1-Amaliy mashg’ulot Qayumov Jahongir



Download 16,66 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi16,66 Kb.
#416119
Bog'liq
1-amaliy


1-Amaliy mashg’ulot
Qayumov Jahongir
1-keys
Buxgalteriya hisobining rivojlanish boskichlari mazmunini yozma ravishda ifodalang. Oddiy xisob-kitob davrining vujudga kelishi va uning asoschilari tugrisida fikr bildiring.
Javoblar
Buxgalteriya hisobining paydo bulishi uzoq davrlarga borib taqaladi. Manbalarga kura xisobning paydo bulishi odamzotning vujudga kelishi, ular urtasidagi ayirboshlash munosabatlarini yuzagakelishi davriga tug’ri keladi. Manbalarga koʼra, hisobning paydo boʼlishi odamzotning vujudga kelishi, ular oʼrtasida ayirboshlash munosabatlarini yuzaga kelish davrlariga toʼgʼri keladi.Аyrim tarixchilar yozishicha, Xitoyda hisob 8000 yil oldin paydo boʼlgan. Uning fan sifatida vujudga kelish vatani sifatida Italiya eʼtirof etiladi. Professor Ya.V. Sokolov buxgalteriya hisobini rivojlanish evolyutsiyasini oʼrganib, uni 6 ta bosqichga ajratadi
1-bosqich uz ichiga Eramizdan oldingi 4000 yil oldin va eramizgacha boʼlgan V –asr) larni qamrab oladi. Bu bosqichda Hisobda koʼzga koʼringan va foydalanilgan narsalarning natural hisobi yuritilgan, shu bois naturalistik bosqich nomini olgan. Ushbu bosqichda ilk bor xoʼjalik fakti va inventarizatsiya tushunchalari paydo boʼlgan.
2-bosqich bu eramizdan avvalgi V-asrdan to 1300 –yilgacha bulgan davrlar. Bu bosqichda Hisobda koʼzga koʼringan va foydalanilgan narsalarning pul birligida (qiymat) hisobi yuritilgan, shu bois qiymatli bosqich nomini olgan. Ushbu bosqichda ilk bor buxgalteriya apparati paydo boʼlgan, u ikkita turga – patrimonal (mol-mulk hisobi) i kameral (pul kirimi va chiqimi hisobi). Ushbu bosqichda buxgalteriya hisobi natural va pul oʼlchov birliklarida yuritilgan.
3-bosqich uz ichiga 1300- yildan 1850- yilgacha bulgan davrlarni qamrab olgan. Bu boshqichda Patrimonal hisob (mol-mulk hisobi)ni unigrafik (oddiy yozuv) va digrafik (ikki yoqlama yozuv)ga ajratilishi yuz berdi, buxgalteriya hisobi schyotlari tipografiyasi (tiplarga ajratish) soder boʼldi, xususiy mablagʼlar schyotlari (xususiy kapital, foyda va zararlar schyotlari) vujudga keldi. Ikki yoqlama yozuv (digrafik hisob) Yevropaning barcha dalatlariga tarqaldi, bu buxgalteriya hisobi nazariyasini yanada ravnaq topishiga imkon berdi, XY – asrning oxiriga kelib, ikki yoqlama yozuvga asoslangan buxgalteriya hisobi nazariyasi Italiyada uzil-kesil shakllandi
4- bosqich uz ichiga 1850-1900 yillarni qamrab oladi. Bu bosqichda Nazariy-amaliy bosqich boʼlib, unda digrafik hisob (ikki yoqlama yozuvga asoslangan hisob) ikkita yoʼnalishda, yaʼni hisob yozuvlariga yuridik kuch berish va ularni iqtisodiyot manfaatlariga muvofiqlashtirish yoʼnalishida rivojlandi. Ushbu tarixiy davrda buxgalteriya hisobida schyotlarning ilmiy tasniflanishiga erishildi, debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashishlar hisobi uchun moʼljallangan schyotlar paydo boʼldi, shuningdek, metafizik schyotlar (natijaviy va kontrar schyotlar) vujudga keldi.
5- bosqich 1900-1950- yillarga tug’ri keladi. Bu bosqich buxgalteriya hisobidagi sifat oʼzgarishlar bosqichidir. Аynan shu bosqichda buxgalteriya hisobida hisob yuritish va balansshunoslik yoʼnalishlari, buxgalteriya hisobi tarkibida moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi paydo boʼldi. Shuningdek, ushbu bosqichda xarajatlar hisobi hamda mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini aniqlash masalalari dolzarb masalaga aylandi. 20 asrning boshiga kelib maxsus tannarx kalьkulyatsiyasi nazariyasi paydo boʼldi.
6- sungi bosqich 1950- yildan hozirgi davrgacha bulgan bosqich hisoblanadi. Ushbu bosqichda buxgalteriya hisobining tarkibiy qismlari boʼlgan moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi oʼzining predmeti, metodi, nazariy va metodologik asoslariga ega boʼlgan maxsus fanlar sifatida shakllantirildi. Korporativ boshqaruv tizimi, xalqaro investitsiyalar rolini kuchayishi bilan buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish, xalqaro standartlarga mos keluvchi milliy standartlarni ishlab chiqish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish va xalqaro audit standartlari asosida auditorlik tekshiruvlaridan oʼtkazish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar honuzgacha davom etmoqda.
Download 16,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish