Ўзбкистон республикаси



Download 2,55 Mb.
bet84/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

Qisqa xulosalar


Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi.
Boshqaruv uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga kо‘ra tarbiyaviy, modddiy-rag‘batlantiruvchi va ma’muriy-tashkiliy tur-larga bо‘linadi.
Boshqaruvda uzoq va yaqin muddatlarga mо‘ljallangan rejalar tuzish, qarorlar qabul qilish, ijrochilar о‘rtasida ishlarni taq-simlash, qarorlar ijrosini nazorat qilish, ijrochilarni rag‘batlan-tirish rahbar zimmasidadir.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Biznesda boshqaruv psixologiyasining mazmuni va mohiyati nimada?
2. Boshqarish san’ati deganda nimani tushunasiz?
3. Tadbirkor rahbar faoliyatining boshqarish san’atidagi xarakterli xususiyatlar nimalardan iborat?
4. Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari nimada?
5. Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatga tez erishadi?
6. Tadbirkor rahbar qanday talablarga javob berishi kerak?
7. Rahbarda qanday sifatlar mujassamlashgan bо‘lishi darkor?
8. Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlar qaysilar?

Asosiy adabiyotlar


1. Karimov I.A. О‘zbekiston demokratik taraqqiyotining yangi bosqichida –T.: О‘zbekiston, 2005.
2. Lapusta M.G. Predrinimatelstvo.-M.: INFRA-M,2004..
3. Sobirov M.A. О‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari. –T.: Fan, 2004.
4. Qosimova M.S., Xodiyev B.Y., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. О‘quv qо‘llanma. –T.: О‘qituvchi, 2003.

10-BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING IQTISODIY SAMARADORLIGI

10.1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati


Bozor iqtisodiyotiga о‘tish xо‘jalik yuritishning oqilona yо‘llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va hom ashyoni tejab-tergab sarflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiroq foydalanishni, xodimlar ish unumdorligini oshirishni, mahsulot birligiga tо‘g‘ri keladigan xarajatlarni pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelliligini va foydaliligini oshirishni kо‘zda tutadi.
Kо‘rsatib о‘tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xо‘jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqa-rishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi xarajatlar birligiga tо‘g‘ri kela­digan iqtisodiy natijalarning kо‘payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xо‘jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni tо‘g‘ri yо‘nalishda olib borilayotganligidan darak beradi.
Samaradorlikning ta’rifi asosida ishlab chiqarish xarajat-larining tarkibi va hajmi yotadi. Xarajatlar – bu korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirishda zarur bо‘lgan omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, tadbirkorlik faoliyati) uchun sarf­langan mablag‘larning pulda aks ettirilishidir. Ular mahsu­lot tannarxi kо‘rsatkichida namoyon bо‘lib, barcha moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq tо‘lash xarajatlarining puldagi ifodasidir.
Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va о‘zgaruvchan xarajatlarga bо‘lish mumkin. Doimiy xarajatlarga mikdori ishlab chiqarish hajmi о‘zgarishi bi­lan ham о‘zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Ular korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham tо‘lanishi kerak. Ularga amortizatsiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug‘urta badallari, boshqaruv xodimla-rining ish haqlari va boshqalar kiradi.
О‘zgaruvchan xarajatlar deb, umumiy mikdori bevosita ishlab chiqarish va sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek, mah-sulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish va so­tish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar tushuniladi. Bularga xom ashyo, material-lar, yoqilg‘i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq tо‘lash va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bо‘linishi korxonalar faoliyati samaradorligining har xil kо‘rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir.
Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va ularning ayrim turlarini xо‘jalik faoliyati­ning natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir. Buning uchun turli xil kо‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu kо‘rsatkichlarning belgilangan tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini о‘rganuvchi ularni о‘zicha, u yoki bu kо‘rsatkichlarning ahamiyatini ta’kidlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi.
Barcha kо‘rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir: xо‘jalik faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlar; resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi kо‘rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi kо‘rsatkichlar.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish