-nchi,-inchi qo‘shimchasi, nechanchi? so‘rog‘i (2 soat).
-miz qo‘shimchasi (1 soat).
Nutq namunalari: Bu – mening maktabim. Men 4-sinfda o‘qiyman. Maktabimiz ikki qavatli. Sinf xonalari keng va yorug‘. Kitob javonida darsliklar va daftarlar turadi. Maktab oshxonasida ovqatlanamiz. Ashula darsida qo‘shiq aytamiz.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid savollarga javob berish, rasmlar asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, gaplar tuza olish. Shu mavzuda berilgan gaplar va matnlarni o‘qiydi va topshiriqlarni yoza olish.
7-8-mavzu. Ko‘chamiz. (2 soat, A1+ 3 soat)
Lug‘at: ko‘cha, ko‘p, uylar, xonadonlar, hovli, zamonaviy, yorug‘ kabi tayanch so‘zlar; keng, chiroyli, gullar, daraxtlar, bir qavatli, ko‘p qavatli, ozoda, aziz kabi belgi bildiruvchi so‘zlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |