Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti Hamza Hakimzoda Niyoziyning ilmiy asarlari Hamza Hakimzoda Niyoziyning pedagogik qarashlari



Download 45,46 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2022
Hajmi45,46 Kb.
#551910
  1   2   3   4
Bog'liq
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODI


HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODI
REJA:

  1. Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti

  2. Hamza Hakimzoda Niyoziyning ilmiy asarlari

  3. Hamza Hakimzoda Niyoziyning pedagogik qarashlari

Hamza XX asr oʻzbek adabiyotiga tamal toshini qoʻyganlardan biri. XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek madaniyatining eng yirik namoyandalaridan, faol maʼrifatparvar shoir, oʻqituvchi, jamoat arbobi. U sheʼriyatni hayotga va xalqqa yaqinlashtirish, hozirgi zamon nasrini oʻzbek adabiyotida qaror topdirish, ayniqsa drama, komediya, tragediya yaratish bobida va teatr sanʼatini rivojlantirishdaulkan izlanishlar va kashfiyotlar qilgan sanʼatkordir. Hamza kompozitor, rejissyor, jurnalist, pedagog va darsliklar muallifi sifatida ham keng maʼlumdir. Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” (1915–1917), “Zaharli hayot” (1916), “Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi” (1927), “Maysaraning ishi” (1926) kabi dramatik asarlari oʻzbek adabiyotida yangi hodisadir.


Hamza 1889 yilda Qoʻqonda tabib oilasida tugʻildi. Otasi maʼrifatli, ilgʻor ziyoli edi. Hamza eski maktabda, rus-tuzem maktabida va madrasada oʻqidi, fors, arab va rus tillarini oʻrgandi. Shu bilan birga Fuzuliy, Navoiy, Hofiz kabi mashhur Sharq shoirlari, Furqat, Muqimiy asarlari ustida mustaqil mutolaa qildi, ulardan oʻrgandi, ilhomlandi va ular taʼsirida 1905 yildan boshlab “Nihon” taxallusi bilan sheʼrlar yoza boshladi va 25 yoshdayoq “Devon” tuzdi. Ularda Sharq sheʼriyatiga xos muhabbat, diniy tematika bilan birga maʼrifatga chaqirish muhim oʻrin egallaydi. Hamza oʻzining pedagogik faoliyatini 1910 yilda Toshkentda Qashqar mahallasida, 1911 yilda Koʻqonda, 1914 yilda Margʻilonda va yana Qoʻqonda maktablar ochib, bolalarni oʻqitishdan boshladi. Hamza bu maktablarda dars beribgina qolmasdan, ayni choqda “Yengil adabiyot”, “Oʻqish kitobi”, “Qiroat kitobi” (1914–1915) kabi darsliklar ham yozdi. U bir shaharda usuli savtiya maktabini ochib quvgʻin qilinsa, ikkinchi shaharda yana shunday jadid maktabini tashkil qildi, koʻproq kambagʻal bolalarni va kambagʻallarni oʻqitishga intildi. Hamzaning maorif-oʻqitish ishlaridagi yutugʻi shunda boʻldiki, islomni usuli savtiya bilan bogʻlay oldi – Qurʼon va Xadislarni faol yordamga tortib, xalqni ilm-maʼrifatga, yangilikka daʼvat etdi.
1913–1914-yillarda Hamza chet ellarda Afgʻoniston, Hindiston, Suriya, Turkiya mamlakatlarida, Makkada sayohatda boʻldi, u mamlakatlar hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar bilan tanishdi. 1915–1917-yillar davomidaHamza qator asarlar yaratib, undaxalqhayoti, uning orzu-intilishlarini ifodaladi, oʻzining insonparvarlik gʻoyalarini xalq tili bilan sodda va ravon uslubda bayon etdi, ommani ilm-maʼrifatgachaqirdi, bidʼatni qoraladi. Uning “Yangi saodat” povesti, “Gul” turkumidagi toʻplamlari (“Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi”) shu davrlarda yozilgandir. U maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ommalashtirishda teatrdan ham unumli foydalandi.1915–1916-yillarda “Feruzaxonim”, “Ilm hidoyati”, “Loshman fojiasi” kabi qator drama va komediyalar yozib, baʼzilarini oʻzi tuzgan “Havaskor truppa”sida sahnalashtirdi.
Hamzaning 1917 yilga qadar boʻlgan faoliyati va ijodi oʻz davri madaniy-maʼnaviy hayoti, maʼrifatchilik va jadidchilik taʼsirida shakllanib, uning faol ishtirokchisi boʻlganligi, mustamlaka zulmiga qarshi xalq orasida maʼrifat tarqatish yoʻlida tinimsiz kurash olib borganligini koʻrsatadi. U jadidlarga ergashdi va jadidchilikning ilgʻor vakillaridan biriga aylandi. Jadidlar otasi Ismoil Gʻaspirali vafot etganda Hamza marsiya yozib, “Dod qil davri falaqdin, botdi xurshidi jahon”, deb yozdi. Munavvar qorini “muhtaram ustozi oliy”, “maʼnaviy ota”, deb atadi. Hamza bir maqolasida bunday deb yozdi: “Agar bu ahvolda yashayversak, bir muddatdan soʻng bu bidʼatlar orasida bir millat tugʻulub butun islom faqat ismi bor, jismi yoʻq bir holgʻa kelib qolur. Oʻzimizning bidʼatlargʻa mubtalo boʻlgʻonimiz yetar, oʻzimizdan keyingi avlodlarimizning xurshid saodatlarin zavolga yetkurmaylik va hozirdan budardlarning davosiga kirishub, chorasini izlayluk… Buning kabi bidʼat va majusiyat odatlarini yoʻq qilmak uchun yolgʻiz ikki kalima soʻzni yaxshi tushunmak lozim: oʻqimoq va oʻqimoq”. Yana boshqa bir maqolasida u “oʻquv-oʻqituv usullarini zamonga muvofiq tahsil qilmoq choralarini axtarmoq lozim”ligini uqtiradi. Hamza darsliklar yozib, yangi uslubdagi maktab ochib, jurnallar chiqarib jadidchilikni targʻib qilish bilan cheklanmadi, balki ayni chokda oʻzining badiiy asarlarida jadidchilik ruhini keng, dadil va teran targʻib etdi. Maʼlumki, jadidchilikka rus mustamlakachilari ham, boylar va mutaassib ruhoniylar ham qarshi turgan. Shuning uchun Hamza oʻz asarlarida ana shularga qarshi kurash olib bordi. “Zaharli hayot” dramasida Maryamxon “Shariatda jabr harom!”, “Shariatda adolat bor”, “Islomiyat oʻlmaydi”, deydi. Hamza “pora olib, dindan kechib” xalqni aldaganlarni “millat hisi yoʻq ekan” deb taʼkidlaydi.
1917 yil fevral voqeasi munosabati bilan yozgan maqolasida Hamza bunday deydi: “Mana bu kun haqiqatan, hurriyat vositasi bilan eski xoin va zolim, mustabid hukumati 50 yildan beri boʻyin, qoʻl va oyogʻimizga sezimsiz solub kelgan umrlik ogʻir zanjirlarni qoʻlga koʻrsatub yechdi, xolos qildi. Bu haqiqat, musovot vositasi bila, bir taraf, zolim amaldorlar, ikkinchi tarafdan, rahmsiz, shafqatsiz talonchilar temir tirnogʻi ostida poʻstlari butun sidirilub, yuraklari ezilub, choʻkub xonimonlaridan ajrob kelub turgan mazlum, nohaq faqiru bechora, yetim, gʻariblarning burgutlarning panjai margidan raho qildi… Bu kun Ostroumov, Ilminskiy kabilarning tarbiyasida yashagan va aning maslakiga xizmat etuvchi, vatandagi oʻz oramizdan chiqqan din xoinlarini xiyonatlarin haqiqat maydoniga otur. Nohaqlarni sharmanda va marnigun qilur”.
Hamza oʻz asarlarida hurriyat, baxt-saodatga birlashish, oʻqish-oʻrganish, mehnat va kurash orqali erishish mumkinligini taʼkidlab: “Birlashsun emdi boshimiz, maslakda karshi yoshimiz”, “Birlashing, Turkiston!”, “Qoʻl ushlashing, birlashing emdi, Turkiston!”, “Haq yoʻlida jon bersak, boʻlsak millat qurboni”, deydi. 1917 yili oʻrtalarida yozgan “Uyon Vatan” sheʼrida Hamza “Ey Islom eli! Bu kun millatga oʻlsun harna himmatimiz!”, “Bitdi istibdod! Yetsun hurriyat! Bitsun nazorat, qullik, asorat!” deb hayqirdi. “Turkiston muxtoriyatina” sheʼrida “Toʻrt yuz yillik Romanov bitgach davlati koʻtarildi asorat, xoʻrlik illati”, “Bir sanjoqda toʻplansin islom davlati” deb kuylaydi.
Hamza sheʼriyati, xususan, uning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” uning ijodidagina emas, balki umuman XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek sheʼriyatida olgʻa tashlangan katta bir qadamdir. Hamza bu realistik turkumda Turkiston xalqining haqqoniy ahvolini, oʻz soʻzi bilan aytganda “Turkiston qissasini” koʻrsatib beradi. Toʻplamdagi sheʼrlarni sodda tilda va xalq qoʻshiqlari pardasida, yoʻsini, yoʻli va ohangida yozadi, har bir sheʼr boshida xalq orasida mashhur boʻlgan biror ashulani koʻrsatib, undan parcha keltirib oʻtadi. Uning “Yangi saodat” povesti ham yangicha proza asarlari yaratish sohasida qoʻyilgan muhim qadamdir. Unda ham maʼrifat, erkin-baxtli hayotga intilish ruhi yetakchilik qiladi. Asarning soʻngida shunday soʻzlarni oʻqiymiz: “Xudo zolim emas, birovga berub, birovga bermay qoʻymas. Xudoyi taborak va taolo saodat ilmda, razolat jahlda, har bir ish bandaning oʻz harakatiga muvofiq, deb kalomida takror xabar bergani bor”.
Hamza dramalari oʻzbek adabiyotiga yangilik boʻlib kirdi. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” asari rosmana fojia, yaʼni tragediyadir. U “Istibdod qurbonlari” (“Loshmon fojialari” trilogiyasining uchinchi qismi, qolganlari topilganicha yoʻq) asarida istibdod toʻgʻrisida soʻzlab, rus chinovniklarini qahr-gʻazab bilan fosh etadi va aytish mumkinki, bu davr oʻzbek adabiyotida rus chorizmini Hamzadek fosh qilgan yozuvchi boʻlmasa kerak.
Oʻzbek adabiyotida haqiqiy maʼnodagi komediya janrining tugʻilishi va rivoji ham Hamza nomi bilan bogʻliq. Hamza “Maysaraning ishi” (“Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi”) asari bilan oʻzbek adabiyotida komediya janriga asos soldi. Hamza komediyalari, eng avvalo, oʻzbek xalq ijodi – xalq qoʻgʻirchoq teatri, askiyachilik va Nasriddin Afandi latifalari, shuningdek, xalqning hazil-hajviy ertaklari zaminida tugʻildi. Shuning uchun komediyalarida xalq ijodi anʼanalarining salmogʻi katta.
Hamza oʻz davrida maktab maorif sohasida ishladi, dram truppalar tuzdi. U toʻgʻri soʻzligi, haqiqatgoʻyligi va murosasizliga tufayli biror yerda muqim ishlay olmadi. Buxoroda, Toshkentda, Fargʻona, Xoʻjaylida, Avval qishlogʻida – yurt boʻylab koʻchib yurdi. 1929 yili 18 martda Shohimardonda fojiali oʻlim uni hayotdan olib ketdi.
Hamzaning maʼrifatchilik faoliyati Turkistonda XX asrning boshidagi umumiy maʼnaviy oʻzgarishlar, ilgʻor pedagogik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar, jadidchilik harakati rivojiga muhim taʼsir koʻrsatdi. U oʻz ijodi bilan oʻzbek milliy adabiyotining taraqqiysi, undagi realistik yoʻnalishning borgan sari rivoj topib borishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻz xalqi, vatanining farovonligi, maʼnaviy rivoji yoʻlida charchamay, nihoyatda foydali ishlarni amalga oshirdi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889.6.3, Qo‘qon — 1929.18.8, Farg‘ona viloyati Shohimardon qishlog‘i) — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1926). Solkashon mahallasidagi eski maktab va madrasada (1896—1906), keyin qisqa muddat Namangan madrasasida (1908) tahsil ko‘rgan. 1909 yilda Kogonda matbaada ishlagan. So‘ngra Toshkentga kelib, usuli jadid maktablarining o‘quv dasturi bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qashqardarvoza mahallasida (1910), keyin Qo‘qon shahrining Hojibek guzarida (1911) va Marg‘ilonda (1914) ochgan. Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qo‘qondagi rus-tuzem maktabida o‘qituvchi, «Sho‘roi islom» tashkilotining ozuqa sho‘‘basida mirza, «Kengash» va «Hurriyat» jurnallarida muharrir (1917), Farg‘ona viloyati madaniy-maorif bo‘limida xodim (1918), Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi O‘lka musulmon siyosiy truppasida rejissyor (1919), «Dor ush-shafaqa» maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targ‘ibot-tashviqot sho‘‘basi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba soyuzlarining madaniy-ma’rifiy muassasalarida mudir (1921—24), Farg‘ona maorif qo‘mitasi qaramog‘idagi ong-bilim sho‘‘basida mudir o‘rinbosari (1924) singari turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1926 yildan erkin ijod bilan shug‘ullangan. Ammo rahbar idoralarning topshirig‘i bilan 1928 yil avgustdan Shohimardonda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borgan va so‘nggi safari chog‘ida halok bo‘lgan.
Hamzaning adabiy ijodi 1905—06 yillarda boshlangan. Hamza 1908 yil qo‘shni o‘lkalarda nashr etilgan ilg‘or gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik g‘oyalari bilan tanishgan. Ma’rifatli kishilar ta’sirida «milliy she’rlar» yoza boshlagan. Hamza shu yili «eski podsholar turmushidan» olingan «Haqiqat kimda?» degan «roman» ham yozgan (bu asar o‘sha vaqtdayoq yo‘qolgan). Hamza 1905 yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda g‘azallar yoza boshlagan. 1914 yilda tartib berilgan qo‘lyozma devoniga shoirning 1905—14 yillarda «Nihoniy» taxallusi bilan yozgan 214 ta she’ri kiritilgan.
1908—10 yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bog‘lagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi o‘quv qo‘llanmalari yaratish yo‘li bilan xalqni ma’rifatlashtirish maqsadida Qo‘qon va Marg‘ilonda ochgan maktab o‘quvchilari uchun «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi» (1914) va «Qiroat kitobi» (1915) o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlagan.
Hamza katta yoshdagi kishilar uchun «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» umumiy nomi ostida «gul» to‘plamlarini e’lon qilgan (1915—19). Hamza mazkur majmualari (8 bo‘limdan iborat) bilan o‘zbek she’riyatiga yangi mazmun va yangi g‘oyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan.
Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning «Yangi saodat» (1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan o‘zbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan. Lekin bu asar aslida ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan qissa bo‘lib, unda kambag‘al yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan.
Hamza 1914-16 yillarda «O‘ch» (1914), «Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari» (1915), «Ilm hidoyati», «Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi», «Ochlik qurbonlari» (1916), «Muxtoriyat yoki avtonomiya» (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan.
Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda «o‘zbek sovet adabiyoti»ning, teatrining asoschisi sifatida ko‘kka ko‘tarilgan. Hamza nomi bilan bog‘lanib kelingan O‘lka sayyor drama truppasi aslida Skobil (Farg‘ona) sayyor truppasi deb atalib, unga G‘afur Musaxonov rahbar bo‘lgan. Hamza shu truppada dramaturg, rejissyor va suflyor bo‘lib xizmat qilgan. Shu vaqtda u «Kim to‘g‘ri?», «Tuhmatchilar jazosi», «Boy ila xizmatchi» , «Ishchilar hayotidan» (1918), «Loshmon fojiasi» (1916—18, 3 bo‘limli), «Farg‘ona fojiasi» (1918—20, 4 bo‘limli), «Qizil qon ichida yosh go‘daklar», «Mahbus to‘raning holi» (1919) singari pesalarni yozgan (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan). Agar Hamza «Zaharli hayot» dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimentalizmdan keng foydalangan bo‘lsa, «Tuhmatchilar jazosi», ayniqsa, «Boy ila xizmatchi» singari pesalarida realizm tomon yaqinlashgan. Ammo Hamza ko‘p o‘tmay, targ‘ibot va tashviqot yo‘nalishidagi «Pastki sho‘rolar saylovi munosabati ila yozilg‘on Cho‘pcharlar», «Pastki sho‘rolar tuzmasida saylovg‘a kirolmagan bir eshon o‘pkasiga javoban», «Burungi saylovlar» (1926) singari pesa va instsenirovkalarni yozishga katta e’tibor bergan. Hatto Sovet davlatining jahon inqilobi to‘g‘risidagi soxta g‘oyasiga ishonib, «Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari» (1927) pesasini yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik g‘oyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan. Biroq 1926 yili Hamza o‘zbek dramaturgiyasida muayyan iz qoldirgan 2 asar: «Maysaraning ishi» komediyasi va«Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi» dramasini yaratgan.
Sinfiylik va partiyaviylik adabiy asarning qimmatini belgilovchi asosiy mezon hisoblangan davrlarda Hamzaning «Boy ila xizmatchi» pesasi butunlay qayta yozib chiqilgan. Sotsialistik realizm metodi talablari asosida «qayta tiklangan» bu asar uzoq yillar davomida Hamza dramaturgiyasining yuksak namunasi sifatida taqdim etilib kelingan.
Hamza haqida doston (Oybek asari, 1948), roman (K.Yashin asari, 1989), teatr spektakli (K.Yashin va A. Umariy asari, 1941), kinofilm (stsenariy mualliflari K.Yashin va S.Muhamedov, rejissyor Z.Sobitov, 1960), 16 seriyali badiiy film (stsenariy mualliflari K.Yashin, B.Privalov va Sh.Abbosov, rejissyor Sh.Abbosov, 1975—84) va hujjatli film (stsenariy muallifi L.Qayumov, rejissyor N.Otaullaeva, 1960) lar yaratilgan. Toshkent va Qo‘qon shaharlari hamda Farg‘ona vodiysidagi teatr, maktab, ko‘cha va shirkat xo‘jaliklariga, Toshkent shahridagi metro stantsiyasiga shoir nomi berilgan.
Отам Ниёз ўғли[1] 1836 йилда туғилиб, 16 ёшинда деҳқонлиғин ташлаб, Бухорога бориб, эскича халқ дўқтири бўлуб қайтғандур. Шу йили Аввалда менинг онамга[2] уйланиб, Ҳўқанд келиб турғун бўлгандур. Мана мен шул оиладан 1889 йилда туғулиб, отам ўқимишли бўлсин учун 1898 йилда ўзбекча, форсчага том саводли бўлиб, 1899 йилдан 1906 йилғача мадрасада эски усул билан дарс ўқишда давом этдим.
1907 йили, отам ҳаж кетиши муносабати илан, бирга Қашқарғача узатиш муносабатила саёҳатга бориб, биринчи мартаба «Вақт», «Боқчасарой» газеталарини ўқишга шундан ўрганиб қайтдим. Шундан бошлаб кундан-кун эски хурофотларни, мадраса ўқишларини, халқ тирикчилигидағи ўзгаришларни, маданият, иқтисод деган масалаларни текширишга кира бошладим.
Мадрасани ташлаб, бирор томонға кетиб ўқуш ҳаваси менда нақадар кучли бўлса, отам шу замоннинг энг фақир кишиларидан бўлған учун иқтисод мени шу қадар кучсиз қиладур эди. Лекин мусиқавий лаҳн (ашула туйғуси), шеър ёзишга дардланиш тағин эскироқдур.
1897, 1898 йиллардан оила ичинда маснавий, Ҳофиз, Бедил, Юсуф Аҳмад каби шеърий рисолаларни ота, оналарға ўқуб беришда ўрнашгандурки, 1905 йил япон муҳобираси учун лаҳн ёзилған бир шеърим, 1899—1900 йилларда ёзилған шеърий ёзишмаларим сақланиб келадур.
Ахийри 1908 йилда Наманган бориб, 7—8 ой таҳсил этганимдан сўнг ҳозирги маориф (Наманганда) раҳбари Абдулла Тўқмуллин билан тасодиф этиб, ундан яхши раҳбарликлар олдим. Ул меним қўлимда ўз қаламим билан юз саҳифадин ортиғроқ эски усулдағи шеърий ёзишмаларими кўруб, тарбияға киришди. Меним ташаббусим билан шунда 16 кишилик қурс очиб, Ҳоди Мақсудийнинг арабий лисониндаги ҳисобларига ўхшаш асаридан 3 ой давомда ўртачага яқин арабчадан, учинчи синфга бошқа фанлардан ҳозирлана олдим. Шул вақтда отамға ёзған арабча мактубларим бутунисича сақланиб келадур. 1905 йил рабочий инқилобини ҳам мен шунда ўргандим. Қўл матбааси билан майда рисолача, эълонлар чиқариб турувчи бир татар йигити бўлуб, мен ҳар ҳафтада бир-икки унинг билан суҳбат қиладур эдим. Ул мени хийли дардлаған бўлса керак, шул кундан бошлаб, эски подшолар турмушидан бир «Ҳақиқат кимда?» исмли ҳавосиз опералик роман ёзған эдим, ўғурлатдим, бугунки, топилмайдир. Бундан буёнғи шеърларим миллий ва инқилобий тусларин ола бошлади.
1909 йилда Бухороға Икромча домлада арабчани тамомлаш учун бордим, лекин мумкин бўлмади. Чунки бухороликлар билан шиалар жанжали бўлуб, Когон матбаасида қочиб бир ой ишлаб, Тошканд келдим. Шу кундан бошлаб миллий анжуманларға қатнаша бошладим.
1910 йилда Қашқар дарвоза[3] маҳалласида биринчи марта усул савтия мактаби очдим. Шу кундан муаллимликка киришдим. 1911 йилда Ҳўқандда очиб, бир йил давом этгандан кейин, 50 сўм ақча тўплаб, Афғонистон, Ҳиндустон, Макка, Мадина, Шом, Бейрут билан саёҳат қилиб, Стамбулға ўқишға келган бўлсам ҳам, ўзим билетсиз қочиб борған учун, отам ҳамда бир рус қизидин уйланған оилам юборган очулик хатларидан қўрқуб, қайтдим.
1914 йилларнинг охирларинда ҳозирги «Фарғона» газетасининг муҳаррири ўртоқ Охундийларнинг ғайрати билан Марғилонда мактаб очдим. Саккизинчи ойғача бормай, Андреев исминдағи Скобел маориф раҳбари томонидан мажбурий ёпилди. Бунга сабаб Марғилонда аввалдин давом этиб турган мактаб ҳамда туземний — рус мактаби муаллими Қудратилла қорининг Андреевга бериб турган ахборидир. Ундан яна Ҳўқанд келиб, бир қанча ўзимга яқин кишилар тўплаб, уларнинг ёрдами билан йўқсул болалар учун пулсиз ўқутуш мактаби очдим. 20—30 кейин 15—16 киши бир ойгина ёрдам бердилар; ўзим 4 ойча давом эттиргандан кейин, уяз начальниги (Мединский) томонидан тинтув бўлуб, ёпилди. Лекин ҳеч бир қандай қоғозларим қўлига тушмаған учун қамалмай қутулдим. Ҳозирда ҳам шул иона варақлар имзолар билан сақланадур. Ундан сўнг кечки қурс давом эттируб юруб, 1915 йилда яна мажлис чақириб, китобхона, қироатхона каби масалаларни ҳал қилиб, «Ғайрат» исминда китобхона очдирдим. Бундин мақсад бугунгача ёзилған асарларими баъзиларин ўз сармоям билан босдирған бўлсам ҳам, улар майдароқ бўлуб, бошқаларин шул китобхона исминдин босдириш эди. Лекин китобхонамиз очилғандан сўнг, 1910 йилдан бери меним мажлис ва мактабларимға бутун кучи билан қарши келиб турған бойвачча унсурлар кириб қолиб, асарларим уёнда турсин, ўзимни ҳам суруб чиқардилар. Ҳозирда материалим билан бирга билувчи ҳаёт кишилар ҳаммалари деярлик бордур.
1917 йилғача асарларимни босдириш, асар ёзиш, газетага мақола ёзиш, лошмон воқеалари ҳақида турли мажлислар қилиш билан давом этдим.
* * *
1917 йил февраль инқилоби киргандан кейин турли ташкилотларда хизмат қилиб юриб келганман. «Кенгаш» исминда журнал чиқардим. «Кенгаш»нинг 2-номериға ёзиладурган баъзи мақолаларимнинг бойлар, уламолар шахсига доир бўлғанға бойвачча унсурлар қарши туруб, мени чиқардилар. Ундан сўнг ўзим алоҳида ташкилот очиб, «Ҳуррият» журнали чиқардим. Бу ҳам шундай қаршулик орқасинда 5-номеридаёқ мендан олдилар. Ундан сўнг, потребитель очдик. Ундан ҳам мақсад камбағалларни тўплаш эди. У ҳам қўлдан кўчди. Ундан Шўрои исломнинг озуқа шўъбасига кириб олиб, Иттиҳод таъмин жамияти ташкил этдик.
Бир ёқда 1917 йилнинг 28 майида Қаландархонада[4] 400 га яқин рабочийларни тўплаб, зўр намойиш қилиб, рабочий, меҳнаткашлар жамияти ташкил қилдик. Ахийри бунга ҳам бойвачча унсурлар кириб, буни ҳам булғаштирдилар. Бугунгача давом этмоқда бўлған «тўртинчи»лик[5] унвонининг бош муассислари шул ташкилотдир. Ҳозирда менда даъватномалари сақланадур. Ундан сўнг, мақсадим бўлмағач, Туркистон кетдим.
Туркистонда Қалмиков деган бир завод рабочийси билан ўзими овундириб, соат кутадур эдим. Оз ўтмай, Октябрь инқилоби бошланди.
1918 йил Ҳўқандда муаллимликда давом этдим. Ундан Скобелга юборилдим. Скобелда наҳори мактабда давом этдим …лекин ундан чиқиб, Скобелдаги маданий-маориф ташкилотиға кириб, музика тўдасининг ёнида театр тўдаси туздим. Шу кундан бошлаб Сайёрий труппа ишиға айланиб, бир томонда, режиссорлик, артистлик, суфлёрлик, иккинчи томондан, муаллимлик, ташвиқотчилик, муҳаррирлик билан Қизил арвот фронтиғача бориб, 1920 йилғача ҳарбий ташвиқот-тарғибот бўлимлари қарамоғинда хизматлар этиб келдим.
1920 йилда яна Ҳўқанд келиб, фирқага кириб, яна маориф қарамоғинда интернат мудирлиги, муаллимлик, режиссорлик билан давом этиб, Фарғона фронтларида хизмат этдим.
1921 йилда босмачилар ҳақларида ёзилған асарларим, ҳаволарим, шеър, мақолаларим ҳақинда чидамай очиқ ҳужумга тикланганларин билиб, Фарғона обкоми [орқали] Бухоро ва Хоразмга санойи нафиса материаллари тўпламоқ учун командировка қилиндим.
Бухорода маориф, ҳарбий агитпроп қўлида труппа ташкил қилиб, Бухоро маҳкамаларида 1921 йил охириғача хизмат қилдим. Сентябрда тиф билан оғриб, Тошканд келиб, ноябрда Хоразм кетдим.
Хоразмда профсоюзнинг маданий-маориф шўъбасида 1922 йилғача хизмат қилиб, ундан маорифға олиниб, театр ишларига, агитпропга ўтиб, хизмат қилдим. Ундан ўз хоҳишимча ўзбек адабиётидан фойдаланиш учун Хўжайли вилоятиға командировка бўлдим.
Хўжайлида 1924 йилнинг июль ойлариғача қозоқ интернатида давом этиб, 1924 йил июлда Фарғона обкоми ҳам облисполкоми томонидан юборилған телеграм ва кишилар билан Фарғона обком ҳам облисполком ихтиёрига қайтдим.
1924 йил сентябридан Фарғона маориф қўмитаси қарамоғиндаги онг-билим шўъба муовини тайин бўлуб, бир томондан, Фарғона сайёр труппаси ташкил этдим.
1925 йил сентябрига қадар отпуска олған сўнг (1912 йилдан 1925 йилгача олган истироҳатим шул), марказ маориф ваколатига бориб, ишдан чарчағаним ҳамда табиатимдаги композиторликни ўсдириш ҳамда бугунга қадар йиғилған материалларни йўқолғандан қолғанларин радлаш ҳамда ўзимнинг асарларимни тўплаш хусусинда аризалар бериб, ўзимни бўшатдим.
1925 йил 10 август ойинда бўшалгандан бери Фарғона туманининг Аввал қишлоғида маҳаллага раҳбарлик, қизил чойхона, кўпрук, мана шунга ўхшаш қишлоқ хўжалиги рўзғори, маданий, сиёсий онглариға тааллуғи бўлган хизматда давом этиб келмоқдаман.
Қишлоқда турушдан мақсадим: қишлоқ рўзғори, табиат бойлиги билан танишув билан бирликда қишлоқ турмушидан саҳналарга пьеса ҳозирламоқдир.
Мана, меним ҳозирги қисқа муфассал таржимаи ҳолим. Кенгроқ таржимаи ҳолим ҳақинда баъзи журналлардан мактуб орқали сўрамоқдадурлар. Баъзиларин журналдан кўриш мумкин бўлғандек, яқинларда ўртачагина бу ҳақда ўзим бир роман ёзмоқ ўйиндадурман.
1926
[1] Отам Ниёз ўғли — Ибн Ямин Ниёз ўғли (1836—1920), табиб; халқ ўртасида «Ҳакимча» лақаби билан машҳур бўлган.
[2] Онам — Жаҳонбиби (туғилган йили номаълум — вафоти 1910 йил) исмли оқила аёл.
[3] Қашқар дарвоза маҳалласи— Тошкент шаҳрида Навоий кўчасининг Анҳор ариғига туташган қисмида бўлган.
[4] Қаландархона — Қўқон шаҳридаги гузар.
[5] «Тўртинчи» — Октябрь инқилоби арафасида большевиклар партияси аъзолари думага сайланиш тартибига қараб шундай деб аталганлар.
“Devon”ning ayrim g‘azallarida an’anaviy ayriliq sevgi timsoli bilan bir qatorda, ijtimoiy tengsizlik farqi mavjud. Hamzaning birinchi nashrdan chiqqan asarlari ham ushbu mavzularga to‘yingan: “Ramazon” (1914), “Yangi baxt” dostoni (1915), “Zaharlangan hayot” (1916).
1916 - 19 yillar Hamza yettita she’riy to‘plamini nashr etadi, ularda shoirning inqilobiy-demokratik ma’naviyatshunoslik yo‘lidan inqilob jangchisi tomon o‘tgani seziladi. “Xushbo‘y atirgul” to‘plamidan joy olgan she’rlari o‘zbek tilidagi proletarl she’riyatning ilk namunalariga aylandi.
Oktyabr inqilobidan so‘ng, 1917 yil Hamza Qo‘qon va Farg‘onada ishtirok etib, Turkiston frontida Qizil Armiyaga xizmat ko‘rsatuvchi sayyor teatr tashkillashtiradi, Turkfront Siyosat bo‘limida ishchi bo‘lib xizmat ko‘rsatadi, keyinroq tuman siyosat ma’naviyat bo‘limida ishlaydi. 1918 yil u o‘zbek sovet dramaturgiyasidagi ilk asar bo‘lgan “Boy ila xizmatchi” sahna asarini yaratadi.
Hamzaning “Maysaraning ishi” (1926), “Paranjining sirlari” (1927) kabi asarlari ham juda mashhur bo‘lib, ularda o‘zbek ayolining inqilob yillaridan avvalgi achchiq hayoti haqida gapiriladi. Uning qalamiga bir necha o‘nlab qo‘shiqlar mansub.
Hamzaning musiqiy merosining barchasi saqlanib qolmagan. Ayrim qo‘shiqlari “Farg‘ona, Buxoro va Xiva qo‘shiqlari” to‘plamidan joy olgan (1931); qo‘shiqlarining bir qismi taniqli o‘zbek qo‘shiqchilaridan yozib olingan. Hamza ko‘pqirrali ijtimoiy hayot olib borgan, ayollarning ozodligi uchun kurashgan, millatparast va jaholatchilikni fosh qilgan. Hamza g‘azabga to‘la aqidaparastlar olomoni tomonidan o‘ldirilgan.

Download 45,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish