1
3
2
4
6
5
7
8
74-rasm. Baqaning rivojlanishi:
1 – tuxumlar; 2–3–4–5 – itbaliqlarning rivojlanishi;
6–7–8 – itbaliqning baqaga aylanishi
Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab tu
xumdan qolgan oziq mod-
dalar hisobiga yashaydi. Keyinroq u mayda suv o‘tlari, bir hujayrali
hayvonlar va suv o‘tlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar
bilan oziqlana boshlaydi. Rivojlanish davomida dastlab uning orqa
oyoqlari, so‘ngra oldingi oyoqlari paydo bo‘ladi; jabrasi o‘pka bilan
almashinadi. Qon aylanish sistemasi organlari ham qayta quriladi.
Yosh baqa suv yuzasiga ko‘tarilib, atmosfera havosi bilan nafas ola
boshlaydi. Dumi asta-sekin yo‘qolib ketishi bilan itbaliq yosh baqaga
aylanadi va quruqlikka chiqadi. Yosh baqalar uch yildan keyingina
voyaga yetadi va urchiy boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |