40
ISLOM TEOLOGIYASI VA TARIX FALSAFASI
REJA
1.
Inson va olam yaralishining mifologik-diniy talqini.
2.
Insonning paydo bo’lishi haqidagi dunyoviy qarashlar
3.
«Avesto» – ijtimoiy-tarixiy hodisa.
2. Forobiy falsafasi: inson – jamiyat – jarayon.
3. Beruniyning tarix falsafasi (973-1048).
4. Ibn Xaldunning tarix falsafasi (1332-1406).
5. To’g’on va Sharq tarix falsafasi.
Mifologik tafakkur tabiat va
jamiyat hodisalarini anglash, uni tushunishga
intilishning, olamni hissiy bilishning eng qadimgi kurtaklaridan biridir. Miflar –
asotirlar odatda ertaklardan farq qilib, asosan olamning qanday paydo bo’lgani,
er, osmon, yulduzlar, yil fasllarining almashuvi, hayotning tugashi va
yangilanishi, qor, bo’ron, zilzila, tog’ ko’chkilari, er ustidagi va ostidagi, daryo,
dengiz, ummonlardagi va, hatto, boshqa olamlardagi mavjudotlarning o’zaro
bog’liqligini, sababiyat va oqibat jihatidan aloqadorligini
ibtidoiy-xayoliy poetik,
falsafiy hamda allegorik – majoziy ravishda tasavvur qilishdan kelib chiqqan.
Mifologik tasavvurga ko’ra butun olam mavjudotlari his qilish qobiliyatiga
ega. Ular o’ziga xos tarzda o’ylaydi va harakat qiladi. Eng qadimiy Misr
mifologiyasida borliq tabiatning har yili «o’lib» va yana «tirilib» turishi «tangri»
Osirisning hayoti bilan bog’lanadi. Qadimgi Misr dinida Ozirisning sadoqatli umr
yo’ldoshi, hosildorlik, suv va shamollar ilohasi Izida o’lganlarning ruhini avaylab,
asrab, yana tiriltiradi. Qadimgi yunon mifologiyasiga qo’ra (Homerning «Iliada»,
Ovidiyning «Metamorfozalar» – «Evrilishlar» asarlarida tasvirlanishicha), samoviy
yuksak Olimp tog’ida yashaydigan Quyosh va momoqaldiroq tangrisi Zevs, er,
suv, onalik ma’budasi Hera, bahodirlik va san’at
homiysi Apollon, ilm-fan,
donish-mandlik ma’budasi Afina, go’zallik ma’budasi Afrodita, urush tangrisi
Mars, marhumlar yurtining tangrisi Aid, dengaz, ummonlar tangrisi Poseydon
(yoki Neptun) va boshqalar Er yuzidagi odamlarning hayotini boshqarib, taqdirini
hal etib turishgan.
Kadimgi Misr va yunon mifologiyasining ayrim e’tiqodlari keyinchalik
xristian diniga, so’ngra islom diniga ham ko’chib o’tgan. Zotan, insoniyat
ibtidosi bilan bog’liq bo’lgan
ilk tasavvurlar, xayoliy-ehtimoliy qarashlar odam
qaysi makon va qanday sharoitda yashamasin, odam va olam, inson va borliq
haqidagi qarashlarda umumiylik mavjud bo’lgan. Chunki, qarashlar, o’ylar va
tasavvurlar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning zamirida bitga haqiqat, bitta
mohiyat yotgan. Bu – inson va uning kelib chiqishi, olamning
yaralishi va hayot
mohiyati. Shuning uchun ham mifologik tasavvurlarga, ilk odamlarning
mifologik e’tiqodlariga e’tiborsizlik bilan qarash mumkin emas. Ana shu
miflar asosida ming yillar davomida daho san’atkorlar adabiyot va san’atning
durdona asarlarini vujudga keltirganki, ularda umuminsoniy qadriyatlar, odam va
olam taqdiri bilan bog’liq qarashlar yuksak badiiy-falsafiy, tarixiy-tabiiy,
ma’naviy-ruxiy dramatizm o’z ifodasini topgan. Jumladan, Homer («Iliada»,
«Odisseya»), Esxil («Agomemnon», «Zanjirband Prometey», «Evminidalar»),
41
Sofokl («Shoh Edip», «Antigona», «Ayaks»), Evripid («Herakl», «Elena»,
«Elektra», «Vayuh qizlari»), Dante («Ilohiy komediya»),
Bokkachcho
(«Dekameron»), Tasso («Quddusning ozod etilishi»), Milton («Boy berilgan
jannat»), Shekspir («Lukretsiya», «Yoz kechasidagi tush», «Bo’ron»), Gyote
(«Faust»), Bayron («Qiyomat manzaralari»), Lermontov («Demon»), Adam
Mitskevich («Dzyadi ko’li») va boshqa daho san’atkorlar diniy mifologiya
syujeti asosida yozgan asarlarida, Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafaelning
yaratgan tasviriy san’at namunalari eng muhim umuminsoniy muammolarni badiiy
talqin etishgan.
Hozirgi G’arb estetikasida va umuman falsafiy tadqiqotlarida mifologik
maktab deb atalgan yo’nalish vujudga kelgan. Hozirgi mifologik maktab vakillari
XVII–XVIII asr buyuk mutafakkirlari B.
Fontenel, J. Viko, I. Gerder fikrlaridan
kelib chiqib mif – jamiyat taraqqiyoti va inson ruhiyati bosqichlarini ifodalovchi
qimmatli madaniy xazinalardir, degan fikrga kelishgan.
Ingliz olimi Jeyms Frezer hozirgi mifshunoslik yo’nalishining
asoschilaridan biridir. U o’zining «Oltin butoq» va «Axdul qadim («Tavrot»)
folklori» kitoblarida qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr xalqlari folklori va xristian
mifologiyasi ildizlarini xalq e’tiqodlarining shakllanish bosqichlari bilan bog’lab
tadqiq etadi. Hozirgi mifologik yo’nalish Zigmund Freyd ta’-limotidan ham
oziqlangan bo’lsa-da, undan farq qilib, mif yaratuvchilar
patologiyasi va
psixikasiga ortiqcha e’tibor bermay, falsafiy tafakkur va e’tiqodlar shakllanishiga
kengroq e’tibor beradi. Bu yo’nalish vakillari miflarni animizm, totemizm va tabu
bilan bog’laydilar. Mifologik maktabning yirik vakillaridan biri, Toronto
universiteti professori Nortrop Fray fikricha, miflar inson tasavvurlarining
ibtidoiyligini emas, balki poetik yorqinligi va falsafiy teranligini aks ettiradi.
«Musavvir asari, – deydi u, – yaqindan qara-ganda yaxshi ko’rinmaydi, uzoqdan
qaraganda esa asarning barcha fazilatlari yaxlitliqda ko’rinadi». Demak, jahon
tarixining
ibtidosi, insoniyat taraqqiyotining ilk kurtaklari bevosita ilk
odamlarning ibtidoiy qarashlari va xayolotidan boshlanadi va u kishilik jamiyati
evolyutsion taraqqiyoti davomida shakllana borgan, uzoq, o’ta uzoq asrlar
mobaynida rivojlangan. Odam va olamning yaralishi haqidagi tasavvurlar, o’tmish
to’g’risidagi tushunchalar ham vaqt o’tgani sayin yorqinlashib boraveradi.
Amerikalik atoqli sharqshunos Frants Rouzentalning «Bilim tantanasi»
kitobida ilk islom olamida «bilim va binobarin, olimlar yuksak qadrlanganligini
boy faktik materiallar, birinchi manbalar – Qur’on suralari,
oyatlari asosida
tadqiq etadi. Islomga qadar arab she’riyatidayoq Gyote aytganday, «So’z qudrati
va aql ishorati» ko’zga tashlanadi. «Qadimiy arab shoirlari, – deb yozadi «Bilim
tantanasi» kitobining mas’ul muharriri A. V. Sagadeev, – o’z qabilasi nomidan
gapiradi, uning shon-sharafini himoya qiladi yoki dushman qabilalarni
qoralaydi, avliyo, payg’ambar sifatida qabiladoshlari tomonidan e’zozlanadi».
Do'stlaringiz bilan baham: