Зовурлаштирилган территориянининг сув – туз баланси


Тuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari



Download 9,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/91
Sana01.03.2023
Hajmi9,77 Mb.
#915374
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
bQRQb0ycafFo826gLdD1hUHQ0UQTKWedemhaizKH

Тuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari. 
Тogli rayonlarda tuproq eroziyasiga qarshi kurashning radikal tadbirlaridan biri
yon bag
,
irlarni terassalab (pog
,
onalab) chiqishdir. Тerassalarning o’lchami quyidagi
shartlarga qarab belgilanadi. Ko’tarma bo’ylab ketgan o’zanning kattaligi va nishabi
shunday bo’lishi kerakki, unga yig
,
ilib keladigan suvning sathi ko’tarma qirrasidan
doimo 10 – 15 sm pastda bo’lsin. Ko’tarma bo’ylab harakatlanadigan suv oqimi
ko’tarmani yuvib ketmaydigan va jala (sel) paytda suvning ko’p qismi terrasadan pastga
oqib ketadigan bo’lishi kerak. A.A.Cherkasov (1958) ana shu shartlarga muvofiq terrasa
kengligini joyning qiyaligiga va gruntning xiliga qarab taxminan quyidagicha qilishni
tavsiya etadi (m hisobida). 
Joyning qiyaligi 
Qumoq 
Qumloq 
0,02 
38 
50 
0,03 
30 
41 
0,04 
27 
38 
0,05 
26 
35 
0,06 
25 
30 
0,08 
24 
26 
0,10 
20 
24 
0,12 
18 
22 
Joyning qiyaligi 0,12 – 0,25 bo’lganda terrasaning eni yo’l qo’yib bo’lmaydigan
darajada torayib ketadi, natijada terrasa doirasi ichida ham tuproq intensiv ravishda
yuvilib keta boshlaydi. Shuning uchun tik yon bag
,
irlarda ko’tarmalar qurishdan
tashqari, terrasaning ustki yarmidan qirqib olingan tuproqni uning pastki yarmiga
bostirish yo’li bilan qiyalik kamaytiriladi (95 - rasm). 


Natijada zinasimon qiya terrasaning nishabi 0,12 dan oshmaydigan bo’lib qoladi.
Ba’zan terrasaning qiyaligi butunlay yo’qotib yuboriladi, natijada zinasimon gorizontal
terrasa hosil bo’ladi (96 - rasm). Тuproq qatlami yupqa bo’lgani tih yon bag
,
irlarda
transheyali terrasalar qo’llaniladi (97 - rasm). Тransheyalar ichi unumdor tuproq bilan
to’ldirilib, daraxt yoki butalar o’tkaziladi. Тransheyalar oralig
,
iga beda ekish maqsadga
muvofiqdir. Bunday qilinsa tuproqni suv yalab ketishidan saqlanadi va uning strukturasi
hamda unumdorligi yaxshilanadi.


Oqim koeffitsiyenti katta va tuproq qoplami yupqa bo’lgan tepaliklarda ariq – 
terrasalar quriladi (98 - rasm). Ko’tarmasining eni kamida 50 sm qilinadi. Unga daraxtlar
o’tkaziladi. 
Ariq yer usti (atmosfera) suvlarini to’sib qolish va oqizib yuborish hamda
ko’tarmani namiqtirib turish xizmatini o’taydi. Daraxt qatorlari oralig
,
i jala yomg
,
irlar
miqdoriga, oqim koeffitsiyentiga va yon bag
,
irning tigligiga qarab 3 – 9 m bo’ladi. Bir
ko’tarma ikkinchi (qo’shni) ko’tarmadan 2 – 2,5 m baland bo’lishi kerak. Ko’tarma
tuprog
,
ining surilib ketmasligi uchun uning tubi tish – kertik qilinadi.
97-расм.Траншеяли террасалар 


Jar yoqalarida suv oqimini to’sib qoladigan va tuproqni mustaxkamlaydigan keng
(20 – 50 m) o’rmon polosalari barpo qilish jarliklar ko’payishiga yo’l qo’ymaslikning
asosiy tadbiri hisoblanadi. Jar yoqalaridagi daraxtzor maydonlarda gorizontal yo’nalishlar
bo’ylab suv yig
,
iladigan kanallar qurish yaxshi samara keltiradi. Bunday kanallar jarlik
tepasidan 5 – 6 m narida (ichkariroqda) qurilib, chuqurligi 0,50 – 0,70 m va tubining eni
0,30 m chamasida bo’ladi; qazib chiqarilgan tuproqni kanalning pastki tomoniga
balandligi 0,70 m ga boradigan va bermasi (ustki eni) 0,50 m keladigan ko’tarma
tarzida yotqiziladi. 
Ko’tarmalarni suv yuvib ketishdan saqlash uchun har 10 – 20 metr masofada ular
ustiga chim yotqizilib suv tushar joylar qilinadi, eni 20 m bo’lgan bunday joylar
ortiqcha suv oqib tushib ketishi uchun ko’tarma tepasidan 0,15 – 0,20 m pastroq bo’ladi. 
Ariqning tubi bilan ko’tarmaning qirrasi gorizontal yo’nalishda bo’lishi va
ko’tarmalardagi suv tushar joylarning eng ustki qismlari bir xil balandlikda bo’lishi
lozim. Ko’tarmalarning oxiri yon bag
,
ir bo’ylab yuqoriga yo’naltirib, yer bilan baravar
qilib tekislab yuboriladi. Ba’zan jar yoqalab gorizontal holatda yo’nalgan ariqlar o’rniga
balandligi 0,30 – 0,50 m keladigan bir necha qator tuproq to’g
,
onlar qilinadi. Ko’pincha
ariq va tuproq to’g
,
onlarni yaxlit emas, balki 6 – 8 m uzunlikda uzuq – uzuq qilinib,
o’rtasida xuddi shuncha (6 – 8 m) oraliq qoldirib ketiladi, mazkur oraliqlar shaxmat
tartibida joylashtirilgan bo’ladi (99 - rasm). 
Jarlikka oqib tushadigan suv miqdorini kamaytirish uchun tog
,
cho’qqisidan
kamida 6 m nariroqda tepa kanallari qaziladi. Kanal sharoit imkon beradigan maksimal
qiyalikda cho’qqi atrofidan aylantirib o’tib, vodiyga olib chiqiladi yoki jarlikning pastki,
o’yilib ketmaydigan yoxud mustahkamlanmagan qismiga tushirib yuboriladi.
Тog
,
usti kanallarining tubi va yon bag
,
irlariga chim yoki tosh yotqizib
mustahkamlanadi. Ko’pincha tepa kanallari o’rniga kamroq mehnat talab qiladigan tepa
ko’tarmalari quriladi. Ko’tarmalarning yon bag
,
riga chim yotqiziladi, katta ko
,
tarmalar


esa tosh bilan mahkamlanadi, ko’tarmalar oldiga suvni chetga oqizib yuboradigan, eni 1 
– 1,5 m keladigan novlar quriladi.
Ba’zan tuproqni suv yuvib ketishiga qarshi kurashda jar bo’ylab oqib tushadigan
suvning tezligini kamaytirish uchun jarlik o’zpni ko’ndalang pog
,
onalar yoki devorchalar
yordamida terrasalashtiriladi. Ko’ndalang devorchalar oqizindilarni ushlab qolib, jar tubini
tekislashtiradi va sathini ko’taradi, bu esa qiyaliklar o’pirilib, siljib tushishining oldini
oladi. Ko’ndalang pogonalar uncha balandga ko’tarilmaydi (materialga qarab 0,30 – 1 m
qilinadi). 
Pog
,
onalar o’rtasidagi oraliq l quyidagi formula bilan aniqlanadi:
i
I
h
l


(11.2) 
Bu yerda: h – devorcha balandligi, m; 
I – jarnining pog
,
onalar qurilmasidan oldingi qiyaligi; 
i – jar tubining pog
,
onalar qurilgandan keyingi qiyaligi 
Odatda qiyalik kattaligi 0,05 – 0,10 deb olinadi. Uzunligi L ga teng bo’lgan jardagi
pog
,
onalar soni N quyidagi miqdorga teng bo’ladi:
h
iL
H
l
L
N



(11.3) 
Bu yerda: H – jarliqning L uzunlikdagi umumiy pasayishi, m. 
Pog
,
onalar chetan, fashina, xodalar va toshdan yasalgan ko’ndalang devorchalar
shaklida qilinadi. Katta pog
,
onalar toshdan teriladi (quruqlayin yoki sement qorishma
bilan teriladi). 
Jarliklar tubi chim, chetan kataklarga joylashgan tosh, shox – shabba bilan (tagida
qoziqlari bo’lgan 0,30 – 0,50 m qatlam holida) mahkamlanadi. Jarlik tubiga bir – biridan
0,35 – 0,70 m oraliqda sepoya qatorlari o’rnatiladi, ularning uchlari yerdan 20 – 40 sm
ko’tarilib turishi kerak. Sepoya qatorlari jarlik tubining do’ngroq yeriga ko’ndalang
yo’nalishda joylashtiriladi. Sepoyalar uzunligi o’rtasidagi oraliq tosh bilan to’ldiriladi. 
Jarlik o’zaniga 50 sm balandlikdagi chetan qatorlarini jarning o’qiga nisbatan 45
°
burchak hosil qiladigan qilib va yon bag
,
irnining tikligiga qarab bir – biridan 0,7 – 1,5
m oraliqda joylashtirilib chiqiladi. Jarning kattalashuvini to’xtatish uchun ko’ndalang
to’g
,
onlar quriladi. Jarlarga to’g
,
on solish ayni vaqtda atrofga suv chiqarish vositasi
xizmatini ham o’taydi. Jarlik ustidagi cho’qqilarga gidrotexnika inshoatlari: qiya tarnov,
tezoqar, pog
,
onali sharshara devorlari joylashtiriladi. Bu inshoatlar jarlikning kattaligiga,
suv yuvish xarakteriga, gruntning xossasiga, sel oqimi sarflari va boshqalarga qarab
tanlanadi. 

Download 9,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish