Zoologiya (Umurtqasiz hayvonlar)



Download 7,21 Mb.
bet6/113
Sana22.01.2022
Hajmi7,21 Mb.
#399055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Санаева Лола. Um-siz.MAJ-20-21

Biriktiruvchi to`qima – organlar oralig`ini to`ldirib turadi. Bu to`qimaning suyuq (qon, limfa, to`qima suyuqligi), tig`iz (suyak, tog`y, pay) va g`ovak (parenxima) xillari mavjud. Biriktiruvchi to`qima organlarni o`zaro bog`lash (pay), kislorod va oziq moddalrni tashish (qon, limfa, to`qima suyuqligi), oziq moddalarni to`plash (parenxima) kabi vazifalarni bajaradi.

Muskul to`qimasi – qisqarish xususiyatiga ega bo`lgan tolalardan iborat bo`lib, harakatlanish vazifasini bajaradi.

Nerv to`qimasi – nerv hujayralari va hujayra oralig`i moddasidan iborat. Bosh miya, orqa miya, nerv tugunlari nerv to`qimasi hisoblanadi. Bu to`qima atrof-muhitdan va organlardan keladigan ta`sirlarni qabul qilish va o`tkazish vazifasini bajaradi.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan to`qima guruhlari hayvon organizmining hayotida muayyan vazifa bajarishga moslangan a`zolar – organlarni hosil qiladi. Har bir organ individ hayotida bir vazifa bajarishga moslashgan bo`lib, u o`z navbatida bir necha xil to`qimalardan tashkil topgan. Masalan, ichak-hazm qilish vazifasini bajaradi, u biriktiruvchi, nerv, muskul, epiteliy to`qimalardan tashkil topgan. Lekin, hayvon organizmida bir-biri bilan o`zviy bog`langan bir necha organlar guruhlar mavjudki, ular bir xil yoki bir yo`nalishdagi vazifa bajarishga moslashgan. Masalan, og`iz bo`shlig`i, qizilo`ngach, oshqozon, ichaklar kabi organlar –ovqat hazm qilish; ko`z, teri sezuv va hidlov organlari – tashqi muhit taasurotini qabul qilish vazifasini bajaradi. Mana shunday bir yo`nalishdagi vazifa bajarishga moslashgan a`zolar guruhini – organlar sistemasi deb ataladi. Hayvonlarda quyidagicha organlar sistemasi mavjud: qon aylanish, ayirish, nafas olish, ovqat hazm qilish, limfa, ko`payish (jinsiy), sezish, tayanch harakatlanish, nerv va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan organlar sistemasi esa birgalikda yaxlit organizmni hosil qiladi. O’zaro o’xshashligi va qon-qarindoshlariga binoan hayvonlar bir qancha katta va kichik guruhlarga ajratiladi. Hayvonlarni bu tarzda guruhlash klassifikatsiya deyiladi.

XVIII asr boshlariga kelib hayvonot dunyosini o’rganishda ma’lum qat’iy tartib sistemani joriy etish zaruriyati yaqqol sezila boshladi va shu zarurat ta’sirida shved olimi Karl Linney (1707-1778) ancha qulay turkumlashtirish metodi vujudga keldi.

Karl Linneyning 1735-yilda kashf etgan “Tabiat sistemasi” nomli kitobda bu metod ta’riflangan. Uning ta’riflashicha eng kichik guruh turdir. Dunyodagi hamma hayvonlar turlardan tashkil topgan. Har bir tur- bir ota-onaning bolalari kabi bir-biriga o’xshash bo’lib, ular o’zaro erkin qo’shila oladi va shu bilan naslli (ko’paya oladigan) nasl bera oladi. Mazkur ta’rifga muvofiq, masalan, ot bilan eshak erkin ko’paya olmaydi, qo’shilganda ham uning nasli (xachir) naslsiz bo’ladi.

Bir-biriga juda o’xshagan turlar bir urug’ (avlod)ga birlashtiriladi. Masalan, it, bo’ri va qashqir turlari bir-biriga juda o’xshaydi, binobarin ularni bitta itlar urug’iga birlashtiriladi. O’z navbatida bir-biriga har tomondan o’xshagan urug’lar mavjud. Masalan, itlar urug’ ko’p jihatdan sirtlonlar urug’iga o’xshab ketadi. Bu xildagi o’xshash urug’lar oilaga birlashtiriladi. (itlar oilasi)

Ko’p oilalar ham o’zlarining hayotiy yo’nalishlari va to`zilishlari bilan bir-birlariga o’xshagan bo’ladi. Masalan, itlar, mushuklar, qundo`z oilalari yirtqichligi va shu hayotga moslanish jihatidan o’zaro o’xshaydi. Bunday o’xshash oilalar turkum (yirtqichlar turkumiga) ga birlashtiriladi.

Yirtqichlar turkumi – bola tug’ib, ularni sut emizib boquvchi va tanasi jun bilan qoplangan hayvonlardir. Shu jihatdan ular: tuyoqlilar, kemiruvchilar, primatlar (maymunsimonlar) turkumlariga o’xshaydi. Bu xildagi turkumlar bir sinfga – sut emizuvchilar sinfiga birlashtiriladi. O’z navbatida so`t emizuvchilar sinfi: baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar sinflariga umurtqa pog’onasining bo’lishi bilan o’xshash bo’ladi. Shu sababli, bu sinflar umurtqali hayvonlar tipiga kiritiladi.

Sunday qilib, hayvonlarning asosiy sistematik guruhlari tur – urug` (avlod) – oila – turkum – sinf – tipdan iborat.

Shu bilan birga, K.Linney sistematikasida hayvon turlarining nomlarini lotin tilida va mazkur tur mansub bo`lgan urug` nomi bilan qo`shib atash joriy etilgan. Sistematik guruhlar nomining lotin tilida yozilishi turli tilda gaplashadigan odamlar uchun bir xilda tuchunarli bo`ladi. Hayvonlarni o`rganishdagi har xil chalkashliklarni bartaraf etadi. Turlarning nomi urug` nomiga qo`shib yurgizilganligi uchun mazkur qoidani binar nomenklatura (ikki yoqlama nomlanish) deyiladi. Masalan, itlar turi – Canis-canis (itlar urug`iga kiradigan it), bo`rilar turi – Canis lupus (itlar urug`iga kiradigan bo`ri), sherlar turi – Felis leo (mushuklar urug`iga kiradigan sher), yo`lbars – Felis tigris (mushuklar urug`iga kiradigan yo`lbars) va h.k. Bundan tashhari hayvonot olami hujayraviy to`zilishiga binoan bir va ko`p hujayralilarga, umurtqa pog`onasining rivojlanishiga harab umurtqasizlar va umurtqalilarga bo`linadi. Bir hujayralilar bir necha tipdan, ko`p hujayralilar 15 ga yaqin tipdan, umurtqasizlar 20 ga yaqin va umurtqalilar esa faqat bitta tipdan iborat.

Savollar:

1. Hayvon hujayrasi boshqa hujayralardan qanday farq qiladi?

2. To`qima va ularning funktsiyalari xaqida nimalarni bilasiz?

3. Hayvonlar tanasi simmеtriyasi nima? Qanday turlari mavjud?

4. Organlar va ular funktsiyasini gapirib bеring.

5. Hayvonlarning organizmidagi mеtobolizim xaqida nimalarni bilasiz?

6. Oziqlanish xili hayvonlarda nеcha xil bo`ladi?

3- MA’RUZA




Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish