Mahsulotning sotilishidan tushgan tushum – korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan pul mablag‘larining hajmidir. Bu korxona xarajatlarini qoplash va daromadlarni shakllantirish mablag‘larining asosiy manbaidir.
Asosiy mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan tashqari, korxona boshqa sotishlardan hamda sotishdan tashqari operatsiyalardan tushumlar olishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati jarayonida moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiruvchi foyda korxona faoliyatining eng muhim umumlashtirilgan kо‘rsatkichi hisoblanadi.
Tadbirkor hamma vaqt foyda olishni maksad qilib qо‘yadi, ammo hamma vaqt ham foyda ololmaydi. Agar tushum tannarxga teng bо‘lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining о‘rnini qoplashga erishiladi. Tushumdan oshib ketuvchi xarajatlarda korxona salbiy moliyaviy natija kо‘radi, bu uni murakkab moliyaviy ahvolga solib qо‘yadi, bankrotlik ham istisno emas.
Mahsulotlarni sotishdan olingan foyda (zarar) qо‘shimcha qiymat solig‘i va aksizsiz mahsulot sotishdan tushgan tushum va mahsulotlarning tannarxiga kiritilgan ishlab chiqarish va sotish xarajatlari о‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Keltirilgan ta’rifdan foyda korxonaning о‘z mahsulotlari (ishlari, xizmatlari)ni talab va taklif asosida vujudga kelgan narxlar bо‘yicha sotishdan hosil bо‘lgan yalpi daromad hajmiga bog‘liqligi ma’lum bо‘ladi.
Korxonaning yalpi daromadi – mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumdan moddiy xarajatlarni chiqarib tashlagandan keyin ish haqi va foydani о‘z ichiga oluvchi korxona sof mahsulotlaridan iboratdir.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona eng katta foyda olishga erisha olmasa, tovarlarni sotish va xizmatlar kо‘rsatish bozorida о‘z mavqeini mustahkam ushlab turish, raqobat sharoitida о‘zining ishlab chiqarishini dinamik rivojlanishini ta’minlashga imkon beruvchi foyda hajmini olishga harakat qilishi kerak.
Umumxо‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda (zarar) quyidagi algebraik summa tarzida hisoblanadi: asosiy faoliyatdan foyda plyus dividendlar va foizlar bо‘yicha daromadlar plyus yoki minus investitsiyalar va qimmatbaho qog‘ozlarni qayta baholashdan keladigan daromadlar (zararlar) va minus foizlar bо‘yicha xarajatlar plyus yoki minus boshqa moliyaviy faoliyatdan daromadlar (zararlar).
Soliq tо‘langunga qadar foyda umumxо‘jalik faoliyatidan foyda va favqulodda foydalar va zararlar saldosining algebraik summasi sifatida aniqlanadi.
Soliq tо‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda daromad soliqlarini chiqarib tashlash bilan soliqlar tо‘langunga qadar foyda va minus hali hech qayerda hisobga olinmagan boshqa soliqlar va tо‘lovlardan iborat bо‘ladi. Quyidagi 10-jadvalda korxona foyda olishining tahlili berilgan.