Zoologiya (Umurtqasiz hayvonlar)


Mavzuga oid tushuncha va atamalar



Download 7,21 Mb.
bet38/113
Sana22.01.2022
Hajmi7,21 Mb.
#399055
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113
Bog'liq
Санаева Лола. Um-siz.MAJ-20-21

Mavzuga oid tushuncha va atamalar: zuluk, guridin, qadtigtzuluklar, haqiqiy zuluklar, xartumli zuluklar.

Mavzuning maqsadi va vazifasi: Ektoparazit va yirtqich xayot kеchirishi. Tanasining tuzilishi, xalqalarining ichki va tashqi tomonidan mos kеlmasligi. Zuluklarning ichki tuzilishi. Bеzining gurudlin moddasi va uning axamiyati. Ayirish sistеmasining mеtanеfridiydan iboratligi. Jinsiy sistеmasinig gеrmofrodit ekanligi. Ularning klassifikatsiyasi va filogеnеtik jixatidan kiprikli yassi chuvalchanglardan kеlib chiqqanligi.

Zuluklar bir qancha organlarining tuzilishi, jumladan bir necha avlodlarida qilsimon o`simtalarining saqlanganligi va boshqa belgilari bilan oz qilli halqali chuvalchanglarga ko`p jihatdan yaqinlashadi. Hozirgi vaqtda zuluklarning 400 ga yaqin turi mavjud; ularning ko`pchiligi ko`llar, kichik suv havzalari, daryolar, qisman dengizlarda yashaydi.

Zuluklarning hozirgi klassifikatsiyasi quyidagicha:

Qadimgi zuluklar kеnja sinfi- ARCHIHIRUDINEA

Haqiqiy zuluklar kеnja sinfi-EUCHIRUDINEA

1) Xartumli zuluklar- Rhynchobdelida

2) Jag`li zuluklar -Gnathobdella

Qadimgi zuluklar kеnja sinfi - tuban tuzilgan zuluklar. Tanasining oldingi bеshta sеgmеntida parapodiylar qoldig`i - qillar saqlanib qolgan. Sеllom va qon tomirlari bo`ladi. Bitta turkumi, ikkita turi ma'lum.

Haqiqiy zuluklar kеnja sinfi - tеrisida qillari bo`lmaydi. Sеlomi rеduktsiyaga uchragan. Qon aylanish sitеmasi to`liq yoki qisman rеduktsiyaga uchragan. 2ta turkumga bo`linadi.

Endi quyida ularning asosiy vakillari bilan qisqacha tanishamiz.



Jag``li zuluklar (Gnathobdellea) turkumi – mazkur turkum uchun og`iz oldi bo`shlig`ida arrasimon uchta o`simta – jag`larning bo`lishi va xartumi bo`lmasligi xarakterlidir. Turkumning hamma avlodlarida 5 juft ko`z va qo`shilish organi bo`ladi. Qon so`rib, ba`zida mayda umurtqasizlar bilan ovqatlanadi. Yirtqich formalarida jag`lari kichrayib ketgan.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan tibbiyot zulugi mazkur turkumning xarakterli vakilidir. 25 – 30 sm gacha uzunlikdagi bu zuluk O’rta Osiyoning janubiy rayonlarida ko`p tarqalgan.

XIX asr oxirlarigacha mazkur zuluk tibbiyotda, ayniqsa xalq tibbiyotida, turli kasalliklarga davo sifatida ko`p qo`llanilgan (shu maqsad bilan u Rossiyadan Yevropaga ko`plab yuborilib turgan). O`tgan asrning oxiri va XX asr boshlarida tibbiyotning kuchli rivojlanishi tufayli zuluk bilan davolash to`xtatilgan bo`lsa ham so`nggi yillarda uni qon bosimini pasaytirish maqsadida yoki qondagi trombofilit kasaliga qarshi va ba`zi boshqa hollarda qo`llash zarur ekanligi isbotlandi. Hozirgi paytda tibbiyot zulugi shu maqsadda tibbiyotda va keng ko`lamda xalq tibbiyotida qo`laniladi.

Nil zulugi yoki ot zulugi (Limnotus nilotica) o`zining tashqi tuzilishi bilan tibbiyot zulugiga juda o`xshaydi. Bu zararli zuluk Afrikada, Sharqiy-Janubiy Yevropada. O`rta Osiyo va Kavkazda ko`p tarqalgan. Bu zuluk sarg`ish och zangori tusda, ikki yon tomonida sarg`ish-qizil yo`li bor, orqa tomonida mayda qizg`ish “gulli yo`li” yo`q dum so`rg`ichi juda katta. Shu belgilari bilan tibbiyot zulugidan farq qiladi. Ularning jag`lari juda kichkina bo`lganligi uchun faqat baqadan qon so`rib yoki sut emizuvchi hayvonlarning o`giz-burun bo`shlig`i yoki halqumiga yopishib yashay oladi. Zuluk ot yoki mollar suv ichgan vaqtda ularning og`iz bo`shlig`i yoki halqumiga o`tib yashaydi va shu bilan mazkur hayvonlarga katta zarar yetkazadi. Kuzatishlardan ma`lum bo`lishicha O`rta Osiyodagi chorva mollarining yaqin 30% i bu zuluk bilan zararlanadi.

Ot zulugi ko`pincha odam salomatligiga ham xavf tug`diradi. U ko`pincha bolalarga, ular cho`milgan vaqtda yoki ariq va hovo`zlardan suv ichgan vaqtida o`tib, halqumi va qizilo`ngachiga yopishadi va qon so`rib yashaydi. Binobarin O`rta Osiyo respublikalari sharoitida mazkur zuluklardan saqlanishga katta e`tibor berish zarurdir.

Soxta ot zulugi (Haemapis sanguisuga). Soxta ot zulugi O’rta Osiyoning deyarli hamma viloyatlaridagi havzalarda tarqalgan. Bular ko`p jihatdan yuqoridagi turlarga o`xshaydi; faqat ko`pchiligida yon tomonidagi qizg`ish yo`llar bo`lmaydi, yelka tomoni qoramtir – to`q jigar rang tusda: dum so’rg’ichlari kichik bo’ladi. Bu zararsiz zuluklar suvdagi mayda hayvonlar, chuvalchanglar, ba’zida itbaliqlarni yutib ovqatlanadi; jag’lari juda kichkina.

Tropik-nam o`rmonlarda (quriqlikda) yashovchi qonxo`r jag`li zuluklar Avstraliya, Janubiy Osiyo, Yaponiya va ba`zi janubiy mamlakatlarda tarqalgan. 3 – 4 sm li bu mayda qonxo`rlar daraxtga yopishgan holda hayvon yoki odam o`tishini poylaydi va ko`pincha odamga tashlanib, ko`p azob beradi.

Xartumli zuluklar (Rhynchobdellae) turkumi. Ikkita oilasi bor. Bu zuluklarda jag` yo`q, xartumchasi kalta. Hamma avlodlari turli hayvonlarga xartumi bilan yopishib, ulardan qon yoki tana suyuqligini so`rib, ektoparazitlik bilan hayot kechiradi.

Yassi yoki bargsimon zuluklar (Giossiphanidae) oilasi. Tanasu yassi, bargsimon bu mayda kamharakat zuluk baliqlar, qushlar yoki boshqa umurtqali hayvonlarning turli organlariga mahkam yopishib qon so`rib hayot kechiradi. Bu oila vakillari uchun o`z pillari va undan chiqqan bolalarini o`zi bilan (qorin tomonida) olib yurishi xarakterlidir.

Qush zuluklari. 5 sm gacha uzunlikdagi bu mayda zuluklar suvda suzuvchi qushlarning og`iz bo`shlig`i va nafas yo`llariga yopishib, qon so`rib yashaydi. Ko`llar yoki kichik havzalarda bular nihoyatda ko`plab ko`payib, suv parrandalarini ko`plab qirilishiga sabab bo`ladi. Ayrim havzalarda ular g`oz, o`rdak kabi xonaki qushlarga tarqalib, parrandachilik xo`jaliklariga katta zarar yetkazadi.

Oddiy baliq zulugi (Picicola) - 5 sm gacha kattalikdagi xavfli zuluk. Daryolar ko’llar va baliq o’stiriladigan havzalardagi baliqlarning terisida yashaydi. Ko’plab ko’payishi, baliqlarni kasallantirishi va ularga boshqa kasalliklar tarqatishi bilan baliqchilik sanoati va xo’jaligiga ba’zan katta zarar yetkazadi.


Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish