Kitob tuman 1-son kasb –hunar maktabida 1-mart Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan ”Zulfiyaxonim izdoshlari ” nomli badiiy kecha
BAYONNOMASI.
Kitob tuman 1.03. 2022 yil
KUN TARTIBI.
1. O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligiga bag’ishlangan “Zulfiyaxonim izdoshlari” nomli badiiy kechaning o’tkazilishi to’g’risida.
QATNASHDILAR
Kitob tuman 1-son kasb – hunar maktabi direktori J. Jalolov, YIBDO’ I.S. Ro’ziyev, O’IBDO’ M. Qobilov, Yoshlar yetakchisi N. Daminova, psixolog Sh. Sayfullayeva, Kutubxonachi D. Ergasheva, N. Shaxobova o’qituvchilar F. Jalolov guruh rahbarlari va o’quvchilar
BADIIY KECHANING OCHILISHI
Badiiy kechani ochib berish uchun so’z kasb-hunar maktabi direktori J. Jalolovga berildi .
Kasb-hunar maktabi direktori J. Jalolov so’zga chiqib bugungi ajoyib kun bahorning ilk kuni bilan barcha o’quvchi va ustozlarni tabrikladilar va O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim va uning she’rlarida aks etgan tong timsoli, buyuk baxt, buyuk erk, va yorug’ dunyo timsoli jaranglab turishini Zulfiyaxonim she’rlari barhayot insonlar qalbida yashashini ta’kidladilar va bugungi badiiy kechani ochiq deb e’lon qildilar.
SO’ZGA CHIQDI
Shundan so’ng kasb –hunar maktabi yoshlar ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari I.S.Ro’ziyev so’zga chiqib O’zbekiston xalq shoirasi taniqli jamoat va davlat arbobi Zulfiya tavalludining 106 yilligi munosabati bilan o’zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyaxonimni bilmaydigan, uning she’rlarini yod olmagan o’quvchi oramizda topilmasa kerak. Sevimli shoiramiz o’z she’rlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda. Zulfiya hayot yo’li va uning she’rlari mohiyati haqida qisqacha gapirib o’tdilar .
Badiiy kecha qizlar tomonidan bahor qo’shig’I bilan boshlandi.
Boshlovchi: Bugun mamlakatimiz ahli, har bahorni, shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olishni an’anaga aylantirdi. Shoira kitoblarini yurtimizdagi ko’plab oilaviy kutubxonalar javonida ko’rish mumkin. Prezidentimizning 1999-yil 10-iyundagi qaroridan so’ng har yili yurtimizdagi iste’dodli qizlardan bir guruhi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanmoqda.
Boshlovchi: Bizning mamlakatimizda ham o’zining a’lo o’qishlari, ijodkorligi, iste’dod va qobiliyatlari bilan Zulfiyaxonim qizlaridan qolishmaydigan o’quvchi qizlarimiz ta’lim oladilar. Zulfiya tavalludining 106 yilligiga bag’ishlab, qizlarimiz ishtirokida tadbir tashkil etganmiz. Marxamat ko’rib tomosha qiling.
NAVBAT BADIIY QISMGA BERILDI
Badiiy qismda kasb-hunar maktabining 104-guruh qizlari Zulfiyaxonim she’rlarini mahorat bilan ijro etishdi. Tadbir davomida she’riyatga ixlosmand qizlar tomonidan Zulfiyaxonim qalamiga mansub she’rlardan bahru-bayt musobaqasi bo’lib o’tdi.
Zulfiyaxonim qalamiga mansub “Mening mehribon onaginam” she’rini 204-guruh o’quvchisi Sobirjonova Farangiz ijro etdi.
Shundan so’ng qizlar tomonidan Zulfiyaxonim hayoti va ijodi hamda Hamid Olimjon vafotidan so’ng unga atab yozgan she’rlari batafsil aytib o’tildi.
O’quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar , raqslar, Zulfiyaxonim qalamiga mansub she’rlar, she’riyat shaydolari tomonidan tomoshabinlarga namoyish etildi.
Shundan so’ng xalqimizning ardoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligiga bag’ishlab o’tykazilgan “Zul;fiyaxonim izdoshlari ” nomli badiiy kechani yakunlash uchun so’z navbati kasb –hunar maktabi direktori J.Jalolovga berildi.
Tadbir yakunida kasb –hunar maktabi direktori J.Jalolov barcha ishtirokchilarga o’z minnatdorchiligini bildirdi va kelajakda o’quvchi qizlarimiz ham Zulfiyaxonim izdoshlari bo’lishiga ishonch bildirdilar.
Kasb-hunar maktabi YIBDO’ : I.S.Ro’ziyev
Kotiba: Yoshlar yetakchisi: N. Daminova
Do'stlaringiz bilan baham: |