1- §. Teleskoplar. Optik teleskoplar



Download 4.17 Mb.
Sana28.09.2021
Hajmi4.17 Mb.

1- §. Teleskoplar. Optik teleskoplar

  • Astronomlarning eng muhim kuzatish quroli — teleskoplardir. Teleskoplar osmon jismlarining ko'rinma burchaklarini kattalash-tirib hamda ularni bir necha marta ravshanlashtirib ko'rsatadi. Shuning uchun ham teleskoplar yordamida osmonga qaralganda, Yerga yaqin joylashgan osmon jismlarining (Quyosh, planetalar va Oyning) sirtida ko'z ilg'amaydigan detallarini hamda xiraligi tufayli ko'zga ko'rinmaydigan ko'plab yulduzlarni ko'rish mumkin.
  • Teleskoplarning asosiy qismi obyektiv deb atalib, u qavariq shaffof linza yoki botiq sferik ko'zgudan yasaladi (51 va 52- rasm-lar). Obyektiv kuzatilayotgan osmon jismidan kelayotgan nurni yig'ib, mazkur jismning tasvirini yasaydi. Osmon jismining obyektiv tomonidan hosil qilingan tasviri okular deb ataladigan linza orqali kuzatiladi. Hozirgi zamon teleskoplarida obyektiv yasagan tasvir ko'pincha fotoplastinkalarda rasmga tushirilib o'rganiladi.
  • 51—rasm. Linzali teleskop (refraktor)ning tuzilishi (nurning yo’li)
  • Agar teleskopning ob-yektivi linzadan yoki linzalar sistemasidan tuzilgan bo'lsa, bunday teleskop refraktor deyiladi. Refraktorda nur-ning yo'li 51- rasmda ko'rsatilgan. Obyektivi botiq sierik Ko'zgudan iborat bo'lgan teleskop esa reflektor deyiladi. Turli xil reflektorda manbadan kelayotgan nurning yo'li 52- rasmda tasvirlangan.
  • 52—rasm. Ko’zguli teleskop (reflektor)larning tuzilishi:
  • 1—okular; 2—obyektiv; 3—yassi ko’zgu; 3’ - qavariq ko’zgu.
  •  
  • Teleskoplarning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
  • 1. Yoritgichdan kela­yotgan nurlanishni qayd qilish (ko'z, fotografik plas-tinka, fotoelektrik qayd qilgich, spektrograf va hokazolar yordamida).
  • 2. Obyektivning fokal tekisligida kuzatilayotgan yoritgichning yoki ixtiyoriy osmon jismining tasvirini yasash.
  • 3. Qurollanmagan ko'z bilan qaralganda, ajratib ko'rib bo'l-maydigan, o'zaro juda kichik yoy masofada joylashgan obyektlarni ajratib ko'rsatish.
  • Endi oddiy refraktorning ishlash prinsipi bilan tanishaylik. Bunda teleskop obyektivi yoritgichdan kelayotgan nurni uning fokusi Fda yig'adi va shu nuqtadan bosh optik o'qqa tik o'tuvchi tekislikda (fokal tekisligida) yoritgichning tasvirini yasaydi. Yasalgan tasvirga lupa rolini o'tovchi qavariq linza (okular) yordamida qarab, kuzatilayotgan osmon jismi (planeta, Oy yoki Quyosh) burchak o'lchamining kattalashganini ko'ramiz.
  • Binobarin, teleskop bizga qaralayotgan osmon jismini ham ravshanlashtirib, ham kattalashtirib berayotganiga guvoh bo'lamiz. Yasalgan tasvirning ravshanlashishi, teleskop obyektivining diametriga va fokus masofasiga, aniqrog'i, ularning
  • nisbatiga bog'liq bo'lgani holda, uning kattalashtirishi
  • obyektiv va okularning fokus masofalarining nisbati
  • bog'liq bo'ladi. Tasvir fotoplastinkada yoxud fotoelektrik yo'l bilan qayd qilishga mo'ljallangan bo'lsa, unda okulyar kerak bo'lmay, fotoplastinka yoki elektrofotometrning kiritish diafragmasi bevosita teleskopning fokal tekisligida joylashtiriladi.
  • 53—rasm. Galiley yasagan birinchi teleskop—refraktor.
  • 54—rasm. Shimoliy Kavkazda o;rnatilgan, ko’zgusining diametric 6 metrli teleskop-reflektor minorasining ko’rinishi
  • (ichida teleskop ko’rinib turipti)
  • Dunyodagi eng yirik refraktor obyektivining diametri 1 metrni tashkil etib, u AQSH da qurilgan. Eng yirik reflektorlardan biri ko'zgusining diametri esa 6 metr bo'lib, Shimoliy Kavkazda o'rnatilgan (54- rasm). O'zbekistonda eng yirik refraktor teleskopi (qo'shaloq astrograf) Kitob shahri yaqinidagi sobiq Xalqaro kenglik stansiyasida joylashgan. Uning obyektivining diametri 40 sm. Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hududida taxminan 3000 metr balandlikdagi Maydanak tog'larida yirik astronomik observatoriya qurilgan bo'lib, u yerda o'rnatilgan reflektor ko'zgu­sining diametri 1,5 metr keladi (55- rasm).
  • 55—rasm. O’zbekiston FA Astronomiya institutiga qarashli teleskop-reflektor (d=1,5 m).
  • 56—rasm. Diametri 8 metrli teleskop ko’zgusiga sexda saydal berish jarayoni.

Download 4.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat