O‘YIN: “OLMA” DAM OLISH DAQIQASI
Bolalar davraga turishadi.Tarbiyachi avvaldan ularga quyidagi to‘rtlikni o‘rgatishi lozim:
Olmani uz – uz –uz
Olmani sol- sol –sol
Olmani art – art – art
Olmani ye –ye –ye
Dam olish daqiqasida bolalar ana shu to‘rtlik so‘zlarini 4 xil balandlikdagi ovozda aytishlari kerak( avval – baland, keyin sal pastroq, so‘ng yanada past va oxirida shivirlab) .
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Bolajonlar, bugun biz nimalar haqida gaplashdik?
Qanday bolalarni mehnatsevar bolalar deb ataymiz?
Ota-onasining toshiriqlarini bajargan bolalarni kim deb ataymiz?
Tarbiyachi suhbat davomida va yakunida bolalarni shirin so‘zlar bilan rag‘batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |