❌ Mad harflari talaffuzidagi xatolar:
1. Oxirini sukunli hamza qilib, keskin to‘xtatish. (Vaholangki, mad harflari javfdan talaffuz qilinadi. Javf- keng bo'shliq bo'lib, talaffuz vaqtida tovush paychalari ochiq, tovush to'silmay, hech bir joyda kesilmay davomiy bo'ladi. Bosim tovush paychalariga berilib, talaffuz davomida asta-sekin pasayib boradi.)
2. Alif-maddiya taffuzida tovushni faqat og‘iz bo‘shlig‘ining o‘zidangina chiqarish. (Vaholanki, alif-maddiya og‘iz, hamda halqum bo‘shlig‘idan chiqadigan tovushdir.)
3. Alif-maddiyani "imala" ("e"ga moyil qilib) o‘qish. Bu xato og‘izni yaxshilab ochmaslikdan kelib chiqadi. (Imom Osim qiroatidan Hafs rivoyati).
4. Tovushning bir qismini burun bo‘shlig‘idan chiqarish. (Vaholanki, bu harflarning maxraji faqat javfdir.)
Do'stlaringiz bilan baham: |