Nazorat ishi: diktant. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
45-47-mavzu. Bayramlar. (3 soat, A1+: 4 soat)
Lug‘at: bayram, onajonim, buvijonim, sog‘ bo‘ling, gullar, sovg‘a, Navro‘z, yangi kun, qadimdan, sumalak, mazali, tantanalar kabi tayanch so‘zlar; nishonlanadi, tabriklaydilar, xursand bo‘ldilar, boshlanadi, pishiradilar, qo‘yiladi kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar;
Onajonlar bayrami (1 soat), Navro‘zga tayyorgarlik. Hashar (1 soat). Navro‘z bayrami (1 soat) mavzulari bo‘yicha rasmlar, suhbatlar.
Nutq namunalari: Bugun 8-mart. Men buvijonimni tabriklayman. Hamisha sog‘ bo‘ling! Navro‘z bayrami 21 martda nishonlanadi. Hamma yerda xalq sayillari boshlanadi. Karnay-surnay chalinadi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid savollarga javob berish, rasmlar asosida suhbatlashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |