Lyuminestsent mikroskopiya. Yorug’lik mikroskopiyasining yuqori sezgir usullaridan biri bo’lib, virusologiyada keng qo’llaniladi. O’zida yirik viruslar, hujayra ichi kiritmalari, virus antigenlari to’plami tutuvchi materiallardan tayyorlangan preparatlar flyuroxrom bo’yoq eritmalari bilan bo’yaladi. Flyuroxrom bo’yoq eritmalaridan flyuorestsein, auramin, primulin va olovrang akridin ishlatiladi. Lyuminestsent mikroskopiyada olov rang akridin bo’yoqqa bo’yalgan RNK - genomli viruslar to’plami va ular hosil qilgan kiritmalar hujayraning och-yashil tsitoplazmasi fonida nurlanuvchi qizil donachalar shaklida ko’rinadi; DNK - genomli viruslar esa yashil-zumrad rangdagi nurlanishni beradi.
Immunoflyuorestsentsiya usuli. Oldingi usulga yaqinroq bo’lib, antigenlarning (viruslar, hujayra ichi kiritmalari, virus antigenlari to’plami) flyuroxrom bo’yoqlar bilan nishonlangan maxsus virusga qarshi antitelolar bilan birikishiga asoslangan. Hosil bo’lgan komplekslar lyuminestsent mikroskopda nur hosil qiladi.
Xulosa:
Agar virusni yana tozalash kerak bo’lsa, yoki ularning komponentlarni o’rganish zarur bo’lsa, ularni fraktsiyalarga ajratish usullari qo’llaniladi. Ya’ni o’rganilayotgan virus preparati bir necha fraktsiya (bo’lak) larga bo’linadi va har biri alohida tekshiriladi. Fraktsiyalashda elektroforez, xromatografiya, ion almashinuvchi smolalar ishlatiladi.
Ba’zi virusologik tekshiruvlarni o’tkazish uchun, masalan, elektronnomikroskopik, shuningdek viruslarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’rganish uchun begona aralashmalarsiz, o’ta tozalangan preparatlar kerak bo’ladi. Ikki marta tsentrifugalash yo’li bilan kontsentrlangan virus tutuvchi materiallar shunday tozalanishi zarurdir. Qo’shimcha tozalash ishlari fizik-kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Vahobov A. H. “Virusologiya asoslari” Toshkent 2019.
2. Boyko A. L.Ekologiya virusov rasteniy. Uchebnoe posobie dlya vuzov. Kiev:
Vыsshaya shkola. 1990.
3. A.I.Netrusova, Praktikum po mikrobiologii .Pod red.
M.:ASADEMA. 2005.
4. ZvyaginsevA.G.,I.P.Babeva,G.MZenova.Biologiya pochv.
M.:MGU 2005.
5. Rasulova T.X.,Davronov Q.D.,Jo‘raeva U.M.,Magbulova N.A. Mikrobiologik tadqiqotlar uchun uslubiy qo‘llanma. Toshkent 2012 y.
6. Rasulova T.X.,Magbulova N.A.Rukovodstvo k laboratornы mrabotam pomikrobiologii.T.:2015.
7. VaxabovA.X.,Jo‘raeva U.M.Prakticheskie I laboratornыe zanyatie po virusologii T.: Universitet. 2015
8. Jo‘raeva U.M., Magbulova N.A.,Mikrobiologiyadanlaboratoriya mashg‘ulotlariga qo‘llanma. T.: Universitet 2017.
9..FayziyevV.B.,VahobovA.H.,Jo’rayev U.M. “Tuproq mikrobiologiyasi” Toshkent – 2019.
Do'stlaringiz bilan baham: |