Dissertatsiya ikki xil tildagi annotatsiya, kirish, 3 ta bob, umumiy xulosa,
9
I BOB. Oliy ta’lim
muassasalarining elektron ta’lim jarayononi
tashkillashtirish va boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari.
1.1. “Elektron ta’lim” tushunchasi, OTMda elektron ta’limdan
foydalanishning muhim afzaliklari
“Elektron ta’lim” tushunchasi, OTMda elektron ta’limdan foydalanishning
muhim afzaliklari Bugungi kunda butun dunyoda elektron axborot texnologiyalari
keng ko’lamda rivojlanmoqda. Shubxasiz, ta’lim jarayoniga yangi axborot
texnologiyalarini kiritish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish xajmi va
tezligi jixatidan chegaralanmagan butunjaxon axborot tarmog’idan faol
foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Yoshlarimizning ta’lim jarayonida elektron axborot texnologiyalari
yordamida matn bilan ishlashni, tasviriy ob’ektlarni va ma’lumotlar bazasini
yaratishni, elektron jadvallardan foydalanishni o’rganadi. Talaba va o’quvchilar
axborot yig’ishning yangi usullarini, ulardan foydalanishni o’rganishadi, ularning
dunyoqarashi kengayadi. Darslarda axborot texnologiya-larining ishlatilishi
o’qishga bo’lgan motivatsiyasini, o’quvchilarning qiziquvchanligini, ta’lim
samaradorligini oshiradi. Kompyuter axborot texnologiyalari bilan birgalikda
ta’lim soxasida, talaba va o’quvchilarning o’qish va ijodkorligida yangi
imkoniyatlarni taqdim etadi.
Bedral Xan (Badrul H. Khan) tomonidan taklif etilgan elektron ta’lim
kontseptsiyasida sakkizta: pedagogik, texnologik, pedagogik interfeys dizayni,
baxolash, boshqarish, resurslarni qo’llab quvvatlash, etik asoslar, asbob uskunalar
jixati mavjud. Tizim qulay va batafsil tekshiruvchi ro’yxatdan iborat. Ushbu
ro’yxat muassasalar ta’lim texnologiyalarni joriy etishga qanchalik tayyorligini
yoki ularning o’sishi uchun qanday imkoniyatlari mavjudligini mustaqil baxolash
uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ushbu tizim veb va aralash o’qitish negizida
o’qitishni ishlab chiqish, yaratish, joriy etish va baxolash masalalarini xisobga
oladi xamda quyidagilarni boshqarishga xizmat qiladi:
10
Ta’lim texnologiyalarni va aralash o’qitish uchun materiallarni rejalashtirish va
ishlab chiqish.
ta’lim texnologiyalari, virtual o’qitishning aralash va qulaylik yaratilgan
muxit uchun resurslarini tashkil etish;
korporatsiya, davlat va xususiy oliy o’quv yurtlari, virtual universitetlar va
kiber-maktablar uchun taqsimlangan o’qitish tizimini yaratish;
ta’limni boshqarish tizimini va mualliflikning kompleksli tizimini ishlab
chiqish;
aralash o’qitishning ta’lim texnologiyalari, kurslari va dasturlarini baxolash;
Ta’lim texnologiyalarini yaratish, o’qitishni boshqarish va o’quv kontentini
boshqarish uchun instrumentlar va tizimlarni baxolash.
Tashkiliy
Tashkiliy jixat o’z ichiga ma’muriy va akademik, shuningdek
elektron ta’lim masalalarida talabalarga yordam ko’rsatish
masalalarni oladi
Boshqaruv Elektron ta’limni boshqarish – bu ta’lim muhitini ta’minlash va
Do'stlaringiz bilan baham: