125
Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bo’lishi mumkin.
Lekin biror bir narsa va
hodisa xoh, moddiy bo’lsin, xoh manaviy bo’lsin, qadriyatga aylanishi uchun
muayyaan bir vaqt o’tishi muayyan bir tajriba ortirilishi va uning ahamiyatini
ko’pchilik tomonidan tushunishi maqullanishi lozim. Narsa va xodisa qadriyatga
aylanishi jarayonida u o’tish vaqt mobaynida u o’zini ahamiyatiga ega bo’lishi va
ko’rsata olishi lozim.
Qadriyatlarning xilma – xil shakllari bor: moddiy va manaviy,
umumbashariy, mantiqiy,
umuminsoniy, jamiyat soxalari bo’yicha iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, hayotning ijtimoiy tuzilishiga mos keladigan,
milliy, sinfiy, partiyaviy va boshqalar. Qadriyatlar dunyoni bilishning maqsadi,
bilimlarimizning haqiqatga mos kelishi darajasining aniqlash mezoni yoki biror
ideal tarzida ham namoyon bo’ladi.
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga etibor
kuchaydi.
Negaki
milliy
qadriyatlar
mamlakatimiz
mustaqilligini
mustaxkamlaydigan manaviy asoslardan biridir. Xalqimizning
asrlardan-asrlarga
meros bo’lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan.
Ularning o’tmishi uch ming yildan ortiq davrni o’zida mujassamlashtirgan. O’rta
Osiyo tsivilizatsiyasini yaratdi. Bizning milliy qadriyatlarimiz ana shu
tsivilizatsiyaga hos jihatlar: tug’ilgan makon va ona yurtga ehtirom, milliy urf odat
va avlodlar, xotirasiga sadoqat kattalarga hurmat muomalada mulozamat, hayo,
andisha kabilarning ustuvorligi bilan ham xarakterlanadi.
Milliy qadriyatlarimizda jahonning boshqa xalqlariga o’xshamaydigan urf-
odatlar, rasm-rusmlar, marosimlar va ananalariga o’ziga xoslik bor.
Istiqlol inson qadri, uning manfaat va ehtiyojlari bilan bog’liq masalalarni
dolzarblashtirib yubordi. Inson qadri uning ijtimoiy xususiyatlari jamiyatda amalga
oshirgan faoliyati boshqalarga
va atrof muhitga munosabati, kamolotga etganligi,
ijtimoy xususiyatlarni o’zlashtirib olganligi va ularni manaviy qiyofasida namoyon
qila olganligida ham ko’rinadi. Inson bolasining shaxsga aylanishi o’z qadrini va
o’zgalar qadrini anglash jarayoni uzoq yillar davom etadi.
Umuman uchinchi ming yillikda butun dunyoda qadrlash falsafasining
umuminsoniy mezonlarini amaliyotda qo’llashga extiyoj kuchaydi. Tassufki, inson
zoti sayyoramizda yashagan ilk davridan boshlab qadr va qadriyatni ustuvor
bilganida, er yuzining zamonaviy manzarasi butunlay boshqacha tus olgan,
kishilikni ekalogik bo’xronlar urush xavfi va manaviy tanazzul kabi umumbashariy
muammolar kutib turmagan bo’larmidi?
Bugungi kunga kelib, insoniyat yana tabiat va odamzod naslini uyg’unligini
saqlab qolish uchun qadr va qadriyat nihoyatda zarur ekanligini anglatadi. XX
asrning oxirgi va XXI asrning boshlanishining birinchi
besh yilliklari BMT
tomonidan “Inson huquqlari o’n yilligi” deya elon qilinganligi kishilik jamiyati esa
yangi ming yilikka umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilishga bel bog’lab
o’tganligi bejiz emas.hozirgi O’zbekistonda inson manfaatlari va haq-huquqlarini
ro’yobga chiqarish, qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini ustuvor qilish bilan
bog’liq faoliyatlar butun jahonda bu oradagi umumiy hamkorlikni mustahkamlash
xarakatining tarkibiy qismiga aylanmoqda. Insonning butun umri shaxsiy
qadriyatlarni takomillashtirish o’z
qadrini kamolga etkazish, o’zgalar jamiyat,
126
zamon va unda sodir bo’layotgan o’zgarishlar qadrini anglashga intilish
jarayonidan iboratdir. O’z shaxsi va boshqalar qadrini aniqlab etish uchun
insonning kamoloti davomida shakllangan manaviy qiyofasi ezgulikka xizmat
qilishi yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi uning o’zi esa hayotning mohiyati va
maqsadini to’g’ri anglaydigan darajada tarbiyalamog’i lozim. Qadriyatlar
yoshlarga hayot mazmunini chuqurroq tushunish jamiyat qonun qoidalaridan
to’g’ri foydalanish o’zlarining xatti-harakatlarni
ana shu manaviy mezonlar
talabiga moslashtirish imkonini beradi. Hozirgi davrda talaba va o’quvchilarga
qadrlash va qadrlanish jarayonlarining moxiyatini anglatish, mustaqillik elon
qilgan qadriyatlarning axamiyatini to’g’ri tushunishga erishish nihoyatda dolzarb
masaladir. Yoshlar xususan talabalar va o’quvchilarni manaviy barkamol avlod
vakillari sifatida tarbiyalash va shakllantirishda qadr va qadrlash tuyg’usi,
qadriyatlar kategoriyasi,
ularning mohiyati, mazmuni, namayon bo’lish shakllari
to’g’risidagi bilimlarning majmuasi bo’lgan zamonaviy aksialogiya, yani
qadriyatshunoslikning asoslarini o’rgatish nihoyatda muxim. Ana shu sababdan
ham umuminsoniyatning qadrlash meyorlari borasida to’plangan yutiqlarni
umumlashtirgan
bilim
sohalari
imkoniyatidan
foydalanish
talim-tarbiya
samaradorligining asosiy mezonlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: