20-mavzu: Qish fasli. (1 soat)
Qish faslining manzarasi. Havo haroratining pasayishi, qor yog‘ishi.
21-mavzu: Suv havzalarining muzlashi. Nazorat ishi. (1 soat)
Suvning muzlash hodisasi. Muzlagan suv havzalari ustida yurishning xavfliligi.
3-BOB. BIZNING O‘LKA
(11 soat)
22-mavzu: Bizning o‘lka O‘zbekiston. (1 soat)
Bizning o‘lka O‘zbekiston. O‘lkamiz tabiati: tog‘lar, qir-adirlar, tekisliklar, daryolar, ko‘llar, ariqlar.
23-mavzu: Suv. (1 soat)
Suvning tirik mavjudot uchun ahamiyati. Suvdan oqilona foydalanish va suvni tejash, suv havzalarini ifloslantirmaslik.
24-mavzu: Salom bahor. (1 soat)
Bahorda tabiat manzarasi. O‘lkamizda bahorning o‘ziga xos xususiyatlari. Kishilarning bahordagi mehnati. Dalalarga ekinlarning eqilishi.
25-mavzu: Bahorgi tengkunlik - Navro‘z bayrami. (1 soat)
Kun va tun. Tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. Navro‘z, uning o‘lkamizda umumxalq bayrami ekanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |