Zootexniya fakulteti


Mavrak o‘simligini o‘stirish texnologiyasi



Download 389 Kb.
bet3/3
Sana26.01.2020
Hajmi389 Kb.
#37135
1   2   3
Bog'liq
G'ofurova Nargiza


Mavrak o‘simligini o‘stirish texnologiyasi

Mavrak o‘simligini 0 ‘zbekiston Respublikasida tarqalgan tuproq va uning iqlimini hisobga oigan holda sug‘oriladigan yerlarda o‘stirish, ulardan ko‘proq va sifatli xom-ashyo yetishtirish zarur boTadi. Mavrak o‘simligini sug‘oriladigan unumdorligi yuqori, o‘rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda o‘stirish yaxshi natija beradi. Ko‘p yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, yowoyi holda o‘sadigan dorivor о’simliklarga nisbatan ekib o‘stiriladiganlarining tarkibida biologik faol moddalar to‘liq saqlanishi aniqlangan. Ulaming tarkibida ko‘p miqdorda komponentlaming saqlanishi va bu moddalardan tibbiyotda to‘la foydalanishda о‘simlik xom- ashvolarini to‘g‘ri va vaqtida yig‘ib olish asosiy ahamiyat kasb etadi. Dorivor mavrak o'simligidan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun agrotexnik tadbirlami yuqori saviyada o‘tkazish kerak bo‘ladi. Dorivor o‘simliklardan yuqori hosil olishga qaratilgan barcha agrotexnik chora-tadbirlar orasida yemi ishlash asosiy ahamiyat kasb etadi. Chunki yer ishlanganda, tuproqning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari yaxshilanadi, shu bilan bir qatorda barcha agrotexnik tadbirlaming samaradorligi ortadi, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi tezlashadi. Mavrak o'simligi issiqsevar, yorug‘likni yaxshi ko‘radigan, qurg‘oqchilikka chidamli ekin hisoblanib, u ekilgan yerlardan 4-5 yil davomida foydalanib yuqori hosil olish mumkin bo‘ladi. Mavrak ekiladigan yerlami kuzda tayyorlanadi va yer haydash oldidan tuproq unumdorligini bir holatda saqlab turish maqsadida o‘simlikni o‘sish davrida yaxshi rivojlanishi uchun gektar hisobiga 20 tonna mahalliy o‘g‘it va yillik normaning 70% hisobidan fosfor o‘g‘itini berib, 25-30 sm chuqurlikda sifatli qilib haydab qo‘yiladi. Erta bahorda yer tekislanadi va begona o‘tlar koldiqlaridan tozalanadi. Urug‘ni mart-aprel oylarining boshlarida tuproq harorati 15-17°S bo'lganda qator oralari 60-70 sm qilib 2-4 sm chuqurlikda sabzavot ekadigan uskunalarda ekiladi va gektariga o‘rtacha 8 kg sifatli urug‘ sarflanadi. Mavrakni kech kuzda ham eksa bo‘ladi. Maysalar bahorda urug‘ ekilgandan keyin 12-14 kunda unib chiqa boshlaydi. Birinchi kunlar da maysalami sekm о‘sishi kuzaiila boshlaydi va begona o‘tlar orasida qolib ketmasligi uchun yerlami kultivatsiya va yumshatib turiladi. Mavrak zich ekilganda yoki begona о‘tlar ко ‘pavib ketganda, bahor seryomg‘ir kelganda o‘simliklarda qo‘lsimon zamburug‘lar va zararkunandalaming ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 0 ‘simlik tupida ikki juft chinbarglar hosil bo‘lganida har 15 sm oralig‘ida uyachalar 2-3 tadan о'simlik qoldirib yagana qilinadi.

0 ‘simliklaming ildiz tizimiga zarar etkazmasdan ehtiyotkorlik bilan qator oralariga ishlov berish tavsiya etiladi, Tuproqning namligi va o‘simlikning holaliga qarab sug‘orishni tabaqalab otkazish lozim. Mavsum davomida mavrakni birinchi yili 7-8 martagacha sug‘orish tavsiya etiladi. Mavrak bargining sathi kuchayishi va ildiz tizimining rivojlanishi davrlarida u suvni ko‘p talab qiladi. Mavrak o‘simligini yaxshi o'sishi va rivojlanishi uchun uni o‘g‘itlash eng muxim agrotexnik omillardan biri hisoblanadi. Mavrakni oziqiantirishni maysalar unib chiqqandan keyin ulaming yaxshi rivojlanishi uchun qator oralariga ishlov berish bilan bir vaqtda gektar hisobiga azot o‘g‘itidan 30 kg va 25 kg dan kaliy berishdan boshlash lozim. 0 ‘g‘itlami 10-12 sm chuqurlikka kirgizish tavsiya etiladi. Ikkinchi oziqlantirish esa shonalash fazasida, sug‘orishdan oldin gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg fosfor o‘g‘itini berish bilan amalga oshiriladi va uning rivojlanishi yanada tezlashadi. Oxirgi oziqlantirish mavrak o‘simligi gullagan davrda gektar hisobiga 40 kg azot va 25 kg kaliy o‘g‘itini qo‘Hash bilan tugatiladi. Kaliyli o‘g‘itlar mavrakning sovuqqa chidamliligini ancha oshiradi. Mavrak o‘simligi rivojlanish davrida, ayniqsa gullash fazasida oziqa elementlarni ko‘p talab qiladi. O'simhkni oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Shulami hisobga olgan holda vegetatsiya davomida mavrak ekilgan maydonlarga o‘rtacha gektriga 100-110 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantirilsa yaxshi natija beradi. Birinchi yili ekilgan mavrak bargining hosilini sentyabr oyida bir marta yig‘ib olinadi. Ikkinchi yili mavsum boshlanishi oldidan o‘simlikning yer ustki qismi 5-8 sm qoldirib, qirqiladi, eski shoxlari qirqilib. daladan chiqarib tashlanadi. Birinchi terim sentyabr oyining oxirida tugatiladi. Agrotexnik tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkizi!sa bizning sharoitinuzda mavrakni bargini 3 marta terib olish mumkin.

Mahsulot tayyorlash. Marmarak bargi bir yilda (gullagandan boslilab) uch marta qo‘1 bilan terib olinadi. Birinchi va ikkinchi terimda faqat poyaning pastki qismidagi barglar olinadi. Uchinchi terimda (sentyabr oyida) esa poyadagi hamma barglar va poyaning yuqori qismi - uchi (10% gacha ruxsat etiladi) yig‘ib olinib, cherdaklarda yoki havo quritgichlarda quritiladi.

KUNJUT - SESANUM INDICUM L.

Kunjut- Sesanum indicum L., kunjutsimonlar- Pedaliaceae oilasiga kiradi.

Kunjut bo‘yi 60-100 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi lik 0 ‘suvchi, tukli, yashil yoki qizgish, 4-8 qirrali. Bargi oddiy tekis qirrali bo‘lib, turli shaklda: pastki qismlaridagi yumaloqroq, yuqori qismidagi barglari esa ingichka. 0 ‘rta qismidagilari lansetsimon yoki cho‘ziq tuxumsimon. Guli yirik, 1-3 ba’zan beshtadan barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Gulkosachasi 5-8 bo‘lakli, gultojisi 2 labli. Mevasi 4-8 xonali chanoq. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi avgust-sentyabrda etiladi.

Geografik tarqalishi. Kunjutning vatani Janubi-g‘arbiy Afrika. 0 ‘rta Osiyo respublikalarida, Zakavkaziya, Qrim, Krasnodarsk o‘lkasida, Ukrainada va Moldaviyada ekiladi.

Kimyoviy tarkibi. Kunjut urug‘i tarkibida 60% gacha moy, E vitamini, faktor - T, sezamin, sezamon, sezamanin va boshqa moddalar bo‘ladi. Kunjut moyi 3-6°S temperaturada qotadigan sariq rangdagi suyuqlik bo‘lib, yarim quruvchi moylarga kiradi. Solishtirma og‘irligi 0,9197-0,9260, refraksiya soni 1,4731- 1,4760, kislota soni 1,4-10, sovunlanish soni 185,5-195, yod soni 103-116. Moy tarkibida alein, linol, pavletin, stearin, araxin va lignotserin kislotalarining glitsiridlari uchraydi.

Ishlatilishi. Kunjut moyi dorivor moddalarini yeritishda, surtma va malhamlar tayyorlashda ishlatiladi. Kunjut moyi qondagi trombotsitlar sonini oshiradi va qon ivishini tezlashtiradi. Shuning uchun ham u ba’zan qon kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Kunjut moyi va urug‘i oziq-ovqat sanoatida ko‘p ishlatiladi.

Kunjutni yetishtirish texnologiyasi.

Kunjut eng qimmatli moyli ekinlardan hisoblanadi. Uning urug‘ida 16-19 foiz oqsil va 16-17 foiz azotsiz moddalar mavjud. Uning vatani Afrika bo‘lib, Markaziy Osiyoga Hindistondan kelgan. Yer j-'uzida ekin maydoni 6,7 mln. ga 0 ‘zbekistonda ham ko‘p villardan beri ekilib kelinmoqda. Kunjut issiqsevar, yorug'sevar o‘simlik bo‘lib, qisqa kunda o'sadi. C)‘zbekistonda «Tos.hkent-112» navi ekiladi.

Kunjut uchun asosiy o‘tmishdoshlar dukkakli don ekinlari, makkajo'xori, oqjo‘xori va beda hisoblanadi. Kunjut bir bor ekilgan yerga 6-7 yildan keyin qayta ekiladi, chunki kasallik va zararkunandalar bilan ko‘p shikastlanadi. Kunjut uchun unumdor, sho‘rlanmagan va begona o‘tlardan tozalangan yerlami ajratish kerak bo‘ladi. U yerning chuqur haydalishini talab qiladi. Yer haydashdan oldin bir gektar yerga 10-15 tonna go‘ng, 40-50 kilogramm fosfor bilan oziqlantirib chimqirqar plug bilan 25-27 santimetr chuqurlikda haydab qo‘yiladi. Bahorda ekishdan oldin yerlar sho‘rlangan bo‘lsa yuviladi. Ekishgacha 1-2 marta kultivatsiya va borona qilinadi. Begona o'tlar bilan kam zararlangan yerlar apre! oyining boshlarida 8-10 santimetr chuqurlikda bir marta kultivatsiya va boronalash etarlidir. Ekishdan oldin yerlar egatlar orqali sug‘oriladi. Tuproq etilishi bilan kultivatorda ishlanadi, undan keyin boronalanadi va mola bosiladi. Sizot suvlari yaqin joylashgan o‘tloqi va o‘tloqi- botqoq yerlami ekishdan oldin sug‘orilmasa ham bo‘ladi. Asosan ekiladigan urug‘laming sifatiga katta e’tibor berilishi kerak. Urug‘ning tozaligi 95-98 foiz va uning unuvchanligi 85- 95 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Kunjutning urug‘ini tuproq harorati 15-16 gradus bo‘lganda ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kunjut kech ko‘klamda may oyining birinchi dekadasida ekiladi. Ang‘izga 10-15 iyunda ekilishi zarur. Kunjut keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60-70 santimetr, ekish chuqurligi 3-5 santimetrdan oshmasligi kerak. Bir gektar yerga 1,5-2,0 million dona yoki 5-6 kilogramm urug‘ ekiladi. Ekish bilan bir qatorda egatlar olinadi va qondirib sug‘oriladi. Urug‘lar 5-6 kunda unib chiqadi, maysalari - 4 gradus sovuqda nobud bo‘ladi. 0 ‘suv davrida 2-3 marta kultivatsiya qilinadi, yagana qilinmaydi. 2-4 marta sug‘oriladi. Sizot suvlari yaqin joylashgan maydonlarda ekilgan o‘simlikka 1-2 marta sug‘orish etarli bo‘ladi. Gullaguncha 40-50 kg azot va 20 kg kaliy bilan oziqlantirib sug‘oriladi. Gullagandan keyin gektar hisobiga yana azotli o‘g‘itlardan 30 kg va fosforli o‘g‘itlardan 20 kg dan berib sug'oriladi. Yerlar yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanadi. Kunjut о‘suv davrining dastlabki 30-40 kunida sekiri rivojlanadi va begona o‘tlar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Uning vegetatsion davri 80-120 kun hisoblanadi. Vegetatsiya oxirida o‘simlikning barglari sarg‘ayib to‘kiladi, pastki ko‘sakchalari oldin etiladi. Vaqtida uning hosili yig‘ib olinmasa ko‘sakchalar yorilib urug’i to‘kiladi. 0‘roq mashinasida o‘rib yig‘ib olingan kunjut bog‘lanib xirmonda quritiladi va 10- 12 kundan keyin qo’lda yanchiladi. 0‘simlikni pastga qaragan holda qoqib olinadi. Don tozalash mashinalarda tozalanadi va qopda yoki 20-30 santimetr balandlikdagi toza yerda saqlanadi. Saqlanadigan urug‘likda namlik 9 foizdan ko‘p boim asligi kerak.

ZIG‘IR - LINUM USITATISSMUM L

Zig‘ir - Linum usitatissmum L. zig‘irdoshlar - Linaceae oilasiga kiradi. Bir yillik o‘t o'simlik. Poyasi tik o‘suvchi, ingichka, silindrsimon, yuqori qismi shoxlagan. Bargi lansetsimon yoki chiziqsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali bo‘iib, poyada ketma- ket, bandsiz o‘mashgan. Gullar poya va shoxlari uchida bo‘ladi. Kosacha bargi, toj bargi hamda changchisi (otaiigi) beshtadan, onalik tuguni esa besh xonali, yuqoriga joylashgan. Tojbargi zangori, tomiri esa changehi ipiga o‘xshab, binafsha rangga bo‘yalgan. Mevasi -10 urug‘li, yumaloq, quruq ko‘sakcha. Iyun-avgust oylarida gullaydi. Ekiladigan zig‘ir bir necha xil bo£lib, uzun tolali hamda sershoxlisi alohida ahamiyatli hisoblanadi. Uzun tolali zig‘ir asosan tola, sershoxlisi esa moy olish uchun ekiladi. Uzun tolali zig‘iming balandligi 60-120 sm bo‘lib, poyasi ko‘p shox chiqarmaydi, ko‘saklari pishgandaochilmaydi. Sershox zigiming balandligi 30-50 sm bo‘lib, ko^saklari pishganda ochiladi.



Geografik tarqalishi. Uzun tolali zig‘ir Ukraina, Belorus, Rossiyaning Y evropa qismining Markaziy va g‘ arbiy viloy atlarida, sershox zig‘ir esa janubiy tumanlarda, g‘arbiy Sibir va Shimoliy Kavkaz hamda 0 ‘rta Osiyoda o‘stiriladi.

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot yassi, tuxumsimon urug‘dan iborat Urug'ning bir uehi ingichka, ikkinchi tomoni esa enli va yumaloq, usti silliq, yaltiroq va sarglisb-qo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. Agar urug‘ning ustki ko‘rinishi yaltiroq bo'lmasa, u pishmagan - sifatsiz hisoblanadi. Mahsulot hidsiz, shilliq, yog‘ga o‘xshagan mazali bo‘lib, suvga solganda usti shilliqlanadi va suv tagiga cho'kadi. XI DF ga ko‘ra, mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 6%, o'simlikning boshqa qismlari (ko‘sakcha, meva boiakchalari, meva bandi ezilgan mevalar) 1 % dan, organik aralashmalar 2% dan va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshmasligi lozim.

Kimyoviy tarkibi. Zig‘ir urug‘i tarkibida 30-48% quriydigan moy, 5-12% shilliq moddalar, 18-33% oqsil moddalar, 12-26% uglevodlar, fermentlar va karotin bo‘ladi. 0 ‘simlikning hamma organlarida (ayniqsa, maysasida) linamarin glyukozidi uchraydi.Urug‘ning shilliq moddalari gidroliz qilinsa, galaktoza, ksiloza, arabinoza va ramnoza qandiari hamda galakturon kislota hosil bo‘5adi.

Ishlatilishi. Zig‘ir urug‘i o‘rab oluvclii va ich yumshatuvchi dori sifatida qo‘llaniladi. Shilliq eritma tayyorlash uchun urug‘ butunligicha issiq suvda (I : 30) chayqatiladi. Shilliq moddalar umg‘ining epidermis qavatida bo‘lganidan tezda suvda yerib, ajralib chiqadi. Urug‘ning 15-20% li qaynatmasi og‘iz chayqash uchun ishlatiladi. Kunjara kukuni (poroshogi) (ba’zan butun urug‘ni yanchib tayyorlangan kukun-poroshok) tananing og‘riyotgan joyiga qizdirib qo‘yiladi. Zig‘ir moyi tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida va texnikada qoilaniladi. Zig‘ir moyidan olinadigan linetol preparati (olein, linol, linolen va boshqa у og‘ kislotalarining etil efirlarining aralashmasi) va uning kompleks preparati - livian ateroskleroz kasalligmi davolash va oldini olishda hamda kuyganni va nur terapiyasi natijasida zararlangan joy 1 ami davolashda qo‘llaniladi. Zig‘ir poyasini ivitib, tola olinadi. Bu tola to‘qimachilik sanoatida keng ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Shilliq eritmasi, 15-20% li qaynatma, urug‘ kukuni - poroshogi (uni), livian preparati.

Zig‘ir o‘simligini yetishtirish texnologiyasi

Zig‘ir 0 ‘zbekistonning sug‘oriladigan vanamlik etarli bo‘lgan lalmikor yerlarida egishtiriladi. U Afg‘oniston, Eron, Xitoy, Turkiya, Kanada, Amerika, MDH va 0 ‘rta Osiyo davlatlarida ko‘proq ekiladi. 0 ‘zbekistonda asosan zig‘iming «Baxmal-2» navi ekilib kelinmokda. Zig‘ir uchun unumdor, mexanik tarkibi o‘rtacha, sho‘rlanmagan, yumshoq vabegonao‘tlar dan toza yerlar ajratilishi lozim. Uni dukkakli va haydab ekiladigan ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekish tavsiya qilinadi. Zig'ir ekiladigan yerlami kuzda 22-25 santimetr chuqurlikda shudgor qilib qo‘yiladi. Erta bahorda yerni tekis lash uchun borona qilinib mola bosiladi. 0 ‘simlikni ekishdan oldin urug‘lari elektromagnit mashinalarida chirmoviq urug‘ idan tozalanadi. Ekish uchun bir tekis urug‘lar tanlab olinadi. Uning unuvchanligi 80- 85 va tozaligi 95 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Zig‘iming umg‘i ekishdan oldin fuzarium va boshqa kasalliklarga qarshi dorilanadi. Zig‘irni mart oyining oxiri yoki aprelning boshlarida sabzavot yoki dukkakli don ekiladigan seyalkalarda tez kun ichida yoppasiga qatorlab 4,5-5 santimetr chuqurlikda ekiladi va gektar hisobida 25-30 kg urug‘ sarflanadi. Bahorgi yoqqan yomg‘ir!ar natijasida hosi! bo‘lgan qatqaloqqa qarshi zig-zag borona bilan yumshatiladi. Zig‘ir tez etiladigan o‘simlik, vegetatsion davri 70- 95 kun hisoblanadi. Ekilgandan 8-10 kun o‘tgaeh maysalari unib chiqadi. Unib chiqqan maysalar 4-5 gradus sovuqqa chidaydi. Zig‘ir birinchi davrlarda sekin rivojlanadi. Shonalash davrida namlikni ko'proq talab qiladi. 0 ‘simlikni birinchi oziqlantirishni maysalar unib chiqqandan keyin gektariga 30 kg azot va 20 kg fosfor o‘g‘iti berish bilan boshlash tavsiya qilinadi. Ikkinchi oziqlantirishni o‘simlik g‘unchalagandan so‘ng 40 kg azot va 30 kg kaliy o‘g‘iti berish bilan tugallash maqsadga muvofiq boMadi. 0 ‘simlikni oziqlantirish natijasida uning o‘sishi va rivojlanishi tezlashadi. Vegetatsiya davomida zig‘imi 4-5 marta sug‘oriladi. Uni oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Har bir sug‘orishdan keyin o‘simlik oralari kultivatsiya qilinib, begona o‘tlardan tez-tez tozalanib turilishi lozim. Zig‘imi yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun yerni haydashdan oldin kuzda 10-i 5 tonna go‘ng va 30 kg fosfor o‘g'iti berilishi kerak. Vegetatsiya davomida gektariga 70 kg azot, 40 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantirilishi kerak. Agar zig‘ir shonalash davrida etarli sug‘orilmasa, to‘satdan bo‘ladigan issiqlik o‘simiik poyasining yuqoriga o‘sishini susaytiradi, shoxlanib ketishiga sababchi bo'ladi, hosildorligi va uning sifati pasayib ketadi.



Mahsulot tayyorlash. Zig‘ir to‘liq etilganda poyalari va ko‘sakchalari sarg‘ayadi, urug‘i qo‘ng‘ir yoki qora rangga kiradi. Shu davrda maxsus moslangan don kombaynlarida o‘rib-yig‘ib olinadi. Yanchilgan urug‘lar don tozalaydigan mashinalarda tozalanadi, keyin qoplarda yoki 50 santimetr balandlikda uyulgan holda saqlanadi. Poyasi tola olish uchun ishlatiladi. Yaxshi parvarish qiiingan zig‘irpoya maydonlarining har gektaridan 1,3- 1,5 tonna urug‘ yig‘ib olish mumkin bo‘ladi.

III.2. Dorivor o’simliklarning ahamiyati.

Dorivor oʻsimlikning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorivorning taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yigʻib olinadi. Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan davrda kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi yigʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli bilan oʻsimlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi.

Dorivor gulxayri preparatlari balgʻam koʻchiruvchi va yumshatuvchi, jagʻ-jagʻ va lagoxilusdan tayyorlangan dorilari qon ketishini toʻxtatuvchi, pista bujgʻuni va choyoʻtdan tayyorlangan dorilar meʼdaichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. S.Q. Islombekov nomidagi Toshkent farmatsevtika zavodida Oʻzbekistonda oʻsadigan va ekiladigan Dorivor oʻsimlikdan turli-tuman dorilar tayyorlanadi. Dorivor oʻsimlikni topish va ulardan alkoloidlar olishda Oʻzbekistan FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining xizmati katta. Institutida 4000 dan ortiq oʻsimlikning turli organlari alkoloid olish maqsadida oʻrganilib, ulardan 1000 ga yaqin tabiiy birikmalar ajratib olingan. Shu asosda sitizin, galantamin kabi 20 dan ortiq qimmatli preparat yaratilgan va tibbiyotga joriy qilingan.

Dalachoy mahsulot tarkibida 10—12,8% oshlovchi moddalar, 0,1—0,4% antratsen hosilalari (giperitsin va boshqalar), flavonoidlar (giperozid, rutin,

kversitrin, kversetin va boshqalar), 0,1-0,33% efir moyli, 55 mg% karotin, 1151,8 mg% vitamin C va 10% gacha smola bo'ladi. Burishtiruvchi, antiseptik va yara to'qimalarini tez bitiruvchi ta'sirga ega. Tibbiyotda me'da-ichak (kolit, ich ketishi), og'iz bo'shlig'i (gingivit va stomatit) kasalliklari hamda II va III darajali kuyishlarni davolashda, shuningdek, og'izni chayish uchun ishlatiladi. O'simlikning yerustki qismi bakteritsid ta'sirga ega. .

Isiriq xalq tabobatida qadimdan tutqanoq (quyonchiq) va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Shamollash kasalliklari avj olgan paytlarda isiriq tutuni bilan bemor yotgan xonalarni dezinfeksiya qilingan. Ilmiy tibbiyotda isiriqning yerustki qismidan olingan dezoksipeganin gidroxlorid preparati nevrit, miosteniya, miopatiya, yarimshollik va miyaning ba'zi kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bundan oldin ilmiy tibbiyotda isiriqdan ajratib olingan garmin alkaloidining gidroxlorid tuzi parkinson (qo'l, oyoq va boshqa yer-larning doimo titrab turishi) kasalligini davolashda ishlatilgan.

Qizilmiya o'simligining preparatlari nafas yo'llari kasallanganda balg'am ko'chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengil surgi dori sifatida ishlatiladi. Ildizidan tayyorlangan dorivor prepa-ratlar — glitsirram astma, ekzema, allergik dermatit va boshqa kasalliklarda qo'llanadi. O'simlik preparatlari hamda glitsirrizin va glitsirretin kislotalari organizmdagi suv-tuz almashiuvini tartibga solish hamda dezok-sikortikosteroidlarga o'xshash ta'sirga ega. Ildizdan olingan flavonoidlar yig'indisi — likviriton yallig'-lanishga, spazmga qarshi va antiseptik vosita sifatida hamda me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun ishlatiladi. Qizilmiya kukuni, qirqilgan ildizi va quruq ekstrakti far-matsevtika praktikasida hab dori tayyorlashda asos sifatida hamda miksturalar, choy-yig'malar ta'mini yaxshilash uchun ishlatiladi. Qizilmiya ildizidan oziq-ovqat sanoatida (pivo, limonad va kvasslar ta'mini shirin qilish uchun) va texnikada (o't o'chiradigan ko'piruvchi suyuqlik tayyorlash uchun keng ishlatiladi.

III.3. O’simliklarni intraduksiya qilish.

Introduksiya (lot. introductio -joriy qilish), oʻsimliklar introduksiyasi — turli oʻsimliklar turlari va navlarini oʻz tabiiy arealidan ilgari uchramagan hududlarga koʻchirish (jalb etish). "I." tushunchasi 19-asrning 2-yarmidan buyon qoʻllanib kelinmoqda. Oʻsimliklar I.si nazariyasini shveysariyalik botanik A. De-kandol (1806—93) 1855 yilda asoslab bergan. N. I. Vavilov oʻzi yaratgan madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari nazariyasi asosida 1920 yilda I.ning ilmiy asoslarini ishlab chikdi.

Iqlimga moslashish, iqlimlashtirish — organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini oʻtab, yashovchan avlod berishi. Iqlimga moslashish deganda organizmning faqat boshqa iqlim sharoitiga emas, balki yangi biotsenozta moslashishi ham tushuniladi. Iqlimga moslashish 2 yoʻl bilan boradi: 1) organizmlarda moddalar almashinuvining oʻzgarishi, bun-day oʻzgarish (modifikatsiya) avlodga oʻtmaydi va organizmdagi reaksiya nor-masi bilan cheklanadi. Modifikatsiyada populyasiya yoki turning genetik strukturasi oʻzgarmaydi; 2) turning genetik strukturasi oʻzgarishi (haqiqiy I.m.). Turning genetik strukturasini belgilovchi va Iqlimga moslashishga sababchi omil tabiiy tanlanishdir. Organizmlar yangi hudud yoki joyga koʻchirilganda yoki yashash sharoiti oʻzgarganda (mas, oʻrmon daraxtlari kesilganda, choʻllarga suv chiqarilganda yoki botqoqlik quritilganda) Iqlimga moslashish yuz beradi. Bunday hollarda baʼzi organizmlar boshqa joyga oʻtadi yoki nobud boʻladi, boshqalari esa yangi sharoitga moslashadi, yaʼni iqlimlashadi. Iqlimga moslashish odamga ham xos. Odamlar ilgari oʻzlari yashagan joylaridan mutlaqo boshqa hududlarga koʻchib oʻtib, unga faol ravishda moslashadilar, yaʼni adaptatsiya yuz beradi.

Oʻsimliklarda Iqlimga moslashish Yangi sharoitda normal rivojlanib, hayotchan nasl qoldiradigan oʻsimliklarni iqlimlashgan deb hisoblash mumkin. I.m.ga oid nazariya va amaliyotning rivojlanishida Ch. Darvin, I. V. Michurin va N. I. Vavilov ilmiy asarlari muhim ahamiyatga ega.

Iqlimga moslashish hamma vaqt oʻsimliklarning yashash areapinn kengaytiradi. Oʻsimliklarni iqlimlashtirish xalq xoʻjaligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Oʻsimliklarning Iqlimga moslashishda iqlim omillari (havo harorati va namligi, yogʻinlar miqsori va taqsimoti, yorugʻlik rejimi va b.), tuproq tiplari va uning mikroflorasi, shuningdek, oʻsimlikning oʻz xususiyatlari asosiy oʻrinda turadi. Oʻsimliklarning Iqlimga moslashishda geografik va sistematik uzoq, shakllarni duragaylash, yovvoyi turlar bilan chatishtirish, takroriy avlodlarni oʻstirishdan foydalaniladi. Shuningdek, chidamli payvandtaglarga ulash, sugʻorish va oʻgʻitlar solish, oʻsishni boshqaruvchi moddalardan foydalanish qoʻllaniladi.

Qishloq xoʻjaligida Iqlimga moslashish biron bir ekinni ilgari oʻsmagan yangi hududlarga koʻchirish bilan bogʻliq. Dehqonchilik amaliyotida gʻalla ekinlarini iqlimlashtirish ming yillardan beridavom etib keladi. Iqlimga moslashish tufayli gilos, oʻrik, tok, choy, sitrus mevalar, evkalipt, bambuk va b. yangi mintaqalarda ekiladigan boʻldi. Yoki gʻoʻza yangi sharoitlar va kishilarning ehtiyojiga moslashtirilishi tufayli oʻzgacha iqlim sharoitiga ega boʻlgan r-nlarga tarqalgan. Gʻoʻzani madaniylashtirish va ularni dastlabki tarqalgan arealidan tropiklarning yuqori togʻli zonalari hamda shim. kengliklarga tarqalishida evolyusiyaning asosiy yoʻnalishi gʻoʻzaning hayot siklini qisqartirish va uning tezpishar turlarini ajratib olishdan iborat boʻlgan. Dunyo boʻyicha gʻoʻza ekiladigan mintaqa 44° shim. kenglikdan (Oʻzbekiston) 35° jan. kenglikkacha (Avstraliya) joylashgan. Oʻrta Osiyoning gʻoʻza mintaqasi dunyo boʻyicha eng shim. hisoblanib, u 37° bilan 44° shim. kenglik oraligʻida joylashgan (u hatto 1957 y.da 47° kenglikkacha borgan).

Iqlimga moslashish jarayoni oʻsimliklar seleksiyasida, ayniqsa, boshqa mintaqalardan keltirilgan formalardan dastlabki material sifatida foydalanilganda katta rol oʻynaydi. Oʻsimliklarni introduksiya qilish va iqlimlashtirish boʻyicha botanika boglari va introduksiya parvarishxonalari katta ishlar olib boradi

Xulosa

Odamlar qadim zamonlardan tabiat neʼmatlaridan foydalana boshlaganidan buyon dorivor oʻtlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3—4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qadimgi Misr mamlakatlarida shifobaxsh oʻsimliklar haqida maʼlumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan Oʻrta Osiyo xalq tabobatida dorivor oʻsimlikdan foydalanib davolash oʻzining qadadimgi anʼanalariga ega. Shifobaxsh oʻsimliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning "Al-qonun" asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Hozirgi vaqtda Dorivor oʻsimlikning turi koʻpayib, xalq tabobati shifobaxsh oʻsimliklar bilan boyigan. Dorivor oʻsimlikdan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin va boshqa alkaloidlar olinadi.

Xulosa qilib aytganda tabiatda foydasiz o’simliklar yoq, faqat biz ulardan foydalanish imkoniyatini topsak yetarli . SHuning uchun har qanday o’simliklarga ham alohida mehr bilan ularni tabiatdan yoqolib ketishga yo’l qo’ymaslik zarur . Bugun hech qanday foydasiz deb hisoblangan o’simlik olimlarimiz sayi harakatlari bilan ertaga eng yaxshi shifobaxsh deb topilishi mumkin .Tabiatni asrang . SHifo uchun ularni yig’ishda albatta ularning ko’payishi uchun imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qarating. Ma’lum maydondagi shifobaxsh o’simliklarning eng kamida 10-15% ni har qanday holda ham qoldiring .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.O’.AHMEDOV ,A. ERGASHEV, A.ABZALOV, M. YO’LCHIYEVA. DORIVOR O’SIMLIKLAR YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

2. O’zbekiston Respublikasi Қizil Kitobi. Toshkent. «Chinor» 3-nashri. 2006 y. 256

3. Flora Uzbekistana. Tashkent: Izd. AN UzSSR.1941. T.1.548 s.; 1953. T. 2.548 s.; 1955. T.3.826 s.; 1959. T.4. 495 s.; 1961. T.5.672 s.; 1962.T.6.630 s.

4. Xolodnogo M. G., Shiyan N. M. Gerbarii Ukraini. Index Herbariorum Ucrainicum. 59 gerbarnix kolekstіy red. -uklad; Іnstitut botanіki іm NAN Ukraїni. – 2-ge vid., dop. – Kiїv : Alterpres, 2011. – 442 s.

5. Ҳaydarov Қ.Ҳ., Ҳojimatov Қ.Ҳ. O’zbekiston o’simliklari. Toshkent. O’қituvchi, 1995. 207 b. 52. Ҳaydarov Ҳ. Қ., Umurzakova Z.I., Rasulova Z.A. Ispolzovanie elektronnogo gerbariya studentami botanicheskix spestialnostey samarkandskogo gosudarstvennogo universiteta «Botanicheskie chteniya»

6. Gureeva I. I. Gerbarnoe delo: Rukovodstvo po organizastii Gerbariya i rabote s gerbarnыmi kollekstiyami Gureeva I. I. – Tomsk : Izd-vo Tomsk. un-ta, 2012. – 194 s.

7. Gafurova M. M. Gerbariy botanicheskoy ekspedistii Kazanskogo gosudarstvennogo universiteta 1926–1932 gg. v fondax Chuvashskogo nastionalnogo muzeya Gafurova M. M. Izv. Samarskogo nauchnogo stentra RAN. – 2008. – T. 10, № 2. – S. 621–624

8. Grigorevskaya A. Ya. Gerbarnaya kollekstiya regionalnoy florы Grigorevskaya A. Ya. Izucheniya ioxrana florы Sredney Rossii: materialы VII Nauch. sovesh. po flore Sredney Rossii (Kursk 29–30 yanvarya 2011 g.). – M. Botanicheskiy sad MGU, 2011. – S. 58–61

9. Grigorevskaya A. Ya. Regionalnaya flora v gerbarnoy kollekstii Grigorevskaya A. Ya., Proxorova O. V. Botanicheskie issledovanie v Aziatskoy Rossii: materialы XI s’ezda Russkogo botanicheskogo Gubanov I. A., Bagdasarova T. V. Osnovnыe itogi inventarizastii fondov Gerbariya im. D. P. Sыreyshikova Moskovskogo universiteta (MW) Balandin [i dr.] Bot. jurn. – 2005. – T. 90, № 12. –S. 1916–1925.

10. E. S. Sulaymonov, X . Q. Xaydarov, M. A. Xasanov, X. X. Jalov, A. Q. Axmedov, Y. SH. Toshpo’latov. Botanika fanidan o’quv dala amaliyoti uchun o’quv qo’llanma. T-2015.

11. Zakirov K.Z. Flora i rastitelnost basseyna reki Zeravshan. Ch.1.Rastitelnost. Tashkent: Izd-vo AN UzSSR. 1955.207 s.

12. Internet-resurslar http://www.

13. ziyonet.uz http://www.

14..virtual.library- Jaҳon virtual kutubxona http://www

15..autowomen.ru

16.biolody.magaz.us.ru.

17.bio.msu.ru/ http://www.

18. O’zbеkistоn Qizil kitоbi. 1996 yil

19.. O’zbekiston tabiiy geografiyasi. Ma’ruza matni. Navoiy – 2006

20.. Bаrаtоv P. O’zbеkistоn tаbiiy gеоgrаfiyasi

21. Bаbushkin А.N., Kоgаy N.А. Fizikо-gеоgrаfichеskiе rаyоnirоvаniе Srеdnеy Аzii



22r. TаshGU, - vip.307. T. 1967.






Download 389 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish