Ko’nglim ko’nsa kuymasdim.
Begim, Sizni men axir,
Kumushdan kam suymasdim.
Qolsam dardim bir dunyo,
Ketsam – bir uy ko’chim bor,
Kumushoyni keltirgan
Aravad o’chim bor!
Farhod:
Sen Shirinu men ham Farhod emasman,
Sen achchig’u men ham navvot emasman.
Zaynab, Zaynab, menga aytma zoringni
Sen dilxunu men ham dilshod emasman.
Boshga neki tushsa ko’pdan atamish,
Biz bir qafas aro giryon bir juft qush.
Bir go’shada sen xomushsan, men xomush,
Sen vayronu men ham obod emasman.
Qo’shiq: “Marg’ilonda kumushni ko’rdim”
I olib boruvchi:
Vatanparvarlik g’oyalari Muhammad Yusuf she’riyatining o’zagini, Tub mohiyatini tashkil etadi.
II olib boruvchi:
Vatanni har kim o’zicha suyadi, o’zicha ardoqlaydi. Muhammad Yusuf O’zbekistonni alohida bir mehr bilan alqiydi.
I olib boruvchi:
Xalq uchun, Vatan uchun, Mustaqillik uchun yonib yozardi. Uning “O’zbekiston” she’rini bir eslang-a. Qanday go’zal, jozibali, kuchli qo’shiq bo’ldi. Hatto yoshlar gimniga aylanib ketdi.Shunday she’rni bitgan shoir o’lishi mumkin-mi? Yo’q also! U Hamish tirik.
II olib boruvchi:
Vatan haqida juda ko’p yozilgan. Biroq yozmoq bilan yozmoqning farqi bor. Muhammad Yusuf bir she’rida “Yurtim seni iddiolar qimay sevaman” deb aytganida qanchalar haq edi. Darhaqiqat, u o’z elini, xalqi, vatanini chin farzandday, beg’araz, sitqidildan yaxshi ko’rar edi. Shu mehrining natijasi o’laroq, uning she’riyati ham xuddi shundoq beminnat va beg’araz she’riyat sifatida maydonga keldi.
She’rlar kompozitsiyasi:
“Vatan”
“Vatan madhi”
“Ulug’imsan Vatanim”
Barcha birgalikda “Yoshlar gimni”ni barilla kuy ostida aytiladi.
Qushday uchib quchog’ingdan dunyo ko’rdim,
Kechib-kechib topganlarim sog’inch bo’ldi.
Qancha oils ketmay shuncha qadring sezdim,
Qayga yursam yodu mehring ovunch bo’ldi.
Aylanayin qora qoshu ko’zlaringdan-a,
Ozingdan qo’ymasin xalqim, o’zingdan-a! …
Birov uchun birodar tush ko’rib bermas,
Mehnat qilmay bir bog’ o’tin o’rib bermas.
Bayramingda oylab bazm qilgan qasrlar,
Boshimizga ish tushsa bir kun turib bermas.
Nomus kuyi tushmasin hech bo’g’zingdan-a,
Ozingdan qo’ymasin xalqim, o’zingdan-a! …
Erk vodiysi – zahmatlarga siylovdir bu,
Toy qoqilib ot bo’lguvchi yayovdir bu.
Ranj chekmasang nurli – nurli tonglar qayda,
Sinovdir bu, balki buyuk sinovdir bu,
Bosh ketsa ham qayta so’zingdan – a,
Ozingdan qo’ymasin xalqim, o’zingdan-a! …
Boldan shirin tatir qora bug’doying ham,
O’zingdan bo’lsa gar shohu gadoying ham.
Bir tanu jon, bir-biringdan rozi yursang,
Xudoyim ham sendan rozi Xudoyim ham.
Gohi ipak gohi yaktak bo’zingdan-a,
Ozingdan qo’ymasin xalqim, o’zingdan-a! …
Er boshiga ish tushsa o’t kechguvchidir,
Chidaymiz-da, bu zahmatlar o’tkinchidir.
Hurliging haq qolgan bari o’taversin,
Bu dunyoda eng yorug’ baxt-el tinchidir! …
Ayirmasin beminnat non tuzingda-a,
Ozingdan qo’ymasin xalqim, o’zingdan-a! …
Do'stlaringiz bilan baham: |