Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Bolajonlar bugun biz nimalar haqida gaplashdik?
Ozoda yurish uchun nima qilishimiz kerak?
Sog‘lom bo‘lish uchun nima qilishimiz kerak ekan?
Tarbiyachi suhbat davomida va yakunida bolalarni shirin so‘zlar bilan rag‘batlantiradi
Uyga vazifa:
Bolalarga:
Bolalar, uyga borganda toza, ozoda yurish haqida bilib olgan tushinchangizni ota-onangizga aytib, ko‘rsatib bering. Chiroyli kiyimda tushgan rasmingiz bo‘lsa olib keling. Keyingi mashg‘ulotda biz kiyinish odobi haqida suhbatlashamiz. Ota-onalaringizdan odobli bolalar qanday kiyinishlari kerakligi haqida so‘rab keling.
Ota-onalarga:
Bolalarning bugungi suhbatda qanday mavzuni o‘rganganliklarini so‘rab, suhbat o‘tkazishlari, ―Kiyinish odobi‖ mavzusida bolalar bilan qisqa suhbat o‘tkazishlarini iltimos qilish. Bu vazifaning zaminida kelgusi suhbat mavzusiga bolalarni tayyorlash, ularni suhbatda faol qatnashishga undash turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |