Parazit chuvalchanglardan saqlanish.
Tasmasimon chuvalchanglarni
yuqtirmaslik uchun go‘sht mahsulotlarini yaxshi pi shi
rib iste’mol qi-
lish lozim. Bunday chuvalchanglar tarqalishining oldini olish uchun
esa hayvonlar
ning zararlangan organlarini itlarga bermaslik kerak.
Kushxonalardan chiqayotgan go‘sht mahsulotlarini qat’iy nazorat
ostiga olish zarur. Daydi itlarga qarshi kurashish va shax
siy gigi
yena
qoidalariga rioya qilish exinokokk bilan zararlanishning oldini oladi.
Jigar qurti yuqmasligi uchun ko‘lmak suvlarni ichmaslik, daladan
yig‘ib keltirilgan ko‘katlarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilmaslik
lozim. Askarida va bolalar gijjasini yuqtirmaslik uchun shaxsiy gigi-
yena qoidalariga qat’iy rioya qilish, ya’ni ovqatlanishdan oldin qo‘lni
sovunlab yuvish, meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab
yuvib iste’mol qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |