C5(tqayn = 30ºC) dan C16(tqayn = 286ºC) gacha bo‘lgan parafin uglevodorodlar normal sharoitdagi suyuqlikdir. Ushbu uglevodorod- lar neftni to‘g‘ridan–to‘g‘ri haydash natijasida mos holida benzin (20–200ºC) va kerosin (170–285ºC) fraksiyalarida mavjud. Keyingi kimyoviy qayta ishlashlarga normal tuzilishga ega bo‘lgan parafin uglevodorodlar qiziqish hosil qiladi. Mos fraksiyalardan rektifikat- siya yo‘li bilan ajratib olish imkoniyati yo‘q, chunki fraksiyada nor- mal parafinlar bilan birga o‘sha oraliqda qaynaydigan izoparafin, aromatik va naften uglevodorodlar ham bor.
Hozirgi paytda parafin uglevodorodlarni muvofiq neft fraksiya- laridan mochevina (karbamid) bilan ekstrfaol kristallizatsiya qilish usuli bilan ajratib olinadi.
Ushbu usul normal tuzilishga ega bo‘lgan parafin uglevodorodlar mochevina bilan birikib, kristall mahsulot (kompleks) hosil qilishiga asoslangan, uglevodorodlarning boshqa turlari bunday kompleksni hosil qilmaydi.
Parafin uglevodorodlarning mochevina bilan bergan kompleksi- ning stabilligi uglevodorod zanjiri uzunligining hamda mochevina- ning eritmadagi kontsentratsiyasi oshishi bilan ortib boradi.
Kristallizatsiya jarayoni 35ºC haroratda mochevinaning to‘yingan suvli eritmasi ishtirokida olib borilib, eritmani
to‘yingan holatda doimiy ushlab turish maqsadida haroratni sekin-asta 25ºC gacha pasaytiriladi, bu esa kompleks hosil bo‘lish tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kompleks sentrifuga yoki filtrda ajratilib, erituvchi bilan yuviladi va suv yordamida 70–80ºC gac- ha isitib, uni parchalaydi. Shu kabi normal parafin uglevodorodlar va mochevina ajratib olinadi, mochevina esa qayta kompleks ho- sil qilish uchun jarayonga qaytariladi.
Keyingi paytlarda karbamid yordamidagi deparafinlash o‘rniga iqtisodiy nuqtai nazardan samaraliroq bo‘lgan n–parafinlarni mo- lekular elaklarda ajratib olish usuli kirib keldi. Molekulyar elak (seolitlar)–natriy va kalsiyli sintetik alyumosilikatlar g‘ovaklarining
0
o‘lchamlari (4–5 А) tuslanishi mumkin bo‘lib, faqat n–parafinlarni
o‘zlarinigina ajratib olish imkoniyatini beradi. Molekulalarning di- ametri katta bo‘lgan izoparafin, aromatik va naften uglevodorod- larni yutmaydi. Dastlabki fraksiya seolit bilan to‘latilgan adsorber orqali o‘tkaziladi, ularda n–parafin uglevodorodlar adsorbsiyala- nadi. Desorbsiya bosimni tushirib, haroratni ko‘tarib, adsorbentni biron-bir erituvchi bilan yuvish orqali amalga oshiriladi. Ushbu ja- rayonning 200 dan 400ºC gacha haroratda, 5–10 atmosfera bosimda o‘tkaziladigan turli modifikatsiyalari mavjud. Аdsorbent 1000–3000 soat ishlagandan so‘ng oksidlab regeneratsiya qilinadi (koksi kuydi- riladi).