Zokirjon saidboboyev


baqtriyaliklar, egllar, saklar, kaspiylar, paifiyaliklar



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

baqtriyaliklar, egllar, saklar, kaspiylar, paifiyaliklar,
so ‘g ‘cliylar
va 
xoraztnliklaming
yerlari bo‘lgan. Har bir satraplik
85


yillik xiroj to‘lagan. Bundan tashqari qaram xalqlar saroy va 
haramlar qurilishiga ham safarbar etilgan. Xirojni 
kumush
bilan, 
chorvadorlar 
chorva
bilan, hunarmandlar o‘z mahsuloti bilan, 
kiyim, ten
bilan to'laganlar.
Miloddan awalgi 329 yilda makedoniyalik Aleksandr qo'shinlari 
Amudaryodan o ‘ta boshladi. Aleksandrning jangchilari bu 
to'siqdan o ‘tib oldilar. Qo£shinlar qarshisida esa Navtaka (Qash­
qadaryo vohasining sharqiy qismi), Maroqand turar edi.
Miloddan awalgi 329 yilda makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari 
Maroqandni egalladilar. Aleksandr qo£shinlaming bir qismini 
qoldirib, o‘zi esa Qurushkat (Kiropolis) shahrini bosib olish uchun 
asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg‘oqlari sari ketadi. Rivoyatga 
ko‘ra, bu shaharga fors shohi Kir II asos solgan ekan.
Sug‘diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko‘tarildi. 
Tez orada sug‘diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar 
qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga iste’dodli rahbar va qo'm ondon 
Spitamen 
boshchilik qiladi.
Ancha qo£shin to£plagan Spitamen Maroqandni qurshovga 
oldi. Aleksandr qamalda qolganlar uchun mingga yaqin jangchidan 
iborat qo‘shin jo‘natadi. Qadimda ,,Politimet“ deb ham atalgan 
Zarafshon daryosi bo'yida makedonlarga pistirma qo‘ygan 
Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda 
Aleksandrning o‘zi qo‘zg‘olonni bostirishga otlanadi. Yunonlaming 
katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitamen 
qamalni to‘xtatadi, o‘z qo‘shinlarini sahro sari boshlab ketadi. 
Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo 
bo‘yidagi Xo‘jand yaqinida bir tayanch manzil barpo etish 
to £g£risida buyruq beradi. Bu qal’a Aleksandriya Esxata (Uzoq 
Aleksandriya) deb ataldi. Aleksandr Maroqandda garnizon - 
himoya kuchlarini qoldirib, asosiy qo'shinlari bilan qishlov uchun 
Zariasp (Baqtriya)ga jo ‘nadi. 0 £sha yilning bahorida Aleksandr 
qo‘zg‘olonni bostirish chorasini ko£radi. 0 ‘z lashkarlarini uch 
qismga bo£lib, Sug£diyonaning u boshidan bu boshigacha kezib 
chiqadi va tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlaydi.
86


Miloddan awalgi 328 yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan 
hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tdi. Kuchlar teng bo'lmaganidan Spita- 
men yengilib, tag‘in cho‘lga chekinadi. 0 ‘sha yerda ko‘chmanchi 
qabilalar boshliqlari uni xoinlarcha o'ldiradilar.
0 ‘rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli 
uch yil urindi, biroq uncha katta bo'lmagan hududni: Maig‘iyona, 
Baqtriya, Sug‘diyona va hozirgi Bekobod va Xo‘janddan iborat 
Sirdaryo bo‘ylarini bo‘ysundirishga muvafTaq bo‘ldi. Xorazm, 
Toshkent vohasi va Farg‘ona mustaqilliklaricha qoldilar.
Spitamen qo‘zg‘oloni bostirilishiga qaramay, yunon-makedon 
qo‘shinlari birinchi bor qator mag‘lubiyatga uchradilar.
Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchilik yurishlari 0 ‘rta 
Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib 
ketdi. Ko‘plab shaharlar vayron etildi.
Yunon tarixchilarining yozishicha, makedoniyalik Aleksandr 
0 ‘rta Osiyoda 12 ta shahar qurdirgan. Bu shaharlar uning nomi 
bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg‘iyona 
Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan. Ularning ba’zilari vayron 
etilgan Sug‘diyona va Baqtriya shaharlari o‘mida, boshqalari esa 
tayanch qal’a sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon- 
makedon piyoda, otliq askarlari joylashdi. Miloddan awalgi 324 
yildan boshlab bu askarlaming siyraklashgan saflari Makedoniya 
tartibida qurollantirilgan Baqtriya va Sug‘diyona yoshlari hisobiga 
to'ldirilgan.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish