Mavzularni o‘rganish uchun – 94 soat (B1+: 125 soat)
Nazorat ishlari uchun – 8 soat (B1+: 11 soat)
Jami: 136 soat
10- SINF
GEOMETRIYA
34 soat, haftasiga 1 soat (B1+: 34 soat, haftasiga 1 soat)
I BOB. Planimetriyani tizimli takrorlash
(3 soat)
1-3-mavzular: Planimetriyaning mantiqiy tuzilishi; geometrik masalalar va ularni yechish metodlari; amaliy mashq va tatbiqlar.
B1+: Bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi. (6 soat)
II BOB. Stereometriyaga kirish
(7 soat)
4-9-mavzular: Fazoviy geometrik shakllar; ko‘pyoqlar; prizma, piramida va ularning elementlari; aylanish jismlari: silindr, konus va shar; amaliy mashq va tatbiqlar.
B1+: O‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni yecha oladi. (6 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |