Naften uglevodorodlar
Neftkimyoda naften uglevodorodlardan siklogeksan (C6n12) eng ko‘p ishlatiladi. Neylon va kapron ishlab chiqarishda siklogeksan ilk xomashyodir, quyi bosimda polietilen ishlab chiqarishda esa erituv- chi sifatida ishlatiladi.
siklogeksan ishlab chiqarishning ikki asosiy yo‘li mavjud:
uni tor benzin fraksiyalaridan ajratib olish; 2) benzolni gidrir- lab ajratib olish.
Siklogeksanni tor benzin fraksiyalari (68-85ºC)dan ajratib olish
Rossiyada qazib chiqariladigan Suraxan va Emben neftlari naften uglevodorodlarga boy (benzin fraksiyasida 7,4% siklogeksan, 4–6% gacha metilsiklopentan bor). Аluminiy xlorid katalizatorida 80ºC da benzin fraksiyasidagi metilsiklopentanni izomerizatsiyalab siklogek- sanga aylantiriladi:
Ch3
Benzol, n–geksan, metilsiklopentan va siklogeksan o‘zaro aze- otrop aralashma hosil qilishi bois rektifikatsiya usuli bilan benzin fraksiyasidan toza siklogeksanni ajratib olish imkoniyati yo‘q. Shu sababli siklogeksanni metanol bilan azeotrop haydash orqali (siklo- geksanning tozaligi–91%) yoki suvsiz fenol bilan ekstrfaol haydash yo‘li bilan ajratib olinadi.
Ushbu usullar yuqori darajali toza siklogeksanni olishga imkon bermaydi.
Benzolni gidrirlab siklogeksan ishlab chiqarish
Benzolni gidrirlash quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
Jarayon ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi. Jara- yonni sharoitlari tanlash ilk xomashyo benzolning sifatiga bog‘liq.
Koksokimyo benzoli ishlatilganda, tarkibida bir qancha oltingu- gurtli birikmali qo‘shimchalari bois jarayon nikel, molibden, kobalt sulfidlarida olib boriladi. Ushbu katalizatorlar oltingugurtli birikma- lar bilan zaharlanmaydi, ammo ular kam faollikka egaliklari sababli jarayon yuqori temperatura (350–370ºC) va bosim (300 atmosfera) da olib boriladi. Ushbu sharoitlarda gidrirlash bilan birga gidrotoza- lash ham ketadi.
Jarayon nikelli va platinali katalizatorlar ishtirokida 150–200ºC haroratda hamda 50 atmosfera gacha bosim ostida olib boriladi, bi- roq xomashyoda katalizatorni zaharlovchi oltingugurtli birikmalar bo‘lmasligi shart. Gidrirlashda ishlatiladigan vodorod ham oltingu- gurtli birikmalardan tozalangan bo‘lishi kerak.
Nikel va platinali katalizatorlarda gidrirlab ajratib olingan siklo- geksanni rektifikatsiya qilinish zarurati yo‘q; u 99% tozalikka ega. Bu juda ahamiyatli, chunki tola ishlab chiqarishda siklogeksandagi qo‘shimchalar miqdori 0,1% dan ortmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |