatli olib borishda sharoit yaratishi kerak;

boylik va atrof muhitni ekologik xavfsizligini ta‘minlashi kerak.

Download 186,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish