Zoologiya uzb 2017. indd


-§.  Ko‘k kaptarning skeleti va muskullari



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/296
Sana07.01.2022
Hajmi5,19 Mb.
#328255
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   296
Bog'liq
7-sinf zoologiya kitobi

42-§.  Ko‘k kaptarning skeleti va muskullari
Skeleti
. Ko‘k kaptar va boshqa qushlarning skeleti bosh, umurtqa 
pog‘onasi, qanot, oyoq hamda yelka va chanoq kamar 
lari skeletidan 
iborat (83-rasm). Skeletning tuzilishi qushlarning uchishga mos-
lashganligini aks ettiradi. Naysimon suyaklarning bo‘shlig‘ida havo 
bo‘lganligi tufayli juda yengil bo‘ladi. Bir qancha suyaklar qo‘shilib 
o‘sganligi tufayli qushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan 
ancha pishiq va mustahkam bo‘ladi.
Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik ko‘z kosasi, yuqori 
va pastki jag‘lardan iborat. Jag‘lar muguz bilan qoplangan tum-
shuqqa aylangan; tishlar bo‘lmaydi. Bosh skeletida faqat pastki jag‘ 
harakatchan bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasining bo‘yin bo‘limi uzun bo‘lib, o‘zaro 
harakatchan birikkan umurtqalardan tashkil topgan. Qush boshi-
ni orqaga 180° ga burishi, tanasini qimirlatmasdan va egmasdan 
?!


143
42-§. Ko‘k kaptarning skeleti va muskullari
atrofidagi oziqni cho‘qilashi mumkin. Ko‘krak umurtqalari o‘zaro 
harakatsiz birikkan. Bel, dumg‘aza va dum umurtqalari o‘zaro biri-
kib, yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlar-
ning dumidagi burilish patlari uchun tayanch bo‘ladi. Umurtqa 
pog‘onasi 
ning ko‘krak bo‘limi qovurg‘alar va to‘sh suyagi bilan birga 
ko‘krak qafasini hosil qiladi. To‘sh suyagining pastki tomoni kenga-
yib, qa 
yiqqa o‘xshash ko‘krak toj suyagini hosil qiladi. Bu suyakka 
qanotlarni harakatga keltiradigan mus kullar birikadi. Qovurg‘alar-
ning bir uchi ko‘krak umurtqalari, ikkinchi uchi to‘sh suyagi bilan 
harakatchan qo‘shilgan.
Qanotlar kamari ko‘krak tirgak, kurak va o‘mrov suyaklaridan 
iborat. O‘mrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrini hosil 
qiladi. Qanot skeleti bitta yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak) 
va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan. Qushlarning qa-
notida faqat uchta barmoq bo‘ladi, bu bilan ular suvda hamda 
quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning besh bar moq 
li 
oldingi oyoqlaridan farq qiladi. Qanotidagi mayda panja suyaklar 
qo‘shilib, yaxlit bitta suyakni hosil qiladi. Barmoqlar sonining 
kamayishi va mayda suyaklarining qo‘shilishi tufayli panja suyagi 
mustahkam bo‘ladi.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish