Ijtimoiy manfaatlarga qaratilgan iqtisodiyot — aralash iqtisodiyot. Dunyo tajribasi ko'rsatdiki, har qanday rivojlangan maml"katning xo’jaligi ijtimoiy yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchi mahsulotni qaysi bahoda sotsa, bu o‘sha mahsulotning (iste’mol) qiymatini ko'rsatadi. Lekin shu bilan birga o‘sha mahsulot bahosi yetkazib beruvchilar xarajatini ifodalaydi. Demak, ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilarni (restoran, servis xizmati va hokazo). Resurslarni foydali taqsimlanishi emas, balki eng ko‘p foyda olish qiziqtiradi. Bu yerda jamiyat manfaati emas, shaxsiy manfaat yuqori turadi.
Buning uchun iste’molchilarning talablari, didi, xohishiga qarab xizmat ko'rsatishga harakat qilinadi. Buning uchun bahoni kamaytirish, o'z navbatida resurslarni isrof qilmaslik zarur boiadi. Jamiyat uchun manfaatli bo‘lgan iqtisodiy tanlov imkoniyatlari kengayadi.
Aralash iqtisodiyotda davlat, xususiy sektor (korxonalar va iste’molchilar) «Nima?», «Qanday qilib?», «Kim uchun?» degan savollarga javob berishda butun jamiyat uchun muhim rol o‘ynaydi. Barcha mamlakatlar iqtisodiy tuzumi aralash iqtisodiyotdir.
0‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining iqtisodiy asosi qilib hozirgi zamon ijtimoiy rivojlanishi va respublikani o'ziga xos shart-sharoitlar bosqichiga ko'proq to‘g‘ri keladigan ijtimoiy yo‘na- lishga ega bo‘lgan bozor iqtisodiyoti qabul qilingan. Bunday tipdagi bozor iqtisodiyoti quyidagilarni:
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini rivoj- lantirish, erkin bozor konyukturasining rag'batlantirish uchun konstitutsiya bo'yicha, qonuniy va huquqiy hujjatlar asosida kafolat berishni;
barcha mulk xillari, xo'jalik shakllarini yuridik jihatdan teng huquqliligini iqtisodiy subyektlar faoliyatining maksimal darajada erkinligini;
umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi va iqtisodiy munosa- batlarda milliy odatlar, xalqning hayot tarzini yanada to‘liq hisobga olishni;
hayotiy shart-sharoitlarni va inson rivojlanishining qattiq ijtimoiy himoyalashni aholi turmush darajasini talab qilgan darajada ta’min- lashni;
xorijiy davlatlar o‘rtasida O'zbekistonning o‘ziga loyiq o‘rin topishini, teng huquqlilik va o‘zaro foydalilik asosida halqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishni ta’minlashi zarur.
0‘zbekistonning ijtimoiy bozor iqtisodiyotining o‘z modelini yaratishdagi eng asosiy elementlari quyidagilar: kishilar farovonligining o‘sishini ta’minlovchi pirovard natijalarga erishishdagi ijtimoiy yuna- lishi; aholining mehnatga layoqatli qismini ish bilan optimal darajada ta’minlash bilan bir vaqtda makroiqtisodiy o‘sish va iqtisodiyotni stabillashtirish darajasidagi muammolarni teng nisbatda hal etish; to'g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarishga davlat rahbarligidan chetlashib, tovar ishlab chiqaruvchilarni o'zlariga iqtisodiy maqsadlarni ko'zlab faoliyat turlarini, ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi va nomen- klaturasini (turini), ishlab chiqarish-xo‘jalik aloqalari doirasini aniqlashda erkinlik berish; investitsiya siyosatini tanlash, chet el sarmoyasini jalb etish, iqtisodiy dastaklar, rag‘batlantirish yo'llaridan foydalanish, ijtimoiy himoyalashning ishonchliligini ta’minlashda davlatning faol rolini saqlash; bozor munosabatlarining barcha bosqichlarida qattiq ijtimoiy siyosatni amalga oshirish kabilarni amalga oshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |