Reja:
1. Fanlarning differensiallashuvi va integrallashuvi jarayonini vujudga keltiruvchi omillar.
2. Matematika fanining tabiiy fanlar bilan aloqasi.
3. Fanlararo aloqadorlikning o‘quvchi faoliyuatidagi ahamiyati.
Buyuk bobokalonlarimiz Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniylar davtida allomalar hozirgidek fanlarning alohida turlari bilan shug‘ullanmasdan, ularni yaxlit va bir – birlari bilan aloqador holda o‘rganganlar. Jumladan qadimgi dunyo mutafakirlarining ilmiy faoliyat doirasi ancha keng bo‘lib, ular riyoziyot, fizika, astronomiya, kimyo kabi tabiiyot fanlaridan tabiblik, faylasuflik, musiqachi, qonunshunoslik, yozuvchi yoki shoirlik va hokazo kasblaridan ham xabardor bo‘lganlar.
18-19 asrlarga kelib, fanlarning alohida-alohida ajralishi natijasida ya’ni differensiallashuvi natijasida matematika, fizika, ximiya, biologiya, astronomiya va boshqa fanlar vujudga kelgan.
Oqibatda fanlarning biror obyektning xossalarini chuqur o‘rganish uchun birgalikda tadbiq qilishga, yani fanlarning o‘zaro aloqadorligini amalga oshirishga extiyoj tug‘ildi. Shunga ko‘ra turli sohalarda faoliyat korsatayotgan olimlarning o‘zaro hamkorligi natijasida, ularning chegarasida yangi fanlar vujudga kela boshladi. Fanlarning de’fferensiallashuvi, o‘z navbatida ularni birlashuviga, ya’ni integrallashuvi jarayoniga olib keldi. Fanlarning integrallashuv jarayoni natijasida, matematika-fizika, nazariy mexanika, bioximiya, biofizika, biokibernetika, geoximiya, geofizika, astrofizika, radiotexnika, kibernetika kabi yuzlab fanlar paydo bo‘ldiki, bularsiz zamonaviy ilm fan va texnika rivojlanishini tasavvur qilish mumkin emas.
Tabiiyot mazmunidagi fanlarning rivojlanishi o‘z navbatida matematika fani taraqqiyotiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Ko‘pgina fizikaviy tushuncha va g‘oyalar matematikaning mazmunida ishlatila boshlandi. Jumladan “hosilaning mexanik ma’nosi”, “garmonik tebranishlar”, “Kristal panjaralar” kabi ko‘pgina tushunchalar matematika fanining ayrim sohalarida o‘z aksini topgan.
“Integratsiya”-atamasining turli talqinlari mavjud bo‘lib – bu, ayrim bo‘lak, qismlarning birlashib, bir butun bo‘lishidir. Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarini integratsiyalashda asosiy masala vazifalarning o‘zaro birligini ta’minlashda, avvalo maqsad, metod, shakl vositalar va kuzatilgan natijalarni belgilab olishdir.
5-6 sinf matematika kursi arifmetika, algebra, geometriya elementlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun bu darsliklar integrativ darsliklarning namunasi sifatida amalda xizmat qilib kelmoqda. Koordinatalar metodini qo‘llash algebra va geometriya kursini bir-biriga uyg‘unlashib ketishiga olib keladi. Vektorlarning kiritilishi – geometrik materialni algebra vositasida o‘rganishga imkon beradi. Matematikaga oid bilim, ko‘nikma va malakalar fizika va kimyo fanlarini o‘rgarishda qay darajada ishlatishi va aksincha matematika fanini o‘rgarishda mazkur bilimlardan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida matematika, fizika, kimyo darsliklaridagi mavzularning taqqosiy tahlilini qilish mumkin.
№
|
Fizika
|
Matematika
|
1
|
Molekulalarning massasi va o‘lchamlari. Avogodro soni.
|
Sonning standart shakli. Diametr.
|
2
|
Havoning namligi
|
Prosent.
|
3
|
Gaz molekulalarining harakat tezligi.
|
Silindr, geometrik jismlar.
|
4
|
Qattiq jismlarning mexanik xossalari.
|
Funksiyaning grafigi.
|
5
|
Yorug‘likning qaytish va sinish qonunlari.
|
Burchak, qaytish burchagi.
|
6
|
Qavariq va botiq linzalar.
|
Sferik sirt, qavariq, boriq, parallel nurlar.
|
|
Anorganik kimyo
|
Matematika
|
1
|
Kimyoviy masalalrni yechish
|
Proporsiya, prosent
|
2
|
Izotoplar, izobarlar
|
Bo‘lish malakasi.
|
3
|
Kristall panjaralar.
|
Ko‘pyoqlilar.
|
Ta’limni integratsiyalash o‘quvchilarda joshqinlik, fanlarni o‘rganishga qiziqish hissini kuchaytiradi. O‘quv fanlari bo‘yicha bilim darajasini oshiradi, ularning aqliy faoliyatlari rivojlanadi. Tabiatdagi uzviylikni fanlar orasidagi uzviylik orqali bilib oladilar. Integratsiyalashgan darsda talim tarbiya uzluksizligi va olgan bilimlarini amalda qo‘llash o‘quvchilarga qulaylik tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |