Vakuumli zovur.
Ko’pchilik melioratsiya olimlari zovurni chuqur va siyrak qilib qurish kerak, degan
fiqrni oldinga surmoqdalar. Botqoqlangan yerlarni zaxsizlantirishda va sho’rlangan
yerlarni sho’rsizlantirishda zovur joylashgan tuproq – gruntlarning filtratsiya koeffitsiyenti
hamda ta’sir etuvchi bosimi, ya’ni zovurlar oralig’idagi sizot suv sathining zovurdagi
suv sathidan farqi asosiy rol o’ynaydi. Ana shu ikkala parametrdan birini - ya’ni
filtratsiya koeffitsiyenti K ni o’zgartirib bo’lmaydi, ta’sir etuvchi bosim H ni esa
zovurlar chuqurligini oshirish bilan ta’sir etuvchi bosimning ham ko’payishi aksincha,
zovurlarning yuza joylashuvi natijasida esa bosimning kamayishi tabiiy. Biroq 2 m dan
pastroqda qum qatlamlar joylashgan eskidan sug’orilajigan yerlarda zovurlarni 3 – 4 m
chuqurlikda qazish juda ham qiyin.
V.A.Kalantayev (1965) zovurlardagi ta’sir etuvchi bosimni yangi usulini - ya’ni
ularning chuqurligini oshirmasdan turib, zovur bo’shlig’ida vakuum hosil qilish yo’li
bilan bosimni oshirish usulini taklif qiladi.
Suv o’tqazuvchi gruntning mayda teshikchalarida suv pardalarining sirt taranglik
kuchlari ta’sirida siqilgan havo pufakchalari bo’ladi. Zovur bo’shlig’ida vakuum hosil
qilinganda bosim gradiyenti va oqim tezliklarining keskin ortib ketishi natijasida
suvning sekin shildirab oqishi girdobsimon oqimga aylanadi, bu esa ba’zan filtr oldi
zonasidagi gruntning yuvilib ketishiga sabab bo’ladi, natijada filtr kolmatajlanib,
vakuumli drenajni qum bosa boshlaydi. Qum bosish uzoq davom etsa, yerning usti
voronka shaklida o’pirilib tushishi, drenaj liniyalarining sinishi yoki o’z joyidan siljib
ketishi mumkin. Shu sababli filtr sathida sizot suvlarining ruxsat etiladigan eng katta
filtratsiya tezliklarini aniqlash uchun V.A.Kalantayev, S.Q.Abramovning formulasi
asosida quyidagi nisbatni taklif etdi:
3
65
8
,
0
K
l
Р
К
V
ф
m/sutqa
(3.2)
Bu yerda: l – filtrlovchi to’kmaning grunt bilan tutashgan nuqtasidan sizot suvlar sathiga
qadar bo’lgan oraliq, bu oraliqda ortiqcha bosim nolga teng, m hisobida.
Qum bosishdan saqlanish uchun vakuumning kritik kattaligi quyidagi miqdorga
teng bo’lishi kerak:
К
l
V
P
Ф
КР
8
,
0
m suv ustun
(3.3)
V.A.Kalantayevning tajribalarida vakuumli zovurlarga oqib kelgan sizot suvlar
miqdori q
0 ,
A.N.Kostyakovning
quyidagi formulasiga juda muvofiq bo
,
lib tushadi (bu
formulaga vakuum uchun tuzatish kiritilgan):
)
1
(ln
)
2
ln
8
,
0
1
(
)
(
2
0
P
L
L
a
L
a
h
H
K
q
V
(3.4)
Bu yerda: h
V
– zovurlar bo’shlig’idagi vakuum, m suv ustuni;
P – filtrlovchi to’kmaning perimetri, m;
A – suv to’sar qatlam sathining joylashish chuqurligi, m;
l – zovurlar orlig’i, m;
d – zovur diametri, m;
H – vakuumsiz bosim, m;
Q – filtratsiya koeffitsiyenti, m/ sutqa.
Gruntning suv berish koeffitsiyentini harfi bilan ifodalasak, sizot suvlarining dh
vaqti ichidagi harakati noaniq bo’lgani holda ularning bosimi dh miqdoriga pasayadi.
Ravshanki, dh vaqt ichida ikki qo’shni zovur oralig’idagi sizot suvlarining hajmi
Ldh
ga teng miqdorda kamayadi. Shunga ko’ra quyidagi differensial tenglamani
yozish mumkin:
–δLdh=q
1
(h+h
V
)dt
Bu yerda: q
1
– sizot suvlar bosimi bir bo’lganda oqib keladigan solishtirma suv miqdori.
Bu tenglamani h=H
1
dan (t=0 bo’lganida) h=H
2
gacha bo’lgan doira ichida
integrallasak, quyidagi formula kelib chiqadi:
V
V
h
H
h
H
q
L
t
2
1
1
ln
(3.5)
(3.5) formulaga q
1
ning qiysmati
)
1
(ln
)
2
ln
8
,
0
1
(
2
1
P
L
L
a
L
Ka
q
ni qo’yib chiqsak,
Quyidagi formulani hosil qilamiz:
)
(ln
)
2
ln
8
,
0
1
(
2
)
1
(ln
2
1
2
V
V
h
H
h
H
a
L
Ka
p
t
L
t
(3.6)
(3.6) formuladan Amudaryoning o’rta oqimidagi (extimol, boshqa vohalardagi ham)
tuproq – gruntlarning zaxini qochirish vaqtini hisoblab chiqishda foydalanish mumkin.
Zovurlar oralig’i L ni t va h
v
larga qiymat berib tanlash yo’li bilan aniqlanadi.
20-расм
Sug’orish uchastkasida vakuumli zovurning joylashtiirilishi sxemasi va uning asosiy
elementlari 20 – 21 – rasmlarda ko’rsatilgan.
Diametri 141 mm bo’lgan uzun o’lchamli asbotsement quvurdardan ishlangan
boshi berk yig’ish zovuri 6 germetik yopiq quduqqa 5 borib quyiladi. Quduqdagi suv
nasos 1 bilan, havo esa vakuum – nasos 4 bilan so’rib olinadi. Quduq va zovur
sistemasidagi vakuum ventil 2 yordamida rostlanib, vakuumetr 3 yordamida o’lchab
turiladi. Diametri 100 mm bo’lgan, tag qismi parmalangan uzun o’lchamli asbotsement
quvurlardan qurilgan zovurlar 7 bir – biridan 100 m masofada yig’ish zovuriga borib
qo’yiladi. Yig’ish zovurining uzunligi 250 m, nishabi i
y
=0,0005; har bir zovurning
uzunligi 100m , nishabi i=0,001.
Zovurlarning filtrlash qoplamasi shag’aldan iborat bo’ladi. Filtratsiya koeffitsiyenti
30 m/sutka chamasida bo’ladi. Yig’ish zovuri bilan keltirish zovur quvurlarining tutashish
uchlari rezinka halqali muftalar bilan biriktiriladi va usti suv o’tkazmaydigan mastika
bilan suvab qo’yiladi.
Siyraklashish kattaligi U simon simob vakuumetrlar yordamida aniqlanadi, bunday
vakuumetrlar har bir zovurning bosh va o’rta qismiga o’rnatilgan bo’ladi.Agar zovurda
muayyan kattalikdagi doimiy vakuum saqlab turilsa, unga suv oqib kelishi amalda
o’zgarmaydi.
Zovur sistemalarini vakuumlashtirishda ikki xarakterli xolat vujudga keladi:
1)
sizot suv sathi egrilik depressiyasi tarmoqlari zovur ustidagi uchastka qismida
«osma» tarzda tutashgan bo’ladi (23 - rasm).
2) Bunday holda vakuum ta’sirida suvning zovurga kirib kelishi proporsional ko’payib
boradi. Zovurning suv qabul qilish sirti vakuumlashdan oldingidagidek qoladi;
22-расм
20--расм
21-расм
2)
sizot suv sathi egrilik depressiyasi tarmoqlari umumiy bir nuqtada tutashmaydi
va zovurni kesib o’tadi. Bunday holda vakuum hosil qilinsa, endi zovurlarga suv
oqib kelishi ularda hosil qilingan vakuumga proporsional bo’lmay, balki
birmuncha ko’proq orta boshlaydi.Vakuum hosil qilinganda egrilik depressiyasi
tarmoqlari zovur tubida tutashadi va zovurlarning suv qabul qilish yuzasi filtr
qoplamaning suv qabul qilish yuzasiga teng bo’lib qoladi. 2.4 – rasmda
depressiya egriliklarining vakuum hosil qilinganidan va u ishlay boshlagandan
0,5 soat, 1 soat, 2 – 3 soat keyingi holati ko’rsatilgan.
Vakuumning uzoq muddat ta’sir etishi natijasida zovurlar tevaragidagi grunt
suvsizlanadi va havoni intensiv suratda o’tkaza boshlaydi, mazkur havo zovur tubidan
pastldagi sizot suvlar gorizontini siqib qo’yadi, ikki zovur oralig’idagi egrilik
depressyasi tarmoqlari esa to’ntarilgan egar shaklini egallaydi (23 – rasm).
Zovurlar ichidva vakuumni 0,5 m suv ustunidan ortiq holatda ushlab turish qiyin.
Vakuumni kupaytirish uchun (V.A.Kalantayev ) polietilen plyonkadan yasalgan havo
o’tkazmaydigan pardalardan foydalanish tavsiya etiladi (24 – rasm).
Хarakterli tomoni shundaki, agar zovur yonidagi suv sathi pardalar yotqizilgan
chuqurlikdan pastga tushib ketsa ( 24 – rasmdagi punktir chiziq) ularning ichiga zovur va
pardalarni yetkazish chuqurligiga va gruntning o’tkazuvchanligiga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |