1 Katta oilaning funksiyasi va vazifalari Katta oilaning afzallik va kamchiliklari Katta oilaning zamonaviy hayotdagi ahamiyati



Download 39,41 Kb.
bet1/8
Sana05.11.2022
Hajmi39,41 Kb.
#860777
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish Oila va bolalar



Mavzu: Katta oila: uning jamiyat hayotidagi o’rni va turmush tarzi
Reja:
1 Katta oilaning funksiyasi va vazifalari
2. Katta oilaning afzallik va kamchiliklari
3. Katta oilaning zamonaviy hayotdagi ahamiyati

Katta oila bugungi kunda, ayniqsa katta shaharlarda odatiy holdir. Buning sabablarining bir qismi qarindoshlarni uzoq vaqt davomida bitta tom ostida yashashga majbur qiladigan uy-joy narxining yuqoriligidir. Bunday yashash nimaga olib kelishi mumkin va bu yaqin odamlarning munosabatlariga qanday ta’sir qilishi mumkin?


Bu savolga javob berish uchun avval yadro va katta oila nima ekanligini tushunishingiz kerak. Axir, bu ushbu turdagi munosabatlarda mavjud bo’lgan ijobiy va salbiy tomonlarni ko’rishning yagona usuli.
Kengaytirilgan oila: ta’rifi
Demak, yadroviy oila – bu bitta turmush qurgan juftlik va o’z farzandlaridan iborat ijtimoiy guruh. Bundan tashqari, uning tarkibiga qarab, u to’liq yoki to’liq bo’lmasligi mumkin (masalan, turmush o’rtoqlardan biri uydan chiqib ketgan yoki vafot etgan bo’lsa).
Shuning uchun katta oila nafaqat turmush o’rtoqlardan, ota-onalardan, qardosh opa-singillardan iborat emas – boshqa oilaviy aloqalar ham mavjud. Ya’ni, bu boshqa odamlar bilan bir tom ostida yashaydigan yadroviy oila.
Katta oila — oilaning tarixiy shakllaridan biri. Katta oila ota tomondan qarindoshlik, urugʻ-aymoqlikka asoslangan, bir necha ogʻa-ini, ularning xotinlari, oʻgʻillari, kelinlari, erga tegmagan qizlari, nabiralari (3 yoki undan ortiq avlod) hisobiga 20—30, ayrim joylarda 100 dan ortiq kishilardan tashkil topgan xoʻjalik guruhidir.
Oilaning bu shakli Oʻzbekistonning Xorazm viloyatida "katta oila", Qashqadaryo viloyatida "bir qozon", "katta roʻzgʻor", Zarafshon vodiysida "ota uyi", Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida "katta ota uyi" nomlari bilan yuritiladi. Tarixiy manbalarga koʻra, katta oila turli davrlarda jahondagi deyarli barcha xalqlarda mavjud boʻlgan. Oʻrta Osiyoda mil. av. 1-ming yillikda vujudga kelib, mil. av. 7—3-asrlarda keng tarqalgan va milod boshlarida mustaqil qaror topgan. Katta oilarivojlanish bosqichi shaharlarda va taraniy etgan hududlarda milodning dastlabki ming yilligi oʻrtalarida, koʻchmanchi aholi yashagan mintaqalarda esa 10—12-asrlarga toʻgʻri keladi. Katta oilaning iqtisodiy asosini oila ixtiyoridagi i.ch. vositalari: yer, chorva mollari tashkil qilgan. Oila aʼzolari tomonidan yaratilgan barcha boyliklar, daromadlar oʻrtada boʻlgan. Shuningdek, isteʼmol sohasida ham Katta oilaning barcha aʼzolari teng qatnashgan. Katta oila ayni paytda sodda i.ch. birlashmasi boʻlgan. Katta oilaoʻtroqlarda — katta binolarda, koʻchmanchilarda — oʻtov-kapalarda yashagan va oiladagi har bir er-xotin uchun maʼlum joy ajratib berilgan. Oila aʼzolari oʻrtasidagi munosabat patriarxal harakterda boʻlgan. Yoshi eng ulugʻ (ayrim oilalarda obroʻli va tadbirkor) kishi oila boshligʻi hisoblangan. U oilaning xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qilgan. Oilaning ichki roʻzgʻor ishlari oila boshligʻining yordamchisi hisoblangan katta ayol (koʻpincha oilaboshligʻining xotini) tomonidan boshqarilgan. Oʻgʻillar yoshiga qarab navbat bilan uylantirilgan (aholining koʻpchiligi oʻz urugʻidan qiz olib, oʻz urugʻiga qiz uzatganlar). Kelin tushirishda toʻlanadigan qalin ham oilaning umummulkidan berilgan. Bundam oilalarda nikohning levirat va sororat shakllari ham mavjud boʻlgan. Oila jamoasi ichida Katta oila xoʻjalik yuritishda chetdan tirikchilik vositalari sotib olmay va chetga hech narsa sotmay tirikchilik oʻtkazishga harakat qilgan. Savdo-sotiq va tovar i.ch.ning vujudga kelishi bilan Katta oilalar ham bozor uchun mahsulot (mas, qorakoʻl teri, jun, gilam, chakmon va h.k.) ishlab chiqara boshlagan. Oila jamoasining ayrim aʼzolari uchun chetdan pul topish, yollanib ishlash imkoniyati paydo boʻlgan. Shunday qilib, oilada ayrim kishilarga tegishli shaxsiy mulk paydo boʻlib, koʻpayib borgan. Xususiy mulkchilik, shaxsiy mulkning ortishi (yoki boshqa xususiy sabablar, mas, ocharchilik, vabo, oila boshligʻining vafoti kabi sabablar) natijasida, Katta oila tarqalib keta boshlaydi. Katta oila oʻrniga kichik oilalar vujudga keladi. Lekin, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va b. xoʻjalik shakllari oʻrtasidagi iqtisodiy rivojlanish darajasining turlicha boʻlishi sababli Katta oila kichik oila bilan bir qatorda uzoq davr yashab keldi (uning qoldiqlari elat, toʻp, qoraqalpoqlarda koshe, tojiklarda qavm deb atalgan). Oʻrta Osiyoga tovar-pul munosabatlarining kirib kelishi Katta oilani yemira borib, natijada individual kichik oila, oilaning asosiy va keng tarqalgan shakli boʻlib qoldi.

Download 39,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish