O 'z b e k is to n s u v h a v z a la r id a ta rq a lg a n a y r im
b a liq la r v a k illa r in i a n iq la s h ja d v a li
1 (2) Dum suzgich qanoti geterotserkal tipda. Tumshug‘i
rostrum bilan tugaydi. Tanasining ustki qismi “juchka” deb
ataladigan besh qator yulduzsimon tangachalar bilan qoplangan.
Suyak-tog‘ayli baliqlar (Chondrostei) kenja sinfi
Bu kenja sinfning bitta turkumi - osyotrsimonlar (Asipenseriformes) va bitta oilasi — osyotrlar (Asipenseridae)ning vakillari 0 ‘zbekistonda uchraydi.
O s y o tr la r o ila s in in g a y r im tu r la r in i a n iq la s h ja d v a li
1 (2) Pastki labining o‘rtasi boiinmagan.
Bakra baliq — Asipenser nudiventris L.
2 (1) Pastki labining o'rtasi bo'lingan.
3 (4) Tumshug'ining uchida ikki yoki uchta o'tkir tikani
bor. Dum suzgichining yuqori pallasi uzun ip shaklida tugaydi.
Amudaryo katta (qilquyruq) gajakdum balig'i —
Pseudoscaphirhynchus kaufmanni B.
4 (3) Tumshug'ining uchida o'tkir tikani yo'q. Dum suzgichining yuqori pallasi uzun ip shaklida tugamaydi.
Amudaryo kichik (qilquyruq) gajakdum balig'i —
P. hermanni K
S u y a k li b a liq la r s in fin in g a y r im tu r k u m la r in i a n iq
la s h j a d v a li
1 (2) Yon chiziq organi yo'q. Jag'ida mayda tishlari bor.
Seldsimonlar — Clupeiformes
2 (4) Yelka suzgich qanoti dumiga yaqin, anal suzgichi
ustki qismida joylashgan.
Cho'rtansimonlar — Eso ciformes
(1) Yon chiziq organi to'liq bo‘lmasa ham bor. Jag‘ida
tishlari yo‘q.
Karpsimonlar — Cypriniformes
Cho‘rtansimonlar turkumidan 0 ‘zbekistonda bitta turi —
oddiy cho‘rtanbaliq — Esox lucius L. Uchraydi
K a r p s im o n la r t u r k u m in i n g o ila la r in i a n iq la s h
j a d v a l i
1 (2) Tanasining usti tangachalar bilan qoplangan.
Karpsimonlar (Cyprinidae) oilasi
2 (1) Tanasining ustida tangachalari yo‘q.
Laqqasimonlar (Siluridae) oilasi
K a r p s im o n la r o ila s in in g a y r im tu r la r in i a n iq la s h
j a d v a l i
1 (2) Yuqori labida ikki juft mo‘ylovi bor.
Zog‘ora baliq (sazan) —
Cyprynus carpio L.
2 (1) Yuqori labida mo'ylovi yo‘q.
Kumushrang tobonbaliq -
Carassius auratus gibelio Bloch.
3 (4) Og‘zining burchaklarida bittadan mo‘ylovi bor. Tanasining yonida yettitadan ortiq dog‘i bor.
Turkiston qumbalig‘i (peskar) —
Gobio gobio K.
4 (3) Og‘zining burchaklarida mo‘ylovi yo‘q. Yon tomonida dog‘i yo‘q.
5 (6) Anal suzgichi uzun.
Orol oqchasi (leshch) —
Abramis brama L.
6 (5) Anal suzgichi kalta.
Oddiy qizilko‘z (plotva) —
Rutilus rutilus L.
7 (8) Mo‘ylovi ikki juft.
Oddiy qorabaliq (marinka) —Schisothorax intermedius Me. Cl
L a q q a s im o n la r o ila s in in g a y r im tu r la r in i a n iq la s h
j a d v a l i
0 ‘zbekistonda laqqasimonlar — (Siluridae) oilasining bitta
- oddiy laqqa (Silurus glanis L.) va bitta — turkiston laqqachasi (Clyptosternum reticulatum Ms.) turlari uchraydi.
Laqqalar yirik baliqlar bo'lib, chuchuk suvlarda yirtqich
hayot kechiradi. Orqa suzgich qanoti juda kichik, shuialari 5
tadan oshmaydi. Anal suzgich qanoti juda uzun.
Laqqachalarning esa orqa suzgich qanotidan keyin yog‘
suzgich qanoti joylashgan. Anal suzgich qanoti ham kichik.
Do'stlaringiz bilan baham: |