Oila uchun afzalliklari:
-Oila mablag’ini tejaydi
Ona va bola o’rtasidagi munosabatlar:
- Ona va bola o’rtasida iliq va yaqin munosabatlarni tiklaydi
- Onaning emotsional xolatini yaxshilaydi
- Bola kam yig’laydi va onaga nisbatan mehrli bo’lishini ta’minlaydi.
- Ona bolaga nisbatan mehrli bo’lishini ta’minlaydi
Emizishning ayol uchun foydasi…
Avvalambor, ona sutidagi gormonlar faqat sutni ko‘paytiribgina qolmay, ayol organizmidagi fiziologik jarayonlarga, onaning jismoniy va ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
— Tug‘ruqdan so‘ng bachadon qisqarishi ko‘p jihatdan to‘g‘ri emizishga bog‘liq.
— Ayolning reproduktiv salomatligi, ko‘krak saratoni, osteoporoz (suyaklar mo‘rtlashuvi) xavfi kamayishi ham ko‘krak suti bilan oziqlantirish natijasidir.
Emizikli ayollarda moddalar almashinuvi jadal kechadi, bu esa ishtaha yaxshilanishi, kayfiyat ko‘tarilishini ta’minlaydi.Go‘dakni kun davomida 10-12 martagacha, tunda esa 2-3 bor emizish lozim. Umumiy hisobda bola ikki yoshgacha ko‘krak suti bilan oziqlantiriladi.Olti oylikdan boshlab, ona sutidan chiqarmagan holda bolaga qo‘shimcha ovqat berish mumkin.
Ko’krak suti bilan ovqatlantirishda ona va bola tomonidan emizish uchun qarama – qarshiliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |