1. A ismli fuqaro may oyining o`rtalarida baliq ovlash uchun suv havzasiga bordi. Hudud nazoratchisi baliq ovlayotgan fuqaroni baliq ovlash mumkin emasligi xususida ogohlantirdi



Download 29,89 Kb.
bet1/2
Sana29.05.2022
Hajmi29,89 Kb.
#617980
  1   2
Bog'liq
тест юридик


1. A ismli fuqaro may oyining o`rtalarida baliq ovlash uchun suv havzasiga bordi. Hudud nazoratchisi baliq ovlayotgan fuqaroni baliq ovlash mumkin emasligi xususida ogohlantirdi. Bundan norozi bo`lgan fuqaro hudud nazoratchisiga baliq ovlashda hech qanday cheklov yo`qligini aytib e`tiroz bildirdi. Uning e’tirozi o`rinlimi?
a) ha o`rinli, chunki istalgan vaqtda baliq ovlash mumkin.
b) faqatgina may oyida baliq ovlash mumkin emas.
*c) suv havzalarida aprel oyidan iyun oyigacha baliq ovlashda cheklovlar amal qiladi.
2. K ismli shaxs mehnat ta’tilida bo`lgan vaqtida korxona rahbari zudlik bilan ishga chiqishni undan talab qilib, aks holda uni ishdan bo`shatishini ma’lum qilgan. Korxona rahbarining ushbu talabi asoslimi?
a) korxona rahbari istalgan vaqtda xodimlariga talab qo`yishi mumkin.
b) mehnat ta’tilida bo`lgan xodimdan ishga chiqishni talab qilish mumkin emas.
*c) xodimni ta’tildan chaqirib olishga faqat uning roziligi bilan yo`l qo`yiladi.
3. B ismli shaxs xotini bilan ajrashmoqchi ekanligi, to‘yni o‘tkazishda har ikkala tarafning barcha xarajatlari o‘zi tomonidan qilingani haqida bayon qilib, er-xotin nikohdan ajratilayotganda ularning to‘yini o‘tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirishni talab qildi. Uning bu talabi qanoatlantiriladimi?


a) ha qanoatlantiriladi.
*b) nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko`rib chiqilayotganida to`yni o`tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi.
c) agar xotini rozi bo`lsa, erning talabi qanoatlantiriladi.


4. Sh ismli shaxs ko`p qavatli kvartirada istiqomat qiladi. Uning keksa qo`shnisi umrining oxirigacha boqib parvarishlashi, barcha zaruriy yordamlarni ko`rsatib turishi evaziga o`z kvartirasini unga berishini va’da qiladi. Ushbu holatni huquqiy jihatdan rasmiylashtirish mumkinmi?
*a) ha mumkin, buning uchun Sh ismli shaxs yolg‘iz yashovchi qo‘shnisi bilan umrbod ta’minlash sharti bilan kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini yozma shaklda tuzib, uni notarial tartibda tasdiqlatishi lozim.
b) yo`q mumkin emas, chunki Sh ismli shaxs keksa odamning merosxo`ri bo`lolmaydi.
c) Sh ismli shaxs kvartirani sotib olsagina, uni huquqiy jihatdan o`ziga rasmiylashtirishi mumkin.
5. M ismli shaxs universitetda to`lov-kontrakt asosida o`qiyotgan 28 yoshli turmush o`rtog`ining kontrakt pulini o`zining ish haqi hisobidan to`ladi. Biroq ish joyidagi buxgalter kontrakt pulini to`lashga yo`naltirilgan ish haqi bo`yicha soliq hisobladi. Bu to`g`rimi?
a) har doim ishlagan ish haqidan soliq ushlab qolinadi.
b) ish haqi kontrakt to`lovi uchun to`lansa, soliq ushlab qolish mumkin emas.
*c) agar ish haqi 26 yoshga to`lmagan erning kontrakti uchun to`langanda edi, soliq undirilmas edi.


6. X ismli shaxs chorrahada svetoforning qizil chirog`ida to`xtab turgan vaqtida yo`lning to`xtab turish chizig`ini bosib o`tgan holda avtomashinani chetga olib, tez tibbiy yordam mashinasini o`tkazib yubordi. Biroq oradan 10 kun o`tib uning yashash manziliga yo`l harakati qoidasi buzgani uchun unga jarima qo`llanilgani haqida xabarnoma keldi. Bu vaziyatda u jarimaga tortilishi kerakmi?

*a) haydovchi jarimaga tortilishi mumkin emas, chunki uning huquqbuzarligi oxirgi zarurat tufayli sodir bo`lgan.


b) haydovchi jarimaga tortilishi kerak, chunki u yo`lning to`xtab turish chizig`ini bosib o`tgan.
c) haydovchi svetoforning qizil chirog`ida to`xtab turishi kerak edi.
7. M. ismli shaxs hozir 19 yoshda. 1 yildan buyon haydovchilik bilan shug‘ullanadi va haydovchilik guvohnomasiga ega. U yo‘nalishsiz taksini boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkinmi?
a) ha albatta, haydovchilik guvohnmasi bo`lsa hech qanday to`sqinliksiz shug`ullanishi mumkin.
*b) yo`nalishsiz taksini boshqarish faoliyati bilan haydovchilik guvohnomasida «V» ruxsat belgisi bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo‘lgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin.
c) yo`nalishsiz taksini boshqarish faoliyati bilan 25 yoshdan shug`ullanish mumkin.

Download 29,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish