MAVZU: “SUV MUQADDASDIR”.
Maqsad: Bolalarning jonsiz tabiat, suv haqidagi tasavvurlari kengayadi va boyiydi. Bolalarga suv obi-hayot ekanligi, suv bo‘lmasa hayot bo‘lmasligi, undan oqilona foydalanishni, oqar suvlarga axlat tashlamaslekni, suvni tejab ishlatishni tushuntirish.
Jihoz: 2 ta stakanda suv, tomchilar, salfetkalar, rangli rasmlar, globus.
Mashg‘ulot borishi:
Bolalarni mashg‘ulotga jalb qilish. Bolajonlar tabiatimiz ikkiga bo‘linishini tushinib yetkanmiz.
Jonli tabiatga insonlar, hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, daraxtlar kirishini bilamiz.
Jonsiz tabiatga esa oy, quyosh, qum, tosh va suv kiradi.
Suvni tabiat mo‘jizasi deyishimiz mumkin. “Suv bor joyda hayot bor” deydilar. Haqiqatdan ham shunday.
Yer yuzida suv juda ko‘p. Yer yuzining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini suv qoplagan.
Mana bu globusda suvli maydonlar aks etgan.
Suv ariq va daryolarda oqadi, ko‘l, dengiz hamda okeanlarda bo‘ladi.
Suv – tabiat boyligidir. Uni tejab sarflash kerak. Qaerdaki suv bo‘lsa o‘sha yerda hayot bor. Suv bor joy – jannat, suvsiz joy sahrodir deya suv muqaddasdir mavSo'z ida suxbatlashdik.
Bolalarga suv obi-hayot ekanligini, suv bo‘lmasa hayot bo‘lmasligini, insonlar undan ichish, yuvinish, dehqonchilik, chorvachilik, qurilish va hokazolarda foydalanish haqida tushuncha berdim. Bolalarga suvni asrash, oqar ariqlarni toza saqlash, axlat tashlamaslik, suvni isrof qilmaslik, suvga tupurmasligini tushuntirdim.
Suvning inson hayoti uchun zarurligi insonga huzur, tabiatga go‘zallik bag‘ishlashi, eng bebaho boylik ekanligi haqida tushuncha berdim. Suvni isrof qilmaslik uni asrashga oid maqol, hikoyalar aytib berdim.
Maqol: Suv bir joyda turaversa sasir.
Topishmoq: Ketaveradi –ketaveradi, ortiga qaramaydi (suv).
Turli xil rasmlar orqali tushuntirishga xarakat qildim. Bolalarga ichimlik suvi, oqar suvlar haqida ma’lumot berdim. Toza suvlarga axlat tashlamaslik, jumrakdan behuda oqayotgan suvlarni ko‘rsak, jumrakni burab suvni yopib qo‘yishlarini, suvdan tejamkorlik bilan foydalanishni tushuntirib o‘tdim.
Dengiz va okean suvlarining yuzalari quyosh nuri ta’sirida isib, bug‘ga aylanib, havoga ko‘tariladi. Keyin bulo'tga aylanadi, bulutdan yomg‘ir yoki qor bo‘lib yana yerga yog‘adi. Qishda yoqqan qor bahor kelishi bilan erib daryo, soy va ariqlarga oqib tushadi. Biz bu suvni ichamiz, ekinlarni sug‘oramiz. Suvga tosh tashlasak stakan ichiga cho‘kadi. Agar suvga salfetka, tayoqcha tashlasak cho‘kmaydi. Chunki tosh suvdan og‘ir, tayoq va salfetka esa yengil bo‘ladi. Ota-bobolarimiz suvni tejab-tergab ishlatganlar. Suvni isrof ilmasligimiz kerak ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |