Hisob so‘zlari (2 soat);
Nutq namunalari: Bog‘da qanday daraxtlar o‘sadi? Bog‘da turli mevali daraxtlar o‘sadi. Bog‘ni kim parvarish qiladi? Bog‘ni bog‘bon parvarish qiladi. Bog‘da hamma mevalar pishgan. Mana eng mazali xurmo.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid berilgan savollarga javob bera olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish, matnlar mazmunini so‘zlab bera olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila olish, berilgan ertak, kichik hikoyalarni o‘qiy olish, she’r, hikmatli so‘zlarni o‘qib, yod olish, mavzuga oid ko‘p bo‘g‘inli murakkab so‘zlarni to‘g‘ri ko‘chira olish, berilgan tayanch so‘zlar, mavzu yoki rasm asosida 6-8 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn yoza olish.
Nazorat ishi: test. (1 soat)
Takrorlash. (1 soat)
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A1+: 2 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |