Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari xaqida gapirar ekanmiz, albatta ularning o‘yinchoqlari masalasiga ham to‘xtab o‘tish kerak. Bolalarga o‘yinchoqlarni berishda ularning yosh hususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini va ayni paytda ularni ko‘prok nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak. Ma’lumki, 1-3 yosh bolalar hali tashqi muhitni juda oz o‘zlashtirganlar. Ular hali hattoki narsalarning rangini, hajmini va boshqa jihatlarini yaxshi ajrata olmaydilar. SHuning uchun ularga ko‘g‘irchok bilan birga har xil rangli qiyqim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniksa, qiz bolalar o‘z kug‘irchoqlarini har xil rangli matolarga o‘rab, ro‘mol qilib o‘ratib mashq qiladilar. O‘g‘il bolalarga esa, har xil rangli, bir-birining ichiga sig‘adigan quticha o‘yinchoklarni berish foydalidir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, hayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni xali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam qiladigan o‘yinchoqlar berish lozim. Bu yoshdagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ko‘zga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qilmaydilar. - Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, hayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni xali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam qiladigan o‘yinchoqlar berish lozim. Bu yoshdagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ko‘zga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qilmaydilar.
O‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘zidan-o‘zi vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo‘lishi kerak; - O‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘zidan-o‘zi vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo‘lishi kerak;
- a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi xilma-xil taasurotlar tarkib topishi;
- b) har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muxayyoligi;
- v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |