1. Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir



Download 28 Kb.
Sana22.07.2021
Hajmi28 Kb.
#126181
Bog'liq
Ma'naviyatshunoslik 9


1. Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi.

Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi.

Madaniyat — umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning oʻzigina yaratgan sof madaniyat boʻlmaydi va boʻlishi ham mumkin emas. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millat oʻzi yaratgan boʻlsada, unda ja-hon xalqlari yaratgan umuminsoniy Madaniyatning ulushi va taʼsiri boʻladi, albatta. Madaniyat hech qachon sinfiy hodisa boʻla olmaydi. U barchaga baravar xizmat qiladi. Masalan, sanʼat va adabiyot durdonalari, meʼmorlik obidalari, maqomlar, fan yutuqlari va boshqa barchaga tegishlidir.

Madaniyat kishilar faoliyatining faqat moddiy natijalari (mashinalar, texnik inshootlar, sanʼat asarlari, huquq, axloq normalari va h.k.)ni emas, shu bilan birga, kishilarning mehnat jarayonida voqe boʻladigan subʼektiv kuch-quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va koʻnikmalari, ishlab chiqarish va professional malakalari, intellektual, estetik va axloqiy kamoloti, dunyoqarashi, ularning jamoa va jamiyat doirasidagi oʻzaro muomalalari)ni ham oʻz ichiga oladi.

2. Madaniyatshunoslik tarixida madaniyat va sivilizatsiya tushuncha-larini bir-biri bilan aynanlashtirish, bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga qaratilgan xilma-xil nazariyalar vujudga keldi. Bizningcha, madaniyat va sivilizatsiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, ulami bir xil hodisa sifatida tavsiflash ham, ulami bir-biriga qarshi qo’yish ham to’g’ri emas.

«Sivilizatsiya» atamasi madaniyat atamasiga nisbatan ancha keyin, ya’ni XVIII asr o’rtalarida vujudga keldi. Sivilizatsiya tushunchasini birinchi bo’lib shotland faylasufi A. Fergyusson qo’llagan. U insoniyat tarixini yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya davrlariga bo’ldi. A. Feigyusson sivilizatsiya deganda ijtimoiy rivojlanishning oliy bosqichini tushungan. XVIII asr fransuz ma’rifatparvar-faylasuflari sivilizatsiya tushunchasini keng va tor ma’noda qo’lladilar. Ular keng ma’nodagi sivilizatsiya deganda aql, adolat va diniy bag’rikenglik prinsiplariga asoslanadigan jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichini nazarda tutdilar. Fransuz ma’rifatparvarlarining sivilizatsiya to’g’risidagi bunday tasavvurlari A. Fergyusson qarashlari bilan hamohang deyish mumkin. Ularning fikricha, sivilizatsiya tor ma’noda «madaniyat» tushunchasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, insonga xos barcha sifatlar (o’tkir zehn, yuqori ma’lumot, ko’rkamlik, muloyimlik) majmuasini ifodalaydi.

Keyinchalik sivilizatsiya tushunchasi yangicha mazmun bilan boyib bordi. Ingliz tarixchisi Amold Тoynbi sivilizatsiyaga madaniyatning muayyun bosqichi sifatida qaradi, madaniyatning ma’naviy jihatlariga alohida urg’u berdi, dinni sivilizatsiyaning eng muhim elementi deb hisobladi.

Nemis madaniyatshunosi Osvald Shpengler o’zining «Yevropa quyoshining so’nishi» (1918-1922) asarida sivilizatsiyani inqirozga yuz tutgan, o’lib va yemirilib borayotgan madaniyat sifatida ta’rifladi. Uning fikricha, madaniyat jonli organizm bo’lib, shaxs ijodiy qobiliyati va individualligini to’la namoyon etadi, san’at va adabiyotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Sivilizatsiyada esa texnika va hissiz aql hukmronlik qilar ekan, bu narsa badiiy ijodga imkon bermaydi, insonni hissiz maxluqqa aylantiradi. Тaniqli rus faylasufi Nikolay Berdyayev ham o’zining «Тarixning ma’nosi» asarida shunday fikmi ilgari surgan edi.

3. Xalqimizning maʼnaviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urfodatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.

         Jumladan, 2018 yil 28 noyabr O’zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan O’zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Tarixiy va madaniy merosimizni saqlash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng qo’llash hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, etnik madaniy an’analarni asrab-avaylash va shu asosda xalq ijodiyotini qo’llab-quvvatlash Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Qaror bilan bugungi kunda barcha hududlarda faoliyat ko’rsatayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etilishi belgilandi.

4. Ruh - bu sizning ongingizning eng yuqori darajasini ushlab turadigan va Manbaga eng yaqin bo’lgan qismidir. Bu sizning tarkibiy qismingiz mutlaqo shaklsiz bo’lib, u tajriba to’plashdan tashqari boshqa narsalar bilan bog’liq emas. Soul mavjudligingizdagi eng yaxshi rahbarlik omili sifatida sizning darslaringizning asosiy xususiyatlarini va boshdan kechirishni istagan narsalaringizni belgilab beradi, lekin bu sizning irodangizga zid kelmaydi. Soul keng "maqsadlar" yoki qiziqishlarni belgilaydi va siz hozir ularni o’rganmoqdasiz.

Ruh - bu ruh va "jismoniy" inson o’rtasidagi vositachi qism. Bu ikkala o’rtasida tarjima qilinadi. U energiyadan yaratilgan, ammo u qiziqishlarga ega va diqqatni narsalarga yoki boshdan kechirayotgan narsalarga qaratadi. Holbuki, ruh sizning ishingiz va ishlaringizga unchalik yaqin bo’lmagan va o’zining asl va toza xabardorligini saqlab qolgan holda, sizning ruhingiz materiyani o’rganayotgan va sizning hayotingizni yashaydigan haqiqiy "siz" deb ayta oladi. Sizning ruhingiz xolis emas yoki "uzoq". Sizning hayotingizdagi narsalar bilan bog’liq masalada mutlaqo haqiqatdir.Qachonki Yevropada biror millat o’zligini taniy boshlasa urushga beriladi. G’arbda millatlar o’zligini to’liq his etib yashash hadisini olmagan. G’arb psixiatrlari har bir shaxsning “men”ini rivojlantirish va shu orqali insondagi millatga tegishlilik hissini so’ndirish orqali bu illatga barham bermoqchi bo’lishdi.

Biroq, buning salbiy jihati bo’y ko’rsatib, inson ko’nglining tub-tubida yashirinib yotgan yaramas odatlarni qo’zg’atib yubordi - Yevropani qutqarish ilinjida qayta jonlangan shaxsiy erkinlik endi insoniyatni ma’naviy inqiroz tomon yetaklamoqda.

Shunday, zamonaviy psixologiyaning qonun-qoidalari, tartiblari o’tgan asrning boshlarida, aynan Yevropada millatchilik avj olgan vaqtda, ushbu salbiy holatga qarama qarshi o’laroq o’rnatildi. Bugun o’sha psixologiya, uning tartib-qoidalari, xulosalari bizning hayotimizga yopirilib kirmoqda. Qizig’i, millatlarning ruhiyati bir xil emas-da! Albatta, insonlar ruhiyatida, u kim, qayda bo’lmasin, uyg’unlik bor. Biroq, bir xalqning ikkinchisidan ozgina farqi ham bo’ladi va bu millatlarning o’ziga xosligini belgilaydi.



 Amaldagi psixologiya g’arb olimlari tomonidan, g’arb kishilari ruhiyatini o’rganish natijasida yaratilgan, uning har qanday qoidalari, tavsiyalari, me’yorlari o’sha tomon kishisi ruhiyati asosida ishlab chiqilgan. Albatta, psixologiya aniq fan emas. Lekin, qiziq jihati - g’arb kishisini (xususan, ruhiy kasallar) o’rganish asosida ishlab chiqilgan, ularning ruhiyatiga moslashgan, shu negizda berilayotgan tavsiyalar va xulosalar bizga mos keladimi? Bu tavsiyalar oxir oqibatda bizni g’arb ruhiyatiga moslab qayta tarbiyalamaydimi?

5. Buyuk ipak yo’lining mamlakatimizdan o’tgan qismini “Ipak yo’li: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yo’li: Farg’ona – Sirdaryo havzasi”nomi ostida YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro’yxatiga, Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi – Lazgi” nomi ostida YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro’yxatiga kiritish bo’yicha chora-tadbirlar kiritilgan edi.
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish