Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
A2+
kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni to‘g‘ri baholay olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli, hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
orasta kiyinish;
madaniy me’yorlarga amal qila olish.
A2+
Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy rejalarni tuza olish;
kundalik faoliyatda uchraydigan masalalarni yechmiga olib keluvchi algoritmni tuza olish;
turli formuladan foydalana olish;
model, chizma va diagrammalarni o‘qiy olish.
A2+
hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik, shahsiy, oilaviy rejalarni algoritmini tuzish va amalda qo‘llay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |