1.Dolomit formulasini aniqlang.
A)MgCO3 B)KCl · NaCl
C)Cu(OH)2 · CuCO3 D)CaCO3 · MgCO3
2.Sublimatlanish hodisasi quyidagilardan qaysi birida kuzatilmaydi?
A) J2 B) CO2 C) CO D) P4
3. Zichligi 1,34 gr/1 (n.sh.) bo'lgan gazning,0,25 moli necha gr keladi?
A) 7,5 gr B) 30 gr C) 5,36 gr D) 2,8 gr
4 Oksidda metall ekvivalenti kislorod ekvivalentidan 1,125 marta katta bo`lsa metall oksidi massasi metall massasidan necha marta katta.
A) 1,125 B) 1,5 C) 1,89 D) 2,15
5. 1/7 g azot oksidi tarkibida 1/23 g azot borligi ma‟lum bo‟lsa, oksidning ekvivalentini toping. A) 23 B) 23/2 C) 15 D) 30
6. Noma'lum gazning brom bug'iga nisbatan zichligi 4,25 ga teng. Shu gazning argonga nisbatan zichligi qanday?
A) 11,1 B) 12,8 C) 17,0 D) 10,3
7. Massasi 252 gr bo'lgan Na2SO3 dagi atomlar sonini toping
A) 2*NA B) 10*NA C) 12*NA D) 3*NA
8. CaCO3 dagi barcha elementlarning massa ulushlarini hisoblang? (%)
A)Ca=40%; C=15% ; O=55 % B)Ca=10%; C=15% ; O=75 %
C)Ca=50%; C=35% ; O=15 % D)Ca=40%; C=12% ; O=48 %
9.Fizik hodisalarda moddalarning qaysi xossalari o‘zgaradi?
1) agregat holati; 2) shakli; 3) hajmi; 4) kimyoviy tarkibi; 5) bog‘lanish turi.
A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 4 D) 3, 4, 5
10. . Natriy pentationat (Na2S5O6) tarkibidagi natriy elementining massa ulushini(%) toping.
A)42,478 B)15,23 C)52,98 D)31,79
11. 1:2 mol nisbatda olingan ozon va kislorod aralashmasining massa nisbatini aniqlang.
A) 5:3 B) 3:4 C) 1:2 D) 1:1
12.Uglerod tabiatda erkin holda qanday ko‘rinishda uchraydi?
A)karborund va karbin B)olmos va grafit
C)kalsit va fulleren D)billur va fulleren
13. 1,5 gramm-molekula kislorod massasi necha mol mis (II)-sulfat massasiga teng bo'ladi?
A) 0,3 B) 0,6 C) 0,8 D) 0,4
14. 0,32 gr noma’lum modda yonganda 0,44 gr CO2 va 0,36 gr H2O hosil bo’ldi. Noma’lum moddani formulasini aniqlang .
A) C2H5OH B) CH3OH
C) CH3COOH D) HCHO
15. Xrom (III) oksidining ekvivalent masasi berilgan qatorni toping.
A)25,33 B) 56 C) 22 D) 17
16. 5.6 litr (n.sh) ammiyakga qancha hajm (l.n.sh) O2 qo’shilganda aralashmadagi elektronlar yig’indisi Avogadro sonidan 5.5 marta ko’p bo’ladi.
A) 3.8 B) 6.4 C) 4.2 D) 5.3
17. Quyidagilarning qaysilari to’g’ri?
1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq qilib, fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi
2) molekulalar atomlardan tarkib topadi, atomlar ham molekulalar singari to`xtovsiz harakatdadir
3) kimyoviy hodisalarda molekulalar tarkibi o`zgaradi
4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo`lgan moddalarning massasiga teng bo`lmaydi
5) molekulalar orasida o‘zaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud
6) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qilmaydi
A) 1,4,5,6 B) 3,4,5,6
C) 4,5,6 D) 2,3,5
18. 2 ta murakkab va 2 ta oddiy moddalar qatorini ko'rsating.
Is gazi, ozon, kislorod, fosfin
Selitra, etan, benzol, atseton
Metan, oltingugurt, kislorod, xlor
Fosfor, oltin, kumush, pirit
Do'stlaringiz bilan baham: |