Nafas olish sistemasi. Baqa o‘pka va terisi yordamida atmosfera
havosidan nafas oladi. O‘pkasi sodda tuzilgan bir juft xaltachadan
iborat. Xaltacha devorida va terida juda ko‘p kapil
lyarlar bor. Ka-
pillyarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod o‘tib turadi. Na-
fas olayotgan baqaning tomog‘i pastga tortilib va ko‘tarilib turadi.
Tomoq pastga tortilganida havo burun teshigi va og‘iz bo‘shlig‘i
orqali o‘pkaga o‘tadi. Tomoq ko‘tarilganida o‘pkadagi karbonat an-
gidrid gaziga to‘yingan havo yana og‘iz bo‘shlig‘i va burun teshigi
orqali tashqariga chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |