Зовурлаштирилган территориянининг сув – туз баланси


Yerning meliorativ holatini kontrol qilish



Download 9,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/91
Sana01.03.2023
Hajmi9,77 Mb.
#915374
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91
Bog'liq
bQRQb0ycafFo826gLdD1hUHQ0UQTKWedemhaizKH

Yerning meliorativ holatini kontrol qilish 
Sug
,
oriladigan rayonlarda, ayniqsa intensiv zovur qo’llaniladigan uchinchi
gidrogeologik zonada yerlarning meliorativ holati diqqat bilan kuzatib borilishi lozim.
Agar minerallashgan sizot suvlarining satxi ko’tarilishiga moyil ekanligi aniqlansa, o’z
vaqtida tegishli choralar ko’riladi. Yerlarning qayta sho’rlanishi asosan sug
,
orish
suvining ratsional sarflanmasligi natijasida yuz beradi. Shuning uchun suvdan
foydalanish ishi har bir xo’jaliqda qattiq nazorat qilinishi kerak. Har o’n kunda suvdan
foydalanish quyidagi oddiy shaklda analiz qilib boriladi.


O’n
kunlikla

Olingan suv, m
3
/sek 
Sug
,
oriladigan maydon, ga 
Suvdan
foydala-nish
koeffitsi-
yenti 
(SFK) 
plan 
xaqiqiy 
Olingan
suvning
birlik
ulushlari
hisobidagi, 
%, 
plan 
Berilgan
suv bilan
sug
,
orish
mumkin edi 
Ҳaqi-
qiy
sug
,
o-
rilgan 


П
Ф
Р

n

n
В
Р



Ф

В
Ф
СФК



1 – 10. 
VII 
0,60 
0,80 
1,33 
1,40 
186 
167 
0,90 
Suvdan planga muvofiq foydalanilganda SFK birga teng bo’lishi kerak. Suvdan
bu qadar aniq foydalanish kamdan – kam uchraydi. Agar SFK 0,80 dan kam bo’lsa,
demak sug
,
orish normalari oshirib yuborilgan bo’ladi va sug
,
orish suvi sizot suvlarga
borib qo’shila boshlaydi.
Sug
,
oriladigan yerlarning meliorativ holatini kontrol qilib borish sizot suvlarning
sathi va minerallanishi, tuproqning sho’rlanish darajasini kuzatib borishni o’z ichiga
oladi.
Sizot suvlar sathini kuzatib borish uchun 3 – 5 m chuqurlikdagi burg
,
quduqlar
(skvajinalar) qilinadi. Beqaror gruntlarda skvajinalar 8 – 10 m diametrli asbotsementdan
ishlangan quyma quvurlar bilan uskunalanadi. Bunday quvurni o’rnatishdan oldin quduq
tubiga 10 – 15 sm qalinlikda bir qavat shag
,
al yotqiziladi. Quvurning pastki qismidan 3 – 
5 mm diametrli teshikchalar ochiladi, mazkur teshikchalar orqali uning ichiga sizot
suvlar tushib turadi. Quvurning ichi loyqa bilan to’lib qolmasligi uchun uning teshikli
qismi atrofiga shag
,
al (teskari filtr) yotqiziladi. Burg
,
quduqning usti metall qopqoq bilan
yopib qo’yiladi.
Mustahkam gruntli yerlarda nazorat quduqlari ichiga quyma quvurlar
o’rnatilmaydi, faqat 70 – 80 sm balandlikda yog
,
och yoki asbotsement qopqoqlar
qilinadi. Nazorat quduqlari kanallar, kollektor va zovurlardan nariroqda joylashtiriladi.
Quduqqa oqava yoki sug
,
orish suvlari tushmaslishi uchun uning atrofiga ko’tarma – 
marza qilinadi. 
Nazorat quduqlarining ravoqlari joyning xarakterli liniyalariga moslab
joylashtiriladi. Barcha quduqlarni turli faktorlaro ta’siridan himoya qilish maqsadida ular
plan va balandlik jihatidan shu joyning muayyan nuqtasi bilan tutashtirilib qo’yiladi.
Yer maydonining kattaligiga va meliorativ sharoitlariga qarab kuzatish quduqlari soni 5
tadan 15 tagacha va undan ortiqroq bo’lishi mumkin. Barcha quduqlar xo’jalikning
irrigatsiya kartasiga tushiriladi va nomerlab qo’yiladi (94 - rasm).


Sizot suv sathi o’n kunda bir marta o’lchanadi. Sizot suvlarining minerallanishini
bahorda (1 aprelda) va kuzda (1 oktabrda) tekshirib ko’riladi. Quduqlardan olingan suv


laboratoriyada barcha tuzlarning qattiq qoldigi va xususan xlorning miqdori jihatidan
analiz qilinadi. 
Тuproqning sho’rlanish darajasini A.A.Qovda usulida aniqlash tavsiya etiladi.
Buning uchun oldindan belgilab qo’yilgan konturlarning 1 oktabrgacha turli
chuqurliklardan (0,5 va 1 m) xarakterli nuqtalaridan olingan tuproqning sho’rlanish
protsentini xuddi shu nuqtalarning 1 apreldagi sho’rlanish protsentiga taqsimlab,
mavsumiy sho’rlanish koeffitsiyenti (MShK) hosil qilinadi. Agar MShK=1 bo’lsa, bu
hol vegetatsiya (o’suv) davrida tuz to’planmaganligini ko’rsatadi. Basharti MShK< 1
bo’lsa, demak tuproqdagi tuzlar zapasi kamaygan bo’ladi. Bordiyu MShK > 1 bo’lsa,
demak tuproqdagi tuzlar zapasi ortib ketgan bo’ladi. Тuproqdagi ortiqcha tuzlar
gorizontal yoki vertikal zovur mavjud bo’lgan sharoitda sho’r yuvish yo’li bilan
chiqarib yuboriladi. Тuproqning sho’rlanish darajasi, mavsumiy sho’rlanish koeffitsiyenti
oblast agroximiya laboratoriyalarida, sizot suvlarining minerallashish darajasi esa – oblast
sug
,
orish sistemalari boshqarmalarining laboratoriyalarida aniqlanadi.

Download 9,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish