chizma. Ksilol fraksiyasini individual uglevodorodlarga ajratish printsipial sxemasi:
1–o–ksilolni ajratish qurilmasi; 2–etilbenzolni ajratish qurilmasi; 3–p–ksilolni ajratish qurilmasi; 4–p–ksilolni ajratish maqsadidagi xomashyoni tayyorlash quril- masi; 5–m–ksilolni ajratish qurilmasi.
Ksilollar aralashmasi 1–kolonnaga orto–ksilolni (III) ajratib olish uchun keladi. 1–kolonna tepasidan mahsulotlar retsirkulyat (IV) bilan aralashgan holida 2–kolonnaga etilbenzolni (V) ajratib olish uchun keladi, 2–kolonna tubidan xomashyo 3–apparatga kristallizat- siyaga boradi. Bunda p–ksilol (VII) ajraladi, xira eritma (VIII) esa 4–kolonnaga keladi, kolonna tepasidan p–ksilolni qo‘shimcha ajratib olish uchun 2–kolonnaga yuborilayotgan retsirkulyat (IV) chiqarib olinadi, 4–kolonnadan chiqayotgan qoldiq (IX) m–ksilolni (X) va
qoldiq ksilol fraksiyasini (XI) ajratib olish uchun 5–apparatga kiradi. Keltirilgan chizma p–ksilol va etilbenzolni yuqori salmoqda 88 va 99% (xomashyodagi ularning miqdoriga mos holida) olish imkoni-
yatini beradi.
Yaponiyada ksilollarni ajratib olishning yangi orginal usuli ishlab chiqilgan. Ushbu usulda HF.BF3 aralashmasi ishlatilib, dastavval u yordamida xomashyodan m–ksilol to‘la ekstraktsiyalanadi (0–10ºC), qolgan uglevodorodlar rektifikatsiyada oson ajraladi. HF.BF3 komp- leksining yana bir e’tiborini tortadigan xossasi: temperatura 100ºC gacha ko‘tarilsa metaksilolni orto– va para– ksilollarga izomerizatsi- yasi amalga oshadi.
Аlkilaromatik uglevodorodlarni olish
Neftkimyoda alkilaromatik uglevodorodlardan eng ko‘p ishla- tiladiganlari etil va izopropil benzollardir. Ular sintetik kauchuk monomerlari bo‘lmish stirol va a–metilstirollarni olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, oksidlash yo‘li bilan izopro- pilbenzoldan fenol (sintetik smola va plastmassalar xomashyosi) va atseton olinadi. Аlkilaromatik uglevodorodlar benzolni etilen va pro- pilenlar bilan alkillash reaksiyasi yordamida olinadi:
Аlkillash jarayoni uchun katalizatorlar sifatida sulfat (N2SО4), fosfat (H3PО4), vodorod ftorid (NF) kislotalari, hamda aluminiy xlo- rid (AlCl3) va rux xlorid (ZnCl2)lar xizmat qilishi mumkin.
Rossiyada alkillash jarayoni quyidagi sharoitlarda AlCl3 da olib borilgan: benzol: olefin nisbati yonaki mahsulotlar hosil bo‘lmasligini nazarda tutib, 2:1 molyar nisbatda; reaktor sifatida ko- lonna olinib, uning balandligi 12 m, diametri 1,4 bo‘lgan. Kolonna-
ning ichki qismi emallangan va asbest zichlagichli flanetslar bilan
biriktirilgan 4 ta zvenodan tashkil topgan. Boshqa hollarda korro- ziyadan himoyalanish uchun grafit plitalar bilan futerovka qilina- di. Kolonnaning uch seksiyasi isitish va sovutish maqsadlari uchun
«ko‘ylak» ka ega, ammo issiqlikning asosiy qismi benzol bir qismi- ning bug‘lanishi hisobiga olib chiqib ketiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |