Neftkimyo sanoati uchun gaz holidagi olefin uglevodorodlar eng ko‘p ahamiyat kasb etadi. Neftkimyo sintezi uchun olefin uglevodo- rodlar qanchalik zarurligini АQSH davlatining olefinlarga bo‘lgan talabidan ko‘rish mumkin (5–jadval).
5-jadval
АQSH neftkimyosi uchun olefinlarni ishlatish o‘sish ko‘rsatkichlari, mln.t/y.
Y i l l a r
1971
1975
1980
2000
13,2
20,5
37,5
60,0
Gaz holidagi olefin uglevodorodlar qatoriga etilen, propilen, buti- lenlar (butilen–1; butilen–2, izobutilen) kiradi. Ushbu uglevodorod- larni olish uchun xomashyo sifatida tabiiy va yo‘ldosh gazlar hamda suyuq neft mahsulotlaridan foydalaniladi.
Gaz holidagi olefin uglevodorodlarni olish usullari
Gaz holidagi olefin uglevodorodlarni olish usullarini 2 asosiy tur- ga bo‘lish mumkin:
А. Termik va katalitik kreking usuli bo‘lib, bunda olefin neftni destruktiv qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan gazlardan ajratib oli- nadi. Ushbu jarayonlarda gaz yonaki mahsulotdir.
B. Ishlab chiqarishning maxsus usullarida esa gaz holidagi pa- rafin uglevodorodlarni degidrogenlash, gaz holidagi va suyuq neft mahsulotlarini piroliz qilish orqali olefin uglevoddorodlar ajratib oli- nadi. Ushbu jarayonlarda olefinlar ajratib olish maqsadga muvofiq- dir.
Neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari
Neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari kreking va riforming nomi bilan ataladi.
Krekingning 2 xil – termik va katalitik turi mavjud.
Destruktiv qayta ishlashga berilayotgan dastlabki xomashyoga va jarayonni olib borish sharoitiga qarab gazning miqdori va tarkibi keng doirada o‘zgarib turishi mumkin.
Termik kreking «xom» neft fraksiyasi faqat termik yo‘l bilan destruktsiya qilinadi, bunda xomashyo sifatida ko‘pincha gazoil deb ataladigan 200–400ºC fraktsiya ishlatiladi. Bunga ikki yo‘l bilan: bug‘ fazada (t=580–650ºC, P=5–10 atmosfera) kreking yo‘li bilan va aralash fazada (t=350–500ºC, P=25–70 atmosfera) kreking bi- lan erishish mumkin. Birinchi holida olefinlarga boy bo‘lgan xom- ashyoga nisbatan 30% gacha gaz hosil bo‘ladi; ikkinchi holida gaz- ning salmog‘i xomashyoga nisbatan kamroq 10–12%, u 15% kamroq olefinlardan iborat bo‘ladi.
Termik krekingning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lgan va benzinlar- ni antidetonatsion xususiyatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan yuqo- ri qaynovchi benzin fraksiyalarini termik riformingidir. Uni 550– 600 ºC haroratda va 40 atmosfera bosimda olib boriladi. Gazlar ter- mik riformingda (boshlang‘ich xomashyoga nisbatan) ancha ko‘p miqdorda, o‘rtacha 16–17% og‘irlikda hosil bo‘ladi.
Termik kreking o‘z o‘rnini yuqoriroq oktan sonli benzin olib beruvchi katalitik krekingga bo‘shatib bermoqda. Jarayon t=450ºC haroratda va 1–15 atmosfera bosimda alyumosilikat katalizatorla- ri (Al2O3∙SiO2) ishtirokida olib boriladi. Katalitik kreking gazlarida
ayrim hollarda termik krekingdagiga nisbatan ancha ko‘p olefin ug- levodorodlar mavjud bo‘ladi. Katalitik krekingda C3 va C4 uglevodo- rodlar va izotuzilishga ega bo‘lgan uglevodorodlar ko‘proq bo‘ladi.
Katalitik krekingning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lgan katalitik ri-
forming gazlari asosan vodorod (90% gacha) va to‘yingan uglevo- dorodlardan iborat, shu sababli u gaz holidagi olefinlar olish man- bai bo‘lib xizmat qila olmaydi. Ushbu jarayon benzinlarni antideto- natsion xususiyatlarini yaxshilashga va aromatik uglevodorodlarni olishga yo‘naltirilgan. Shunday qilib, neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari gaz holidagi olefin uglevodorodlarni olish uchun xizmat qilishi mumkin, biroq gazlardagi etilen miqdori kam bo‘lganligi bois neftni destruktiv qayta ishlash gazlaridan etilen ajratib olish maqsad- ga muvofiq emas.
Оlefin uglevodorodlar olishning maxsus usullari neftkimyo uchun ko‘proq ahamiyat kasb etadi.