Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Ko‘l baqasi, qovoqlar, rezonatorlar, yelka kamari, to‘sh, chanoq, dum suyagi,
ko‘krak, tirsak, kurak.
Jumboqni yeching. Nima sababdan baqaning burun teshigi og‘iz teshigi bilan
bog‘langan? Baliqlarning burun teshigi esa og‘iz bo‘shlig‘i bilan bog‘lanmagan?
Topishmoqlarda qaysi hayvonlar tasvirlangan?
36. Boshida bor baqbaqasi,
37. Kunduz ketib, pusib yotadi.
Tinim bermas vaq-vaqasi.
Shomda chiqib, o‘lja tutadi.`
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a, 3b.
36-§.
Ko‘l baqasining ichki tuzilishi
Hazm qilish sistemasi. Baqaning hazm qilish organlari ba-
liqlarnikiga juda o‘xshash bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum,
qizilo‘ngach, oshqozon va ichakdan iborat (71-rasm). Og‘iz
bo‘shlig‘ida harakatchan tili va jag‘lari bor. Yuqori jag‘i va tangla-
yida konussimon tishchalari bo‘ladi. Baqa orqa ichagining ke
yingi
qismi kengayib, kloakani hosil qiladi.
?!
124
8.2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi
Do'stlaringiz bilan baham: |