Elektron ta’lim tizimi
11
axborotni taqsimlash xisoblanadi
Texnologik Ushbu jixat elektron ta’lim muxitida infrastruktura masalalarini
o’rgatadi va infrastrukturani, uskunani va dasturiy ta’minotni
rejalashtirishdan iborat.
Pedagogik
O’qitish va ta’lim masalalari kiradi. Ushbu jixat tarkibini tahlil
qilish, auditoriyani tahlil qilish, maqsadlar, vositalar, dizaynni,
tashkilot strategiyasi va o’qitishni ishlab chiqish bilan bog’liq
bo’lgan masalalarni ko’rib chiqadi.
Axloqiy
Elektron ta’limning axloqiy jixati ijtimoiy va siyosiy ta’sirlarga,
madaniy xilma-xillikka, ogoxlantirish muammolariga, shuningdek
geografik
xilma-xillikka,
talabalik
xilma-xillikka,
raqamli
bo’linishga, axloqiy va xuquqiy masalalarga taalluqli bo’ladi.
Interfeys
dizayni
Interfeys dizayni o’z ichiga elektron o’qitish dasturining umumiy
ko’rinishini oladi. Interfeyst dizayni jixati saxifa va tarkibining
dizaynidan, navigatsiyadan, qulaylik va testlashdan iboratdir.
Resurslarni
ta’minlash
Elektron ta’limning ushbu jixati o’z ichiga onlayn ta’minlashni va
to’liq o’qitishni ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslarni oladi.
Tahlil
Elektron ta’limni baxolash (tahlil qilish) o’quvchilarni baxolash kabi
o’qitishni va ta’lim muhitini baxolashdan iborat.
Elektron ta’lim tarixi. “Elektron ta’lim” atamasi 1999 yildan beri mavjud.
Ushbu atama bilan birga “onlayn-ta’lim” va “virtual ta’lim” atamalari paydo
bo’lgan. Shu bilan birga elektron ta’lim asosidagi printsiplar butun tarix davomida
yaxshi xujjatlashtirilgan va elektron ta’lim XIX asrda beri mavjudligi to’g’risida
dalillar mavjud.
Buyuk Britaniyada Ochiq Universitet elektron ta’limning afzal jixatlaridan
foydalanishga intilmoqda. Ularning ta’lim tizimi, birinchi navbatda masofadan
o’qitishga mo’ljallangan. Avval, o’quv materiallari pochtadan yuborilgan,
shuningdek o’qituvchilar bilan elektron pochta bilan yozishmalar yuborilgan.
12
Internet paydo bo’lishi bilan Ochiq universitet interaktiv ta’lim xizmatlarining
keng spektrini taklif etgan.
Texnologik yutuqlar ta’lim muassasalariga masofadan o’qitish narxini
kamaytirishga, shuningdek ta’limga keng auditoriyani taqdim etish uchun
tejamkorlikka erishishga yordam berdi.
Geografik cheklovlardan tashqari, vaqt o’qish jarayonida o’quvchilar va
o’qituvchilar duch keladigan muammolardan biri xisoblanadi. Kunduzgi ta’lim
davomida joy o’quvchilar guruxining qatnashishini cheklaydi.
Qiziqish
On-line kursi multimediadan foydalangan xolda interfaol va qiziqarli bo’lish
uchun kurs shu tarzda ishlab chiqilgan yoki oxirgi vaqtda geymifikatsiya metodlari
ishlab chiqilgan.
Iqtisodiy samaradorlik
O’quv qo’llanmalar ma’lum vaqt o’tishi bilan eskiradi, elektron ta’limda
yangi nashrlarni doimo sotib olishga zaruriyat bo’lmaydi. Kompaniya va
tashkilotlar kundalik vazifalarning samaradorligini oshirish uchun texnologiyalarni
qo’llashi mumkin, internetdan foydalanish zaruriyat bo’lib xisoblanmoqda. Ko’p
millatli korporatsiya boshqa mamlakat shaxslari bilan ishlash imkonini oshirmoqda
va birgalikda mashq qilishmoqda. Ushbu masala elektron ta’lim masalasini
muvaffaqiyali xal etmoqda.
Elektron ta’limda yuzaga keladigan muammolar.
13
Elektron ta’limning barcha afzalliklarini xisobga olgan xolda xam ayrim
kamchiliklarga ega. Amaliy ko’nikmalarni internet-resurslardan tanlab olish bir
muncha murakkab xisoblanadi.
Izolyatsiya elektron ta’lim auditoriga masofadan kira olishning osonligini,
moslashishi va imkoniyati mavjudligini bildirganda xam, o’quvchilar o’zlarini
yakkalab qolingandek xis qilishi mumkin. Bu xolat onlayn-ta’lim o’quvchiga
xaqiqatda to’liq xolda yakkaligini xis qilishi mumkinligini bildirishi natijasida
sodir bo’ladi. Texnologiya va elektron ta’lim rivojlanishi bilan, videokonferensiya,
ijtimoiy tarmoq va diskussion forumlar kabi vositalardan foydalangan xolda, talaba
va o’quvchilar, o’qituvchilar yoki boshqa talaba va o’quvchilar guruxlari bilan faol
o’zaro xamkorlikda ishlashi mumkin.
Sog’liq bilan bog’liq bo’lgan muammolar
Elektron ta’lim kompyuter va boshqa shunga o’xshash qurilmalardan
foydalanishni talab etadi, bunda ko’zning zo’riqishi, tanani noto’g’ri tutish va
boshqa jismoniy muammolar o’quvchilarga ta’sir etishi mumkinligini bildiradi.
Onlayn-kurs faoliyat olib borishi bilan to’g’ri o’tirgan xolat, stol balandligi
to’g’risida tavsiyalarni va muntazam bo’lib turadigan uzilishlar uchun tavsiyalarni
jo’natish kerak.
Elektron ta’lim, an’anaviy ta’limga nisbatan, onlayn resurslardan
ma’lumotlar bazasidan, davriy nashrlar va boshqa materiallardan foydalana olishni
yengillashtiradi. Agar talaba kurs ishining ayrim qismini qiyinchilik bilan
tushunsa, talaba xar qanday savol bo’yicha maslaxatlarni oson topishi mumkin,
bunda internetdan qo’shimcha, limitsiz va bepul materialni bir zumda olish
imkoniga ega bo’ladi. Bundan tashqari, elektron ta’lim o’quvchilarning turli
tipdagi extiyojlarini qanoatlantirish uchun mo’ljallangan.
Amaliyotda onlayn ta’lim. Universitetlar butun dunyo bo’yicha talabalarning
kontentini yetkazib berish (bepul) uchun elektron ta’lim imkoniyatlaridan
foydalanishadi. Ikkita yirik Garvard i Massachutes innovatsion texnologiyalar
universitetlarda bepul onlayn mashg’ulotlarni o’tkazishga qaratilgan dasturlar
yo’lga qo’yilgan. Garvardda video ma’ruza yoziladi va internetga qo’yiladi.
14
Talabalar o’tkazib yuborgan ma’ruza mashg’ulotini ko’rish imkoniyatiga ega
bo’ladi.
Onlayn ta’lim ko’pgina afzalliklarga ega. Biroq, talaba bilimlarni ushbu usul
bilan egallash imkoniyati taklif etilayotgan o’quv materialiga bog’liq, balki ushbu
axborotni taqdim etish uchun foydalaniladigan amaliyotga xam bog’liq bo’ladi.
Elektron
ta’lim jarayonini osonlashtirishga yordam beradigan onlayn
treninglarning ayrim yaxshi misollarga quyidagilar kiradi.
Mavjud resurslardan samarali foydalanish. Elektron ta’limdan maksimal
tarzda unumli foydalanish uchun o’qituvchi va talaba internetdan olinadigan
ko’plab resurslardan foydalanishi kerak. Axborotdan foydalana olish imkonini
beradigan yuzlab onlayn servislar mavjud, masalan, Vikipediya. Instruktorlar
onlayn materiallarining mazmuni va tarkibini oshirish uchun imkoniyatlardan
foydalanishlari yoki talabalarni qo’shimcha veb-resurslarga yo’naltirishlari kerak.
Elektron ta’lim talabalarga istalgan joyda va istalgan vaqtda o’qish imkonini
beradi. Istalgan joydan, kompyuter yoki mobil qurilma bo’lgan va internetga
ulangan joydan, ya’ni uyda, dam olishda yoki ish o’rtasidagi tanaffusda o’qish
imkonini beradi. Elektron ta’limning kelajagi. Zamonaviy texnologiyalarning
rivojlanishi
sababli
interaktiv
kurslarni
yaratishga,
o’qitish
jarayonini
standartlashtirishga yordam beradigan bir qator instrumentlar ajralib qoldi.
Elektron ta’lim va o’qitish vositalari sifatida kelajakda shakllanishini tasavvur
qilish imkonini beradigan elektron ta’lim rivojlanishining ayrim tendensiyalari
mavjud:
Ta’limga individual yondashuv – ayrim o’quvchilarning extiyojlarini va
maqsadlarini qanoatlantirish uchun pedagogika, o’quv dastur va o’quv muhitining
asosi xisoblanadi.
LMS ta’limni boshqarish tizimi deb yuritiladi va bu global atama onlayn
kurslarni boshqarish, o’quv materiallarni tarqatish uchun maxsus ishlab chiqilgan
kompyuter tizimni bildiradi va talabalar va o’qituvchilar o’rtasida o’zaro
xamkorlikni nazarda tutadi.
15
LMS talabalarni ro’yxatga olishdan sinovlar natijalarini qayd etishgacha
jarayon kabi kursning xar bir jixatini boshqarish imkonini beradi, shuningdek
topshiriqlarni elektron ko’rinishda qabul qilish va barcha talabalar bilan aloqani
saqlash imkonini beradi. LMS odatda PHP, Net yoki Java kabi turli platformalarda
qurilgan va ular PostgreSQL, MySQL yoki SQL-server kabi ma’lumotlar bazasiga
ulangan bo’ladi. Tijorat xamda ochiq chiqish kodli ko’plab LMS mavjud. LMS
taklif etilayotgan funktsiyalar bo’yicha farqlanadi, lekin ko’pgina tizimlar ayrim
yoki quyidagi komponentlarga ega bo’ladi:
LMS tizimi talabalar bilan muloqotga kirishish uchun xabarlarni muayyan
kurs yoki muayyan talabalarga yuborish tizimi kabi o’rnatilgan funktsional tizimga
ega bo’lishi mumkin. Shuningdek LMS chat yoki forumdan foydalanish imkonini
beradi.
Xar qanday LMS xisobot tizimiga ega, ushbu tizim ma’lumotlarni Excel
tizimga eksport qilishi, shuningdek tushunish oson bo’lishi uchun ma’lumotlarni
grafik ko’rinishda taklif qilishi mumkin.
Content ishlanmasining instrumenti. Kontent ishlanmasining instrumenti –
bu oxirgi foydalanuvchiga yetkazilishi kerak bo’lgan o’qitishning elektron
kontentini yaratish va joylash uchun ishlab chiqaruvchilar foydalanadigan dasturlar
paketi xisoblanadi. Wikipediaga asosan avtorlik instrumenti o’quv kontentni
yaratish uchun World Wide Web ga yetkazish uchun multimedia kontentini
yaratishda foydalaniladigan dasturiy ta’minot bo’lib xisoblanadi.
Content-avtoring instrumenti fayllarning boshqa formatlarida kontentni
yaratishi mumkin, o’qitishni CD (kompakt-disk) da yoki boshqa formatlarda
turlicha qo’llanilishi uchun yetkazish mumkin. Kontent kategoriyasi HTML, Flash
ishlanmalar vositalaridan, shuningdek avtoringni elektron o’qitishning turli tipdagi
instrumentlaridan iborat. Ko’pgina dasturlarni instrumentlarning, jumladan Flash
va PowerPoint dasturining avtoringi deb xisoblash mumkin. Biroq dasturlarning
ayrim kichik guruxi SCORM (Shareable Content Object Reference Model) yoki
AICC (TOS) (Aviation Industry CBT komitet) kabi standartlarning elektron
16
o’qitishni ta’minlovchi sifatida maxsus kiritiladi. Masalan: Articulate Storyline,
Composica, Adobe Authorware and Camtasia.
Sinxron elektron o’qitish va asinxron elektron o’qitishning qiyosiy tahlili.
Elektron o’qitishning zamonaviy muxitida, qoidaga ko’ra, sinxron va asinxron
toifalarga bo’linadi. Ikkala toifa o’zining afzalligi va kamchiliklariga ega va
talabalar uchun mos keladigan metod ma’lum darajada axborotni o’zida mujassam
qiladigan usulga bog’liq bo’ladi.
Sinxron o’qitish. Sinxron o’qitishga misol qilib onlayn, chat va
videokonferentsiyani keltirishimiz mumikn. Real vaqt rejimida ishlaydigan,
xabarlar juda tez almashinadigan o’qitishning istalgan instrumenti o’qituvchilarga
savollarni talabalarga javob berish imkoniyatini tez, ya’ni sinxron amalga oshirish
imkonini beradi. Talabalarning sinxron o’qitish kurslarida ishtirok etish davomida
mashg’ulotlarda boshqa talabalar va o’qituvchilar bilan birgalikda ishlash
imkoniga ega bo’lishadi. Sinxron o’qitishning asosiy afzalligi bu butun o’qitish
davomida boshqa insonlar bilan muloqotga kirisha olish imkoniyatiga ega
bo’lganligi sababli o’zlarini ajralib qolgandek xis qilmasliklari xisoblanadi. Biroq
sinxron o’qitish vaqtga nisbatan qat’iy belgilanmagan, talabalar real vaqt rejimida
o’qitishning jonli sessiyasida yoki onlayn kursida ishtirok etishi uchun muayyan
vaqtni belgilashlari kerak bo’ladi.
Asinxron o’qitish, boshqa tomondan, o’quvchi yoki o’qituvchi ishtirok
etmagan xolatda xam amalga oshirilishi mumkin. O’quvchilarga veb, elektron
pochta va xabarlar orqali yetkaziladigan, birlashma forumlarda jo’natiladigan kurs
ishlari va xabarlar asinxron elektron o’qitishga misol bo’ladi. Ushbu xolatlarda,
qoidaga ko’ra, talabalar mashqlarni o’zlari bajarishlari va mashg’ulot o’tkazilishini
ta’minlab turish uchun instrument sifatida internetdan foydalanishlari mumkin.
Talaba nizolar kelib chiqishidan xavotirlanmagan xolda, mashg’ulotlarni o’z
imkoniyatlari doirasida bajarish bilan o’quv rejaga rioya qilishi mumkin. Bu usul
o’quv rejada mashg’ulotlarning turli rejalarini mustaqil tarzda o’rganishni afzal
ko’radigan foydalanuvchilar uchun yaxshi xisoblanadi. Shu bilan birga, kurs
ishlarini mustaqil bajara olish uchun motivatsiya yetishmaydiganlar uchun
17
asinxron o’qitishga nisbatan foyda olinmasligini aniqlashlari mumkin. Asinxron
o’qitish real interaktiv ta’lim muxiti bo’lmaganligi sababli o’zlarini ajralib
qolgandek xis qilishlari mumkin. Elektron o’qitishning samarali kurslari tarkibiga
asinxron va sinxron o’qitish tadbirlari kirishi kerak. Bu talabalarga va
o’qituvchilarga dars jadvalidan yoki o’qitishning eng maqbul metodlaridan qat’iy
nazar yetkazishning turli formatlaridan foyda olish imkoniyatini beradi. Bunday
yondashuv talabalarga zarur bo’lganda zudlik bilan yordam bera olish u bilan birga
o’z o’rganish templarida o’qish imkoniyatiga ega.
SCORM va TinCan. SCORM (Shareable Content Object Reference Model)
o’qitish jarayonini boshqarish tizimi tuzilishining muayyan usulini va kontent
o’qitishni belgilaydi va boshqa SCORM kelishiladigan tizimlar bilan yaxshi ishlay
oladi. Asosan, SCORM modelning turli versiyalari bir xil ikkita: TinCan kontent
va uni bajarish vaqtidagi ma’lumotlar almashinuvini boshqaradi. TinCan kontent
jismoniy ma’noda yetkazilishi kerak bo’lgan kontentning bir qismini belgilaydi.
SCORM asosidagi TinCan kontent “imsmanifest” deb ataladigan xujjat bo’lib
xisoblanadi. Ushbu fayl import va inson ishtirokisiz kontentni ishga tushirish
uchun LMS talab etadigan axborotning kichik bo’limini o’z ichiga oladi. Ushbu
fayl o’quvchilar nuqtai nazarida xamda fizik faylli tizim nuqtai nazarida kursning
tuzilmasini tavsiflaydigan XML dan iborat. Ushbu xujjatlar “Qaysi xujjat ishlashi
kerak” yoki “Ushbu kontent qanday nomlanadi” degan savollarga javob bo’ladi.
Aloqani bajarish yoki ma’lumotlar almashinuvi vaqtida LMS bilan “O’zaro aloqa”
kontenti xaqiqatda xarakatdagi kontent kabi aniqlanadi. Tenglamaning ushbu
qismini yetkazish va kuzatib borish kabi tavsiflaymiz. Ushbu bog’lanishning ikkita
asosiy komponentlari mavjud. Birinchidan, kontent LMS ni topishi kerak. Kontent
topgandan keyin chaqiruvlarni “qabul qilish” va “o’rnatish” seriya va u bilan
bog’liq bo’lgan lug’at orqali ma’lumotlar bilan almashinish mumkin.
“O’quvchining nomini so’rash” va “LMSni o’rganishida 95% ni to’pladi” kabi
narsalar kontseptualdir. Mavjud bo’lgan SCORM leksikaga asosan ko’pgina faol
interaktiv xarakatlar LMSni xabardor qilish uchun yetkazilgan bo’lishi mumkin.
18
Nima uchun SCORMdan foydalanishim kerak SCORM onlayn o’qitishda
ishtirok etadiganlar uchun kuchli asos bo’lib xisoblanadi. Kontent bir marta
yaratilishi va ko’pgina turli tizimlarda va vaziyatlarda o’zgarishsiz foydalanish
mumkin. Ushbu ulanish funktsionalligi va o’yin tashkilot ichida va xattoki, yirik
tashkilotlarda kuchli bo’lishi mumkin. Kontent foydalanuvchiga juda tez, juda
samarali va imkoni boricha arzon narxda sotilishi va yetkazilishi mumkin.
SCORM yirik tashkilotlar tomonidan keng qo’llanilishi mumkin. Kritik impulsga
ega bo’ladi va tarmoq standartining de-faktosi bo’lib xisoblanadi. AQSh mudofaa
departamenti shunday belgilab berdiki, ichidagi barcha narsalar SCORM orqali
yetkazilishi kerak.
Elektron o’qitishdan foydalanish texnologiyasi. Elektron o’qitish ko’pgina
texnologiyalardan foydalanishni o’z ichiga oladi – ulardan ayrimlari ushbu
texnologiyalar uchun maxsus ishlab chiqilgan, shu vaqtda boshqa texnologiyalar
o’qitish jarayonini odatda to’ldirib turadi, masalan, kompyuter o’yinlari.
Kommunikatsiya texnologiyalari elektron o’qitish soxasida keng qo’llaniladi.
Elektron pochtadan foydalanishdan va xabarlar juda tez almashinishdan boshlab
xabarlar forumlari va ijtimoiy tarmoqlarda ko’pgina instrumentlarni ko’ramiz, ular
yordamida xar qanday internet foydalanuvchi xar qanday xolatda foydalanishi
mumkin.
Boshqa dasturiy ta’minot bilan o’zaro to’ldiruvchi asosida ishlaydigan ayrim
texnologiyalar xam mavjud va yangi funktsiyalarga, masalan, dasturiy ta’minotga
ega. Ushbu funksiya yordamida boshqa shaxslar ishlayotgan vaqtida o’zgartirish
kiritish uchun, shuningdek prezentatsiyani namoyish etish davomida fikr-
muloxazalarni kiritish va mikrofondanni ishga tushirish imkonini beradigan
namoyish uchun yoki ekrandan birgalikda foydalanish uchun siz va
xamkasbingizga imkoniyat beradigan instrument sifatida videokonferensiya
davomida interaktiv doskadan foydalaniladi.
Elektron o’qitish ma’lumotlar bazasi va CMS (Content Management
System) texnologiyadan samarali foydalanish imkonini beradi. Ma’lumotlar bazasi
va CMS texnologiya kursning kontentini, test natijalari va talabalar yozishmalarini
19
saqlash uchun birgalikda ishlaydi. Axborot ma’lumotlar bazasi va CMS
texnologiyada saqlanadi va ma’lumotlarni qo’shish, yangilash va o’chirib tashlash
uchun foydalanuvchi interfeysini taqdim etadi. Yaxshi LMS ko’p xollarda, ishning
borishi to’g’risidagi xisobotlarni shakllantirish va saqlash uchun xisobot
instrumentini o’z ichiga oladi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |