1. Лириканинг кичик жанрлари (фард, мусаллас, рубоий, туюқ, тўртлик)



Download 16.98 Kb.
bet1/9
Sana13.05.2020
Hajmi16.98 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

1. Лириканинг кичик жанрлари (фард, мусаллас, рубоий, туюқ, тўртлик)

Fard (arab. — yakka, yolgʻiz) — Yaqin va Oʻrta Sharq adabiyotidagi poetik janr. Hajmi bir bayt, yaʼni 2 misradan iborat boʻladi. Muayyan mazmun, gʻoya ilgari suriladi, badiiy umumlashma, hayotiy tajribadan kelib chiquvchi hukm, xulosa tajassum topadi. Mas,Holimni sanga aytib hajr oʻtiga oʻrgandim, Ey yor, yomon qildim, har neki dedim, yondim(Bobur).

Musallas (arab. — uchlik, uchlama) — musammat sheʼr shakllaridan biri. U oʻzbek sheʼriyatidagi na emas, balki aruz sistemasi qoʻllangan boshqa qoʻshni adabiyotlar tarixida ham juda kam uchraydi. Buning sababi uchlikning 1- va 2-juft misrasidan keyingi 3- misraning qofiya jix,atidan toq boʻlishidadir (a-a-b). Bunday holat sheʼrda fikriy notamomlikka, uzilishga sabab boʻlishi mumkin. U gʻarb adabiyotidagi tersinalarga oʻxshab ketadi. Uning da-stlabki namunasi 16-asr tojik shoiri Mushfiqiy ijodida uchraydi. Oʻzbek shoirlaridan esa Uvaysiy (19-asr) devonidauchraydi, xolos. U ham a-a-a; b-b-b; v-v-v qofiya tartibiga ega. Birok. 20-asr shoirlaridan Hamza, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Vosit Saʼdulla, Omon Matjon, Anvar Obidjon aruz va barmoq vaznlarida M.ning yangi namunalarini yaratganlar.

Ruboiy (arab. — toʻrtlik) — Sharq xalqlari sheʼriyatida keng tarqalgan poetik janr. Tayin gʻoyaviybadiiy va shakliy shartlarga binoan yaratilgan 4 misradan iborat falsafiy, axloqiy, taʼlimiy yoki ishqiy mavzudagi sheʼr. Ruboiy hazaj baxrida (axram va axrab vaznlarida jami 24 ta) yoziladi. Boshqa bahrlarda yozilgan toʻrtliklar dubaytiy, kuylanadiganlari esa tarona deb ataladi. U qofiyalanish tartibiga koʻra ikki xil boʻladi. Birinchi xil R.larning 1—2—4misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-b-a shaklida).

Tuyuq — turkiy xalkdar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr. Tuyuq 4 misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; aaba, baʼzan abvb tarzida va favqulodda xrllarda — aaaa oʻlchovida qofiyalanadi. U soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz tuyuqlar ham bor. uning dastlabki namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan ular Burhoniddin Sivosiy (14-asr) qalamiga mansub. "Qutadgʻu bilig" da ham tajnisli toʻrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan.


Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat